9. «Insert» texnologiyasi
Ushbu texnologiya yangi matn bilan ishlashga mo'ljallan-gan bo'lib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Matnni qalam bilan o'qib chiqish.
O'qish davomida matnda maxsus belgilar qo'yib borish:
+ buni bilaman;
— buni bilmas edim;
? buni mukammal bilmoqchi edim.
3. Matn bilan to'la tanishib chiqilgandan so'ng quyidagi
jadval to'ldiriladi:
II.10.T- sxema
T- sxema bahs davomida javoblarni (ha/yo'q, tarafdor/ qarshi kabi) yozib borishda universal grafik vosita bo'lib xizmat qiladi. T- sxema texnologiyasi juda sodda.
Muammoning mavzu doirasi aniqlangandan so'ng, quyidagi ko'rinishdagi T- sxemani tuzish kerak.
Besh minutdan so'ng sxemaning chap tomonini to'ldirish lozim. Unda besh minut davomida o'quvchilar mavzuga oid nechta kategoriya o'ylab topishgan bo'lsa, shuncha kategoriya ko'rsatiladi. Keyingi besh minutda o'quvchilar sxemaning o'ng tomonini to'ldiradilar. Va nihoyat, yana besh minut mobaynida o'quvchilar o'zlarining T- sxemalarini boshqa juftlikning T- sxemasi bilan taqqoslash imkoniga ega bo'ladilar.
Dostları ilə paylaş: |