Protokolning uch versiyasi mavjud:
SNMPv1, SNMPv2c va
SNMPv3.
Batafsil tahlil qilmasdan shu xulosani keltirish mumkinki, SNMPv3
paydo
bo’lgangacha SNMP ning asosiy muammosi aynan xavfsizlik bo’lgan.
Protokolning dastlabki ikkita versiyasi juda kuchsiz autentifikatsiya mexanizmiga
ega, mohiyatan u ochiq ko’rinishda uzatiladigan faqatgina bitta parol (birikmalar
qatori) dan tashkil topgan. Bu juda jiddiy zaiflik, buzg’unchi ushbu parolni qo’lga
kiritish imkoniyatiga ega bo’ladi, undan keyin u SNMP ishga tushirilgan
qurilmadan barcha zaruriy axborotlarni olishi mumkin.
Agar siz SNMP ni
boshqarish uchu ishlatsangiz, unda xavfsizlik bilan bog’liq vaziyat yana ham
ko’proq diqqat talab qiladi.
Ushbu xavfsizlik muammosini yechish uchun SNMPv3
protooli yaratilgan,
u uchta variantda ishlatilishi mumkin:
1.
noAuthNoPriv – parollar ochiq ko’rinishda uzatiladi, ma’lumotlar
konfidensialligi mavjud emas;
2.
authNoPriv – konfidensialliksiz autentifikatsiya;
3.
authPriv – autentifikatsiya va shifrlash.
Ma’lum bo’lganidek, aynan uchinchi variant eng yaxshi hisoblanadi, u
himoyalanganlikni maksimal darajada ta’minlaydi.
Shuni qo’shimcha
qilish mumkin, SNMP protokoli istalgan korporativ
tarmoqning ahamiyatli qismi hisoblanadi. U barcha IT-infratuzilmani monitoring
qilish uchun keng qo’llaniladi. Hatto ushbu maqsad
uchun maxsus dasturiy
ta’minot (masalan
Zabbix) mavjud, u butun tarmoq to’g’risida axborotlarning
katta miqdorini yig’adi. Ushbu axborotlar agar buzg’unchining “qo’liga” tushsa
taqdid tug’dirishi mumkin. Aynan shuning uchun
SNMP ning himoyalangan
variant sizning tarmog’ingiz xavfsizligi uchun ahamiyatli qadam hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: