II.12. «Aqliy hujum» технологияси
«Aqliy hujum» — jamoa bo'lib muhokama qilishning samarali metodidir. Unda biror muammoning yechimini topish barcha ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash orqali amalga oshiriladi.
«Aqliy hujum»ning tamoyili juda sodda. O'qituvchi o'quvchilar oldiga masalani qo'yadi va ushbu masalani yechish bo'yicha o'zlarining fikrlarini bayon qilishni so'raydi. Ushbu bosqichda hech kimning boshqa ishtirokchilarning g'oyalari haqida o'z fikrini bildirishga yoki unga baho berishga haqqi yo'q.
«Aqliy hujum» yordamida bir necha daqiqa ichida o'nlab g'oyalarni olish mumkin. G'oyalar soni asosiy maqsad emas. G'oyalar eng to'g'ri yechimni ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
«Aqliy hujum»ning qoidalari quyidagilardir:
— har bir g'oya yozib boriladi;
Aqliy hujum tugagandan so'ng takliflar tahlil qilinadi va ulardan eng qimmatlilari keyinchalik ular bilan ishlash uchun tanlab olinadi. Tahlil qilinganda awalo taklifning foydalilik jihatlariga e'tiborni qaratish lozim.
Dostları ilə paylaş: |