To’liq rivojlanmagan nutqda u yoki bu nutq a’zolari ishi yoki umuman nutq
sistemasi sifat jihatidan eng past darajada shakllangan bo’ladi. Nutqning buzilishi
nutq faoliyati mexanizmlarining ishlashi
jarayonida buzilishdan, normadan
og’ishdan iborat bo’ladi. Masalan, nutq qurilishining grammatik jihatdan to’lik
rivojlanmagan holatida tilning morfologik tuzilishi, gapning sintaksis qurilishi juda
past darajada
o’zlashtiriladi. Nutq grammatik tuzilishining buzilishi uning notekis
shakllanishi, unda agrammatizmning borligi bilan xarakterlanadi.
Nutqning to’liq rivojlanmay qolishi deganda hozirgi logopediyada nutqiy
notekislikning
shunday
turli
shakli
tushuniladiki,
unda
barcha
nutq
komponentlarining shakllanishi buzilgan bo’ladi. «Nutqning to’liq rivojlanmay
qolishi» tushunchasi nutq sistemasi barcha komponentlari (uning
fonetik-
fonematik tomonlari, leksik tarkibi, grammatik qurilishi) ning shakllanmay qolish
alomatlarini namoyon qiladi. Nutqning to’liq rivojlanmay qolishida turli mexanizm
va nuqsonning turli tuzilishlari bo’lishi mumkin. U alaliya, afaziya, og’ir dizartriya
va boshqa hollarda kuzatilishi mumkin.
Shunday qilib, «Nutqning to’liq rivojlanmay qolishi»
atamasi nutq faoliyati
buzilishining faqat alomatli darajasinigina xarakterlaydi. Bundan tashqari, bunday
buzilishda ko’pincha nutqning rivojlanmay qolishiga nisbatan uning sistemali
buzilishi kuzatiladi.
Logopediyada «Nutq rivojlanishining buzilishi» va «to’xtab qolishi»
tushunchalari birbiridan farqlanadi. Nutq ontogenezi jarayonini ko’rsatuvchi Nutq
rivojlanishining buzilishidan farqli o’laroq, nutq rivojlanishining to’xtab qolishi,
bu – sur’atning sekinlashuvini bildiradi.
Bunda nutqning rivojlanish darajasi bolaning yoshiga mos kelmaydi.
«Nutq parchalanishi» tushunchasi mavjud bo’lgan nutq ko’nikmalari va
kommunikativ malakaning (bosh miyaning lokal
yoki diffuziya xastalanishi
oqibatida) yo’qolganligini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: