membrana markazi bilan kinematik aloqa yordamida ulash yetarli bo‘lardi.
Bosimni
masofadan o‘lchashda mexanik kattalikni — X siljishni, uni aloqa yo‘li 4 bo‘yicha
ikkilamchi asbob 5 ga uzatish uchun, mutanosib elektr signalga o‘zgartirish zarurati
tug‘iladi. Bu o‘zgartirish birlamchi asbob 3 ning oraliq o‘zgartkichi 2 yordamida bajariladi.
Chiziqli siljishni bir xillashtirilgan chiqish signaliga o‘zgartirish
uchun differensial-
transformatorli va magnit kompensatsiyali o‘zgartkichlar keng qo‘llana boshlandi. Burchak
siljishlarni o‘zgartirish uchun ferrodinamik va chastotali, kuchlarni o‘zgartirish uchun kuch
kompensatsiyali (elektr va pnevmatik) o‘zgartkichlar qulay. O‘zgartkich turi
o‘zgartirilayotgan signalning ko‘rinishi va aloqa yo‘li bo‘yicha uzatiladigan signalning
berilgan ko‘rinishiga bog‘liq (tok, kuchlanish, bosim va h.).
Zamonaviy o‘zgartkichlar va asboblarning muhim xususiyati ularning chiqarish
signallarining bir xillashtirishdir. Bu o‘lchov vositalari o‘zaro almashinuvchanlikni,
markazlashtirilgan nazorat qilishni taminlaydi va ikkilamchi asboblar turlarini qisqartishga
imkon beradi.
O‘zgarmas tokning bir xillashtirilgan chiqarish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartkichlar
eng istiqbollidir. Shu bilan birga o‘zgarmas tok kuchlanishining chiqish signaliga, chastotali
elektr chiqish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartkichlar ham qo‘llaniladi. O‘zgaruvchi tokning
chiqish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartkichlar keng qo‘llanmoqda. Bunday signal yo o‘zaro
induksiyaning o‘zgarishi ko‘rinishida yoki o‘zgaruvchan tok kuchlanishining o‘zgarishi
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Kimyo sanoatida bir xillashtirilgan
pnevmatik chiqish
signaliga ega bo‘lgan o‘zgartkichlar qo‘llaniladi.
Keyingi yillarda sanoat asboblari va avtomatlashtirish vositalarining Davlat tizimi
yaratilgan bo‘lib, u blok modul prinsipi bo‘yicha tuziladi hamda pnevmatik, gidravlik,
elektrik (tokli, kuchlanishli, chastotali va impulsli) kirish va chiqish signallariga ega bo‘lgan
asboblarni birlashtiruvchi tarmoqlarga bo‘linadi. Ular uchun bir
xillashtirilgan qiymatlar
belgilangan bo‘lib, texnologik jarayonlarni nazorat qilish, sozlash va boshqarishning turli-
tuman tizimlarining texnik vositalar bilan ta’minlash muammolarini eng qulay usul bilan
hal etish imkonini beradi.
Blokli prinsipdan foydalanish asboblarning qo‘llanish chegarasini kengaytirish
imkonini beradi va ularni tekshirilgan qismlarning minimal sondagisini almashtirishda eng
ko‘p sondagi parametrlarni o‘lchashga yaroqli holga keltiriladi.
Ishlatishda faqat bir turdagi energiyadan foydalanadigan qurilmalar o‘lchash
asboblarining yagona tuzilishdagi tarmog‘ini tashkil etadi.
Pnevmatik tarmoqdagi asboblar oson yonadigan va portlaydigan muhitlarda bexavotir
qo‘llanishi: og‘ir sharoitli ishlarda, ayniqsa agressiv muhitda ishonchliligi yuqoriligi bilan
xarakterlanadi. Ularni osongina birini ikkinchisi bilan almashtirish mumkin. Ammo
pnevmatik asboblar texnologik jarayonlar katta tezlikni talab etganda yoki signallarni uzoq
masofaga uzatishda elektr asboblardan qolib keladi.
Gidravlik o‘lchash asboblari katta zo‘riqishlarda ijrochi mexanizmlarning aniq
siljishini aniqlashga imkon beradi. Amalda avtomatik tizimlarda ularning tarmoqlarini turli
kombinatsiyalarda yoki alohida qurilmalarini birgalikda qo‘llash ancha samaralidir.
Elektr asbob tarmoqlaridan tashkil etilgan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari
quyidagi afzalliklarga ega. Elektr tizimga
yuqori sezgirlik va aniqlik, tezkorlik, uzok
masofalar bilan aloqa bog‘lashga imkon beradi, asboblarning sxema va tuzilishi jihatidan
yuqori bir xillashtirishni ta’minlaydi. Yarim o‘tkazgich texnikadan integral sxemalarni
qo‘llashga o‘tish asboblarning o‘lchamlarini va og‘irligini kamaytirishga olib kelish bilan
birga ularning mustahkamligini oshirishga va funksional imkoniyatlarini kengaytirishga
imkon tug‘diradi. Boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarida elektronikani
qo‘llash ayniqsa nazorat o‘lchov asboblari guruhida
muhim ahamiyat kasb etadi, chunki
ularning boshqariladigan elektron hisoblash mashinalari bilan bevosita aloqasini ta’minlash
imkonini beradi.
Sanoat asboblari va qurilmalari orasida axborot bog‘lanishni ta’minlash uchun bir
xillashtirilgan signallar (US) ishlatiladi. US ning bir xillashtirilgan parametri deyilganda
uning axborot eltuvchi parametri, ya’ni o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchi tok kuchi, kuchlanish,
chastota, kod, pnevmatik signal-havoning bosimi tushuniladi.
Bir xillashtirilgan parametrlarning turiga qarab US larning to‘rt guruhi mavjud:
1.
Elektrik uzluksiz tok va
kuchlanish signallari;
2.
Eektrik uzluksiz chastotali signallar;
3.
Elektrik kodlangan signallar;
4.
Pnevmatik signallar.
Elektrik uzluksiz tok va kuchlanish signallaridan turli uzluksiz o‘zgaruvchi fizik
kattaliklarning son qiymatlarini tasvirlash uchun foydalaniladi. Axborot parametr turiga
qarab US ning shu guruhi o‘zgarmas tokning tok signali, o‘zgarmas tokning kuchlanish yoki
o‘zgaruvchi tokning
Elektrik uzluksiz chastotali signallar fizik kattalik haqidagi axborotni eltuvchi
signalning bir xillashtirilgan parametri sifatida o‘zgaruvchi tok chastotasidan yoki impulslar
chastotasidan foydalaniladi.
Turg‘un rejimda chastotali chiqish signallarining
nominal qiymatlari quyidagi
kattaliklarga ega bo‘lishi mumkin: 0,6; 1,2; 3; 4; 6; 8; 12; 24; 48; 60; 110 yoki 220 V.
Uzluksiz chastotali kirish signalli o‘lchov asboblari amplitudasi quyidagi
chegaralarning birida bo‘lgan signallarni qabul qilishga mo‘ljallangan: 2,5 — 10; 10— 40;
40 — 160; 160 - 600 mV 0,6-2,4; 2,4—12 V; 12—36 V; 36—120 V.
Elektrik kodlangan signallardan turli xil elektron hisoblash va boshqarish
mashinalarida, raqamli avtomatika va telemexanikaning raqamli qurilmalarida
foydalaniladi. Funksional asbob va tizimlarda kattaliklar qiymati
sakkizta karrali ikkilik
xonalarda (baytlarda) tasvirlanadi.
Pnevmatik signallar shu guruh US dan o‘zgartkichlar, ikkilamchi asboblar, funksional
va to‘g‘rilovchi bloklar hamda ijrochi qurilmalar orasida axborot uzatishda foydalaniladi.
Pnevmatik chiqish signallari o‘zgarishining ish chegarasini ta’minlash bosimining
nominal qiymati 140 kPa bo‘lganda 20 - 100 kPa chegarasida bo‘ladi.
Me’yorlashtiruvchi oraliq o‘zgartkich tabiiy chiqish signalini bir xillashtirilgan
signalga o‘zgartiradi. Oraliq o‘zgartkichlar alohida mustaqil qurilmalardan iborat. Ularning
ishlash prinsipi mazkur darslikning II bobidagi 2.4 va 2.5-§ larida keltirilgan.
Asbobsozlik tizimida o‘zaro almashinuvchan pnevmatik va elektr o‘zgartkichlarning
blok turidagi o‘zgartkichlari ishlab chiqilgan. Bunday turdagi o‘zgartkichlar katta sondagi
turli o‘lchanayotgan parametrlarni nisbatan soddalik va yetarli aniqlik bilan bitta chiqarish
kattaligiga — kuchga o‘zgartiradi.
Bir xillashtirilgan o‘zgartichlarning aniqlik sinfi 0,6; 1,0 va faqat ba’zilari uchungina
1,6; 2,5.
Elektr o‘zgartkichlar
Noelektr kataliklarni elektr chiqish signaliga o‘zgartirish, va ko‘rsatishlarni masofaga
uzatish uchun kuch kompensatsiyali o‘zgartkichlar, siljish kompensyatsiyali o‘zgartkichlar
va chastotali o‘zgartkichlar qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: