9- ma’ruza. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti reja


 Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi



Yüklə 387,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix20.04.2022
ölçüsü387,91 Kb.
#55810
1   2   3   4   5   6   7   8
9-ma'ruza

3. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi. 

Xalq  turmush  tarzi  va  ma’naviyatining  tarkibiy  qismini  uning  azaliy  udumlari,  odat, 

marosim va bayramlari tashkil qiladi. Shu bois mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma’naviy 



tiklanish haqida gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida olib borilgan ishlarni 

ham alohida ta’kidlash lozim.  

Istiqlol sharofati bilan xalqimizning milliy-ma’naviy merosini tiklash va yangilash hamda 

ular  ongiga  yetkazish  va  turmushiga  singdirish  muhim  vazifalardan  biri  sifatida  kun  tartibiga 

ko‘ngdalang qo‘yildi. Islom olami allomalarining diniy qarashlari, ijodiy faoliyatlari o‘rganilib, 

tavallud topgan kunlari bayram qilindi. Ularga yodgorlik maydonlari yaratilib haykallar o‘rnatildi. 

Xalqimizning  azaliy  qadriyati,  sevimli  bayrami  hisoblanmish  «Navro‘z»  bayramini 

xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo‘ldi. 1991-yildan boshlab mamlakatda 

Prezident farmoniga ko‘ra, 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. 

Qadimiy  xalq  bayrami  –  Navro‘zning tiklanishini  respublikamizning  butun  aholisi  mamnuniyat 

bilan ma’qullab, ko‘tarinki ruhda kutib oldi va hozir ham ardoqli bayram sifatida nishonlamoqda. 

Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy e’tiqod qayta tiklandi. Ramozon hayiti, 

Qurbon  hayiti  qayta  tiklandi  va  bu  kunlar  dam  olish,  bayram  kuni  bo’lib  qoldi.  Musulmonlar 

O’zbekiston  xalqi  tarixida  birinchi-marta  bevosita  hukumat  homiyligida  har  yili  Haj  va  Umra 

amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. Prezident Farmoni bilan tuzilgan «Ma’naviyat 

va  ma’rifat»  jamoatchilik  markazi,  «Oltin  meros»  xalqaro  xayriya  jamg’armasi  jamiyatning 

ma’naviy-ma’rifiy ravnaqi yo’lida xizmat qilmoqda. 

O’zbekistonda SSSR davrida O‘zbekistonda 89 masjid, 2 ta madrasa bo‘lgan bo’lsa, 2017-

yilga qadar esa 2033 ta masjid, Islom universiteti, Islom instituti, 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat 

yuritib kelmoqda. Mamlakat aholisining 88 foizi islom diniga, 10 foizidan ziyodi boshqa dinlarga 

e’tiqod qiladi, 1,8 foizi hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydi.  

Aholisi  ko‘p  millatli  bo‘lgan  O‘zbekistonda  islomdan  tashqari  xristianlik,  yahudiylik, 

buddaviylik va boshqa konfessiyalarga e’tiqod qiluvchi kishilar ham bor.  Ko‘p millatli va ko‘p 

konfessiyali  mamlakatda  millatlararo  hamjihatlik  va  diniy  bag‘rikenglik  sohasida  olib 

borilayotgan izchil davlat siyosati turli millat hamda barcha diniy konfessiya vakillarining erkin 

va ozod yashashlari uchun mustahkam asos yaratdi. 

Davlatimiz siyosatiga ko’ra, din davlatdan, siyosatdan ajratilgan, ammo xalqdan ajratilgan 

emas.  1991-yil  davlatning  vijdon  erkinligi  va  dinga  oid  siyosatini  belgilab  beruvchi  «Vijdon 

erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‘g‘risida»gi  qonuni  qabul  qilindi.  Uning  qabul  qilinishi  islom 

diniga va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolarning hayotida muhim o‘rin egalladi.  

1998-yil  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan  «Vijdon  erkinligi  va  diniy 

tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning  yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonunda fuqarolarning 

vijdon va e’tiqod erkinligi bilan bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi.  

«Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‘g‘risida»gi  qonunga  muvofiq,  «Davlat  diniy 

konfessiyalar  o‘rtasidagi  tinchlik  va  totuvlikni  qo‘llabquvvatlaydi.  Bir  diniy  konfessiyadagi 

dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har 

qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar 

qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar».  

O‘zbekiston  kabi  ko‘p  konfessiyali  davlatda  millatlararo  totuvlik  va  diniy  bag‘rikenglik 

ijtimoiy-siyosiy  barqarorlik  va  taraqqiyotni  ta’minlashning  asosiy  shartlaridan  biri  hisoblanadi. 

Zero, diniy bag‘rikenglik mamlakatda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan 

biridir. O‘zbekistonda qaror topgan diniy bag‘rikenglik quyidagi omillar bilan belgilanadi: 




Yüklə 387,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin