9-Laboratoriya ishi Tarmoqni himoyalash protokollari scp, snmp ni sozlash va log fayllarni tadqiq etish



Yüklə 459,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix23.05.2023
ölçüsü459,34 Kb.
#120576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Laboratoriya ishi-9

Console Logging 
Kommutatorga yoki marshrutizatorga konsol orqali ulanganingizdan so'ng, 
darhol loglarni ko'rasiz. Avtomatik tarzda loglashning 5-darajasi yoqilgan bo’ladi. 
Agar qurilma yuklama ostida bo'lsa (ya'ni u orqali trafik o'tayatgan bo'lsa), hech 
qanday holatda loglash darajasini oshirmasligingiz kerak, aks holda siz shunchaki 
konsoldan ishlay olmaysiz, chunki doimiy ravishda loglar paydo bo'lishi buyruqlar 
yozishingizga to'sqinlik qiladi. Bunga qo'shimcha ravishda, agar siz oddiygina 
konsol kabelini tortib olsangiz, u holda jurnallar konsolga yuborilishni davom 
ettiradi va qurilmadan muhim resurslarni iste'mol qiladi. 
Biroq, Console Logging eng qulay bo'lgan holatlar (odatda testlash 
bosqichida) mavjud, chunki qurilmani real vaqtda kuzatib borish imkoniyatini 
beradi. Loglash darajasini sozlash uchun quyidagi buyruqdan foydalaning: 
Router(config)#logging console 7 
yoki 
Router(config)#logging console debugging 


Agar loglar konsolda ishlashga xalaqit berishni boshlasa, unda loglash 
darajasini o'zgartiring yoki ularni buyruq bilan o'chirib qo'ying: 
R1(config)#no logging console 
Buffered Logging 
Yuqorida aytib o'tilganidek, loglar qurilmaning o'zida, buferda – RAM 
xotirasida saqlanishi mumkin. Bunday holda siz ushbu bufer hajmini 
o'zgartirishingiz va shu bilan loglash “chuqurligini” sozlashingiz mumkin. Bufer 
hajmini tanlashda siz juda ehtiyot bo'lishingiz kerak. Odatda u qurilmaning bo'sh 
operativ xotirasiga bog'liq. Buferni juda kichik qilib o'rnatib, bo'sh joy tugagandan 
so'ng ustiga yoziladigan muhim voqealarni o'tkazib yuborish xavfi mavjud. 
Buferni juda katta tanlab, siz qurilmaning barcha bo'sh xotiralarini egallashingiz 
mumkin, bu esa noma'lum oqibatlarga olib keladi. 
Odatda, bufer hajmi 16 yoki 32 KB ga o'rnatiladi. So’nggi zamonaviy 
qurilmalar loglar uchun bir necha megabayt operativ xotirani ajratishga imkon 
beradi. O'rnatish oddiy: 

Yüklə 459,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin