9-ma’ruza. Sanoat xavfsizligini deklaratsiyasi. Reja


Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish



Yüklə 211,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix18.04.2023
ölçüsü211,3 Kb.
#99546
1   2   3
2-3

Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish 
Faoliyat ko‘rsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi 
deklaratsiyasi ushbu obyektdan foydalanayotgan tashkilot tomonidan mustaqil 
ravishda yoki xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini 
ekspertizadan o‘tkazish yuzasidan akkreditatsiyaga ega bo‘lgan tashkilot bilan 
tuzilgan shartnoma asosida ishlab chiqiladi. 
Loyihalashtirilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi 
deklaratsiyasi 
xavfli 
ishlab 
chiqarish 
obyektini 
qurish, 
kengaytirish, 
rekonstruktsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiya qilish va 
tugatish yuzasidan loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladi. 
Tashkilot tarkibida majburiy deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan bir nechta 
xavfli ishlab chiqarish obyektlari mavjud bo‘lgan taqdirda xavfli ishlab chiqarish 
obyektlarining sanoat xavfsizligi yagona deklaratsiyasini ishlab chiqishga va 
rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. 
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektidan 
foydalanish bilan bog‘liq faoliyat uchun litsenziya olish yuzasidan murojaat 
qilinganda, 
sanoat 
xavfsizligi 
deklaratsiyasidagi 
mavjud 
ma`lumotlar 
o‘zgartirilganda yoki sanoat xavfsizligi talablari o‘zgartirilgan taqdirda 
aniqlashtiriladi yoki yangidan ishlab chiqiladi. 
Faoliyat ko‘rsatayotgan obyekt uchun deklaratsiyani ishlab chiqishda sanoat 
xavfsizligi talablarini ta`minlash bo‘yicha ma`lumotlar tarkibiga ham bajarilgan, 
ham 
rejalashtirilayotgan 
chora-tadbirlar 
to‘g‘risidagi axborot kiritiladi. 
Deklaratsiyani ishlab chiqishda loyiha hujjatlari tarkibida rejalashtirilayotgan 
chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma`lumotlar taqdim etiladi. 
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi tuzilishiga qo‘yiladigan talablar ushbu 
Nizomga 2-ilovada keltirilgan. 
Loyihalashtirilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyekti uchun sanoat 
xavfsizligi deklaratsiyasi loyiha buyurtmachisi tomonidan tasdiqlanadi. 
Faoliyat ko‘rsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obyekti deklaratsiyasi ushbu 
obyektdan foydalanayotgan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlagan shaxs unda ko‘rsatilgan 
axborotning to‘liqligi va to‘g‘riligi uchun javob beradi. 
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi 
ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak. 
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan deklaratsiya va unga ilovalar 
buyurtmachi tomonidan ekspert tashkilotiga shartnoma asosida taqdim etiladi. 
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan tashkilot rahbari: 
a) sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tegishli 
hududiy boshqarmaga, "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasining 


mintaqaviy organiga, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga
"Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasiga va deklaratsiya qilinayotgan 
xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati 
organiga taqdim etadi. Deklaratsiya juzlab taxlangan holda va ekspert xulosalari 
bilan birga taqdim etiladi; 
b) rasmiy vakillarning deklaratsiyadan foydalana olishini ta`minlaydi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Favqulodda 
vaziyatlar 
vazirligi, 
"Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasi xavfsizlik jihatidan deklaratsiya 
qilinishi kerak bo‘lgan sanoat obyektlari to‘g‘risidagi elektron ma`lumotlar 
banklarini yuritadilar, O‘zbekiston Respublikasi hududida xavfsizlikni 
deklaratsiyalash tartib-qoidasi bajarilishini tahlil qiladilar. 

Yüklə 211,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin