9-ma’ruza. Sanoat xavfsizligini deklaratsiyasi.
Reja
1.Xavfsizligi deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari
2.Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish
3.sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini qayta ko‘rib chiqish
Xavfsizligi deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish
obyektlari
Qonun hujjatlariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish
obyektlarining birinchi
tipiga muvofiq bo‘lgan loyihalanayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan xavfli ishlab
chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligini majburiy
deklaratsiyalashga tegishli
bo‘ladi.
Boshqa xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini
deklaratsiyalash ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
Majburiy deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan
xavfli ishlab chiqarish
obyektlarini identifikatsiya qilish xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi
tashkilot, shuningdek sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish yuzasidan
akkreditatsiyaga ega bo‘lgan ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Majburiy deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli
ishlab chiqarish obyekti
identifikatsiya qilingan taqdirda tashkilot rahbari ushbu obyekt to‘g‘risidagi
ma`lumotlarni favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tegishli hududiy boshqarmaga va
"Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasining
mintaqaviy organlariga, yuqori
tashkilotga, vazirlik yoki idoraga (mavjud bo‘lganda)
hamda xavfli ishlab
chiqarish obyekti joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organiga
taqdim etadi. Ma`lumotlar ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha
rasmiylashtiriladi.
Favqulodda
vaziyatlar
bo‘yicha
hududiy
boshqarmalar
va
"Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasining mintaqaviy
organlari har yili
o‘zlarining markaziy apparatlariga, xavfsizligi majburiy deklaratsiyalanadigan
xavfli ishlab chiqarish obyektlari ro‘yxatiga kiritish
uchun umumlashtirilgan
axborot taqdim etadilar.
O‘zbekiston
Respublikasi
Favqulodda
vaziyatlar
vazirligi
va
"Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasi o‘zlarining bo‘linmalari tomonidan
taqdim etilgan ma`lumotlarni hisobga olgan holda xavfsizligi majburiy
deklaratsiyalanadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari ro‘yxatini shakllantiradilar
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.