9-Laboratoriya ishi
Tarmoqni himoyalash protokollari SCP, SNMP ni sozlash va log fayllarni
tadqiq etish
1. Ishning maqsadi
Ushbu laboratoriya ishi quyidagilar uchun mo’ljallangan:
tarmoqni himoyalash protokollari SCP, SNMP ni sozlashni o’rganish;
Log fayllarni tadqiq etish. Syslog serverini sozlashni o’rganish.
2. Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Tarmoqni himoyalash protokollari SCP va SNMP
Oldingi ishlarda aytib ketilganidek,
Telnet dan foydalanish juda xavfli.
Chunki, bunda barcha ma’lumotlar ochiq ko’rinishda uzatiladi va buzg’unchi
ularni osonlik bilan egallab olishi mumkin.
Telnet ga alternativ sifatida SHH
protokoli taklif qilingan bo’lib, unda barcha ma’lumotlar shifrlanadi.
HTTP va
HTTPS protokollarida ham shunga o’xshash holat.
Biroq, tarmoq qurilmalari bilan ishlashda yo’qorida keltirilgan protokollarga
kamdan-kam murojat qilinadi. Quyida biz ularning ko’proq himoyalangan
versiyalari hisoblangan yana bir nechta mashhur protokollarni ko’rib chiqamiz.
SCP
Tizim administratorlari oldida qurilmalarning proshivkalarini qayta
yuklash
bo’yicha vazifalar judayam tez-tez yuzaga keladi. Buning uchun qurilmaga yangi
proshivkani “tashlash” kerak bo’ladi, bu odatda
TFTP yoki
FTP-server yordamida
qilinadi. Texnologiya juda eski hisoblanadi, ammo
bunday serverlar bir nechta
harakat bilan kuchaytirilishi mumkin.
Ushbu protokollar (TFTP va FTP) yana qurilmalar konfiguratsiyalarini
Zahira nusxalash uchun ko’p ishlatiladi. Shubhasiz ko’pchilik quyidagiga o’xshash
buyruqlar bilan tanish:
Router#copy running-config tftp:
Ushbu buyruq bilan biz joriy konfiguratsiyani
masofviy TFTP-serverga
nusxalaydi.
Yoki teskari holat, TFTP yoki FTP-server konfiguratsiyani
qayta tiklash
uchun ishlatiladi: