9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


T undra gleyli tuproqlar-



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə3/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

T undra gleyli tuproqlar- tundra landshaftli-geografik zonasi uchun xarakterli. Ular Yevroosiyoning shimoli va Shimoliy Amerikaning turli kenglikda kamar shaklida tarqalgan. Yevroosiyoda ushbu tuproqlar qit’aning 2,7%, Shimoliy Amerikaning 2600 ming. km2 ni maydonini egallaydi.
Tundra uchta zonachaga bo‘linadi: janubiy butali (yo‘sin-butali) tundra, tipik yo‘sinli (hurpaygan-yo‘sinli) tundra va arktika tundra zonachalari. O‘simlik xazonlari zaxirasining ko‘pligi sababli yerga tushgan qoldiqlarning minerallashuvining sustligi, bakteriyalarga kambag‘alligi, tuproq haroratining qulay emasligidir. Chirimagan organik moddalarda tundra biogeosenozi energiyasining ancha miqdori to‘planadi. Tundra o‘simliklari mahsuldorligining pastligi va kam kulliligi tufayli moddalarning biologik aylanishi sust, turg‘un, hajmining kichikligi bilan xarakterlanadi.
Tundra gleyli tuproqlar kesmasidagi gleylanish o‘zining genesiga ko‘ra farqlanadi. Tundraning Yevropa qismida gleylanish ko‘pincha yer yuzasida (yuza-gleyli tuproqlar), G‘arbiy Sibirda jinslarning granulometrik tarkibi bo‘yicha almashingan gorizontida (kontakt-gleyli tuproqlar), Sharqiy Sibir tundrasida esa ko‘pincha muzloq ustida uchraydi (muzloq usti-gleyli tuproqlar). Gleysimon tuproqlar tundraning shimoliy zonachasi – arktika tundrasi uchun xarakterli.
Muzloq tayga tuproqlari- O‘rta va Shimoliy Sibirda va Uzoq Sharqning shimoliy qismida tekislik va tog‘li rayonlarida, Boyqolorti, Yaqutiston, Kolima, Chukotka, Kanadaning shimoliy va qisman o‘rta taygalari uchun xos. Rossiyaning muzloq tayga tuproqlarida uning umumiy maydoni 200 mln. ga yaqin. Yevroosiyoda tekislik muzloq-tayga tuproqlari 2 mlrd. 230 mln. ga, ya’ni hududning 4% maydoni; Shimoliy Amerikada esa 529 mln. ga yoki hududning 2,4% ni maydonini egallagan.
T ayga gleyli tuproqlar- boreal (mo‘tadil sovuq) mintaqa shimoldan tundra, janubda – o‘rmon dasht zonasi bilan chegaralanadi. Uning maydoni 1, 2 mlrd. ga yaqin. Mazkur tuproqlar joylaguvi Yevroosiyo qit’asi tekisliklarining 64 % va 36 % tog‘li o‘lkalarga to‘g‘ri keladi hamda g‘arbdan sharqqa va shimoldan janubga qarab, nihoyatda katta maydonga cho‘zilib ketganligi sababli, tabiiy sharoitlari ham xilma-xil va murakkabdir.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin