9 – S I N F Laboratoriya ishi №3 Mavzu: Sirt taranglik koeffisientini tomchi usulida aniqlash.
Ishning maqsadi: Sirt taranglik koeffisientini tomchi usulida aniqlashni o’rganish.
Kerakli jihozlar: Bir marta ishlatilgan shpirs, (tomizgich sifatida ishlatiladi), kichkina stakan, suvli idish shtativ tutgichi bilan.
Hurmatli o’quvchi! Sizga yuqoridagi jihozlar berilgan bo’lsa, qanday qilib suvning sirt taranglik koeffisientini aniqlagan bo’lar edingiz.
Ishni bajarish tartibi: 1. Bir marta shpirsdan tomizgich yasang va uni shtativga o’rnating, unga suv soling. Tomizgichdagi suvning hajmini o’lchang. V1=...
2. O’nta tomchi tomizing va tomizgichda qolgan suvning hajmini o’lchang. V2=...
3. Vt= formulaga asosan tomchining hajmini toping.
4. Tomchining diametrini Vt= formuladan asosan toping. D=2r
5. formuladan
6. Tajribani yana ikki marta takrorlab absolyut va nisbiy xatolikni toping.
7. Esse yozing. Quyidagi jadvalni to’ldiring. Laboratoria ishini bajarilganligi haqidagi xulosalarni yozing.
T/R
V1
V2
N
Vt
R
D
1
2
3
9sinf Laboratoriya ishi №4 Mavzu: Sirt taranglik koeffisientini kapillyar usulida aniqlash. (Ikkinchi usul) Ishning maqsadi: Sirt taranglik koeffisientini kapillyar usulida aniqlashni o’rganish.
Kerkli jihozlar:Kapillyar naycha, mikrometr yoki shtangensirkul, suvli stakan, chizg’ich.
Hurmatli o’quvchi!!! Sizga yuqoridagi jihozlar berilgan bo’lsa, qanday qilib suvning sirt taranglik koeffisientini aniqlagan bo’lar edingiz. Taxminlaringizni labaratoriya ish daftaringizga yozing.
Ishni bajarish tartibi 1. Kaplyar naychaning diametrini shtangensilkul asbobi bilan o’lchang. Agar shtangensilkul yoki mikrometr bo’lmasa u holda millimetrli qog’oz ustida vertikal yo’nalishda kaplyar nayni qo’yib uning qoldirgan iziga qarab diametri baholanadi d=...
2. Suvli stakanga kaplyar naychani tushuring va unga ko’tarilgan suvning balandligini chizg’ich bilan o’lchang. h=...
3. = formulaga asosan suvning sirt taranglik koeffisiyentini aniqlang
4. Idishga issiq suv siling va kopelyar naychani soling va kopelyar naychani suvga tushuring, tajribani takrorlang va suvning sirt taranglik koeffisiyentini hisoblang.
5. Sirt taranglik koeffisiyentini suv temperaturasining turli qiymatlari uchun o’lchang va uning temperaturaga bog’lanishini t, koordinatalarida chizing
6. Xatolikni baholang. Tajriba natijasini = ko’rinishda yozing
7. Esse yozing. Quyidagi jadvalni to’ldiring
T/R
h1
h2
D
1
2
3
9 sinf. Laboratoriya ishi 4 Shishaning nur sindirish ko’rsatgichini aniqlash. Kerakli jihozlar. Geometrik optika bo’yicha namoyish to’plami magnit ushlagichlar bilan.
Ishning borishi. Geometrik optika bo’yicha namoyish to’plami magnit ushlagichlar bilan qurilmasini yig’ish. Yo’rug’lik manbaini optik disk ustiga o’rnatish va 12 V li tarmoqqa ulash. Magnit ushlagichlari bo’lgani uchun yopishgan holatda turadi.
Yorug’lik manbai qurilmasiga yorug’lik nurini hosil qiladigan tirqishni joylashtirish.
3.Uchburchakli prizmani olib optik diskka yorug’lik yo’liga qo’yish va yorug’lik nurining sinib o’tishini kuzatish.
4. Transportir yordamida tushish va sinish burchagini o’lchang. formulaga asosan sindirish ko’rsatgichini hisoblang.
5. Esse yozing.
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Nazorat savollari: 1. Olmos va shishaning absolyut sindirish ko’rsatgichlari mos ravishda 2,4 va 1,4 ga teng. Shishaning olmosga nisbatan va olmosning shishaga nisbatan sindirish ko’rsatgichlari qancha?
2. Suvning sindirish ko’rsatgichi nechiga teng? Nima uchun “suvga sakrash”
sportida yorug’likning suvda sinishini hisobga olish kerak?
3. Yorug’likning birinchi va ikkinchi muhitdagi tezliklari qanday bo’ladi.
4. Ushbu labaratoriya ishidan hayotda qanday foydalanish mumkin.
9 – S I N F Labaratoriya ishi №5 Mavzu: Linzada tasvir hosil qilish. Ishdan maqsad: Linzaning fokus masofasi va optik kuchini aniqlashni organish.
Kerakli jihozlar:Optik taglik, yorug’lik manbai, tirqish, yig’uvchi (qavariq) linza, ekran, chizg’ich. “Optika mobil laboratoriya to’plami.”
Hurmatli o’quvchi!
Sizga yuqoridagi asboblar berilganda, qanday qilib Linzaning fokus masofasi va optik kuchini aniqlagan bo’lar edingiz. Fikrlaringizni labaratoriya ishi daftaringizga yozing.
Ishning borishi 1. Jihozlarni optik taglikka chapdan o’nga qarab quyidagi tartibda joylashtiring.
- yorug’lik manbai (lampochka), qavariq linza, ekran.
2. Linzani ekran va lampa oralig’ida surib ekranda lampochka cho’g’lanish tolasining kattalashgan, aniq tasvirini hosil qiling.
3. Lampochkadan linzagacha bo’lgan masofani o’lchang d=…
4. Linzadan ekrangacha bo’lgan masofani o’lchang. f=…
5. formulaga asosan linzaning fokus masofasini hisoblang
6. D= formulaga asosan linzaning optik kuchini hisoblang.
7. Linzani yana surib cho’g’lanish tolasining ekrandagi kichiklashgan, aniq tasvirini hosil qiling bunda ham d va f larni o’lchang. Yuqoridagi formulalarga asosan linzaning fokus masofasi va optik kuchini hisoblang.
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________