9- ma’ruza. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti reja



Yüklə 387,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix20.04.2022
ölçüsü387,91 Kb.
#55810
1   2   3   4   5   6   7   8
9-ma'ruza

Uchinchidan,  millatlararo  va  konfessiyalararo  munosabatlardagi  uyg‘unlik  xalqlarning 

ma’naviy boyligi manbayi hisoblanadi va davlatlarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga 

ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Turli madaniyat va din vakillari o‘rtasidagi muloqotlar kelishuv va o‘zaro 

ishonchga erishish yo‘llaridan biri sanaladi. 



To‘rtinchidan,  mutaxassislar  fikricha,  bir-biridan  farq  qiladigan  2  xil  bag‘rikenglik 

tushunchasi mavjud: formal – tashqi ko‘rinishdagi bag‘rikenglik va ichki – pozitiv bag‘rikenglik. 

Formal  ravishdagisi  boshqa  kishining  diniy  e’tiqodiga  nisbatan  toqatlilikni,  unga  qarshi 

kurashmaslikni  anglatsa,  ichki  –  ijobiysi  esa  boshqa  dinlarni  yaxshi  bilishni  ham  taqozo  etadi. 

Bugungi  O‘zbekistonda  har  ikkala  ko‘rinishdagi  bag‘rikenglik  amalda  o‘zining  to‘liq  ifodasini 

topgan. 


Shu bilab birga, Vazirlar Mahkamasi huzurida ham «Din ishlari bo‘yicha qo‘mita» tashkil 

etilgan bo’lib, bu boradagi ishlarni amalga oshirishga ko‘maklashib kelmoqda.  

2007-yilda  Islom  Hamkorligi  tashkilotining  ta’lim,  fan  va  madaniyat  masalalar  bo‘yicha 

tuzilmasi – AYSESKO tomonidan «Toshkent – Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi. Bu 

O‘zbekiston davlatini dinga bo‘lgan munosabatining natijasidir. 

Respublikada 17 diniy konfessiya ro’yxatga olingan va rasman faoliyat ko’rstamoqda. 170 

dan  ortiq  diniy  tashkilotlar  ishlab  turibdi  va  ularda  O’zbekistonda  yashovchi  130  millat  va  elat 

vakillari  o’zlarining  diniy  ehtiyojlarini  qondirmoqdalar.  1,7  mingdan  ortiq  masjidlar,  xristian 

ibodatxonalari, sinagogalar va boshqa diniy markazlar ta’mirlandi va yangidan qurildi.  

10  ta  diniy  ta’lim  muassasasi  faoliyat  ko’rsatmoqda.  1999-yilda  Toshkentda  Islom 

Universiteti ochildi. O’zbekiston hududida xalqning ulug’vor va shonli tarixiga oid 2000 dan ortiq 

yodgorliklar ta’mirlandi. 

O‘zbekiston hali sovetlar qaramog‘ida turgan og‘ir kunlarda Islom Karimov xalq xohish-

irodasiga  quloq  tutib,  unutilmas  tarixiy  hujjatga  imzo  chekdi.  1990-yil  2-iyun  kuni 

«Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilishi to‘g‘risida» gi farmonini e’lon qildi.  

Mamlakatda  Islom  dini  omilidan  unumli  foydalanish,  uning  boy  ma’naviy  va  madaniy 

qadriyat  sifatidagi  imkoniyatlarini  kengaytirish  choralari  ko‘rildi.  Jumladan,  1992-yilda 

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil 

etildi. 1992-yil 27-martda O‘zbekiston Prezidentining «Ro‘za hayitini dam olish kuni, deb e’lon 

qilish to‘g‘risida» farmoniga ko‘ra, musulmonlar hayotidagi qutlug‘ sanalar – Qurbon va Ramazon 

hayit kunlarini doimiy ravishda bayram qilish va ularni dam olish kunlari, deb e’lon qilinishi ham 

aynan xalqimiz ko‘nglidagi ish bo‘ldi.  

Mustaqillik  sharofati  bilan  «Islom  nuri»  haftanomasi,  «Hidoyat»  jurnali  dunyoga  keldi, 

ko‘plab diniy-axloqiy adabiyotlar chop etila boshlandi.  

Jumladan,  Imom  Buxoriyning  to‘rt  jilddan  iborat,  Imom  Termiziyning  bir  jildli  hadis 

kitoblari, boshqa allomalarning qator asarlari yuz minglab nusxalarda chop etildi.  

Qur’oni  Karim  sakkiz  marta,  jami  bir  million  nusxada  nashr  etildi.  Bu  muqaddas  kitob 

yurtimizda ilk bor 1992-yil Alouddin Mansur tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va uch marta, 

jami 300 ming nusxada bosmadan chiqarildi. 

2004-yili  esa  Toshkent  Islom  universitetida  Qur’oni  Karimning  shayx  Abdulaziz  Mansur 

tarjimasida izohli nashri tayyorlandi hamda chop etildi. 

O‘zbekiston  musulmonlari  erkinlik  va  imkoniyatlarga  ega  bo‘lmoqdalar.  Ular  bevosita 

hukumat yordamida har yili muqaddas haj va umra amallarini ado etish imkoniyatiga erishdilar. 

Agar sovet davrida mamlakatimiz fuqarolaridan 3-4 kishigina haj safarini ado etgan bo‘lsa, 2016- 

yilga qadar har yili 5000 dan ortiq fuqarolarimiz hoji bo‘lib qaytishdi.  

Tabiiyki, ma’naviy-ruhiy poklanish, qadriyatlarning tiklanishi bir kunda bo‘ladigan jarayon 

emas, balki u bizdan muntazam ravishda izchillik bilan ish olib borishimizni talab etadi. «Imom 

Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi, «Burhoniddin al-

Marg‘inoniy tavalludining hijriy sana bo‘yicha 910 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari fi krimizning yaqqol isbotidir. 

2003-yili esa naqshbandiya tariqatining asoschisi Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 

yilligi keng nishonlandi. 




“Movarounnahr” diniy boshqarmasi faoliyati Respublikamiz hayotida o‘z o‘rnini egalladi. 

Diniy boshqarma qoshida Islom Universiteti va viloyatlarda madrasalar tashkil etildi. «Islom nuri» 

gazetasi chop etilmoqda. Mustaqillik arafasida O‘zbekiston bo‘yicha 87 masjid bo‘lsa, 1998-yilda 

ularning soni 3000ga hozir esa 5000 ga yetdi.  

Din  inson  ruhini  poklashi,  odamlar  o‘rtasida  mehr-oqibat  tuyg‘ularini  mustahkamlashi, 

milliy  qadriyat  va  an’analarni  asrashga  xizmat  qilishi  bilan  jamiyat  hayotida  muhim  o‘rin  tutib 

kelgan. O‘zbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makondir. Hozirgi kunda ko‘p millatli 

O‘zbekiston Respublikasida islom dini bilan bir qatorda o‘n to‘rtta diniy konfessiyalar yonma-yon 

yashab kelmoqda. 

Bu  borada  Prezident  Shavkat  Mirziyoyevning  BMT  Bosh  Assambleyasining  72-

sessiyasidagi  nutqi  nafaqat  mamlakatimizda,  balki  Markaziy  Osiyo  va  butun  dunyoda 

hamjihatlikka  erishish,  dinlararo  totuvlik,  tinchlikni  saqlash  yo‘lida  muhim  dasturilamal 

bo‘layotganini, bu jihatlar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 

bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasida  ham  o‘z  aksini  topganini  e’tirof  etganligini  ham  qayd  etish 

o’rinlidir. 

Prezidentning  2017-yil  27-martdagi  «O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

huzurida  Imom  Buxoriy  xalqaro  ilmiy-tadqiqot  markazini  tashkil  etish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida»gi  qaroriga  muvofiq  Samarqandda  ilmiy-tadqiqot  markazi  tashkil  etildi.  Uning 

tarkibida  hadisshunoslik  oliy  maktabi,  hadis,  kalom  va  qiroat  ilmini  o‘rganishga  mo‘ljallangan 

xonalar, qo‘lyozmalar kutubxonasi, muzey tashkil etildi.  

23-iyundagi  «O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida  O‘zbekistondagi 

Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida Toshkentda 

Islom  madaniyati  markazi  hamda  15-dekabrdagi  farmon  asosida  esa  O‘zbekiston  Islom 

akademiyasi tashkil etildi. 

·1997-yil Xiva va Byxoro shaharlarining 2500 yillik yubileyi nishonlandi. 

·2002-yil – Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi nishonlandi. 

·2002-yil – Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlandi. 

·2003  yil  –  Nukus  shahrining  70  yilligi  nishonlandi  va  shahar  «Do‘stlik»  ordeni  bilan 

mukofotlandi. 

·2006-yil – Qarshi shahrining 2700 yilligi nishonlandi. 

·2006-yil – Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi. 

·2007-yil – Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi o‘tkazildi. 

·2007-yil – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyi o‘tkazildi. 

·2009-yil  –  O‘zbekiston  Respublikasi  poytaxti  Toshkent  shahrining  2200  yilligiga 

bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. 


Yüklə 387,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin