Birinchi bosqich. Guruh o'quvchilari o'rindiqlarga katta doira bo'yicha o'tirib olishadi. O'qituvchi muammoni ifoda etadi.
Ikkinchi bosqich. Belgilangan vaqt mobaynida (masalan, 10 minut) har bir o'quvchi individual ravishda, o'zining varag'iga qo'yilgan muammoni yechish yo'llarini yozib oladi.
Uchinchi bosqich. Aylana bo'yicha har bir o'quvchi o'zining takliflarini bayon qiladi. Guruhning qolgan a'zolari uning fikrini izohlamay, tanqid qilmay, jim eshitishadi va har bir band bo'yicha taklifni umumiy qarorga kiritish yoki kiritmaslik haqida ovoz berishadi. Umumiy qarorga kiritilgan takliflar doskaga yozib boriladi.