ko’rsatiladi. Bu buzilishlar bir-birlari bilan sabab-oqibat munosabatida bo’ladi.
Nutqiy nuqsonning turlicha tuzilishi birlamchi va ikkilamchi alomatlarning alohida
bog’lanishlarida o’z aksini topadi va biror maqsadga qaratilgan logopedik ta’sir
etishning o’ziga xos xususiyatlarini belgilaydi.
Nutq buzilishlarini bartaraf etishda shunday tushunchalar qo’llaniladi:
logopedik ta’sir etish,
tuzatish, o’rnini to’ldirish, rivojlantirish, «o’qitish»,
«tarbiyalash», «qayta tarbiyalash», «tuzatish-tarbiyalash orqali o’qitish» va
boshqalar.
Logopedik ta’sir Nutqiy faoliyat buzilishini tuzatish,
nutqi buzilgan bolani
tarbiyalash va rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayonni o’z ichiga oladi.
Nutq buzilishini tuzatish – nutq buzilishi alomatini to’g’rilash yoki
yengillashtirishdir («nutq buzilishlarining oldini olish», «tuzatish» - bu borada
qo’llaniladigan atamalardir).
Kompensatsiya organizmning qandaydir harakatlarining yo’qolishi yoki
buzilishi
hollaridagi psixologik funktsiyalarni qayta ko’rishning ko’p qirrali,
murakkab
jarayonini o’zida namoyon qiladi. To’liq shakllanmagan va buzilgan nutqli hamda
nutqsiz harakatlarning rivojlanishi va tiklanishi logopedik ta’sir etishning maxsus
sistemasidan qo’llanish asosida amalga oshadi. Bu jarayonda kompensatsiya
shakllanadi.
O’qitish – ikki tomonlama boshqariladigan jarayondir.
U bolalarning bilim,
malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirish borasidagi faol bilish faoliyatini, bu faoliyat
ustidan pedagogic rahbarlikni amalga oshirishni o’z ichiga oladi. O’qitish jarayoni
uzviy birlikdagi ta’lim berish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi.
Tarbiyalash jamiyat ehtiyojlariga muvofiq ravishda shaxsning yoki uning
alohida
sifatlarining shakllanish jarayonini maqsadga yo’naltirilgan holda uzluksiz,
tashkiliy tarzda boshqarish demakdir.
Dostları ilə paylaş: