9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə4/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Podzol tuproqlar- asosan tayga-moxli yoki igna bargli o‘rmonlar ostida shakllanadi. Bu tuproqlar profilining kelib chiqishi podzollanish va elyuvial-gleylanish jarayonlari bilan bog‘liq. Maydoni 132 mln. gektarni tashkil etadi.
Gleyli podzol va podzol tuproqlarning aksariyat maydoni tayga – o‘rmon zonasining shimoliy va o‘rta qismlarida joylashgan. Bu tuproqlar podzol tuproqlar hosil bo‘lish jarayonlari natijasida yuzaga keladi. Podzollanish jarayoni ayniqsa sernam moxli va tutash ignabargli sernam o‘rmonlar ostida yaxshi ifodalangan.
Chimli-podzol tuproqlar- maydoni 185 mln. ga ni tashkil etadi va dexqonchilik uchun foydalaniladigan yer fondining asosini tashkil etadi.
C himli-podzol tuproqlar ikki jarayon-podzol va chimli jarayonlarning birgalikdagi ta’siri natijasida, ya’ni o‘tsimon o‘simliklari bo‘lgan o‘rmon ostida yoki podzol jarayonning chimli jarayon bilan (o‘rmonlar kesilgan joylarda o‘tloq o‘simliklar ta’sirida va haydab o‘zlashtirilgan joylarda) almashinuvi natijasida paydo bo‘ladi.
Chimli tuproqlar- paydo bo‘lish jarayonida dasht o‘simliklarining roli katta. O‘rmon tayga zonasidagi chimli tuproqlar bilan bir qatorda, boshqa zonalardagi qator ko‘plab tuproqlarning kelib chiqishi chimli jarayonning rivojlanishi bilan bog‘liq.
Chimli tuproqlar Boltiq bo‘yi, Rossiya Federasiyasining Yevropa qismi, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, Kamchatkada va Kuril orollarida tarqalgan. Chimli tuproqlarning umumiy maydoni 9 mln.ga bo‘lib, shundan 5 mln. gektarga yaqini Kamchatka va Sharqiy Sibirdadir.
Botqoq tuproqlar- tayga-o‘rmon va taygalarda keng tarqalgan bo‘lib, maydoni 100 mln. ga ga yaqin. Botqoq tuproqlarning kelib chiqishi ikki yo‘l bilan: suv havzalarining torf bosishi va quruqliklarning botqoqlanishi natijasida ro‘y beradi. Ko‘llar, sun’iy suv havzalari, daryolarning suv bosib turadigan maydonlarining har xil o‘t bosishi natijasida, suv havzalarida torf hosil bo‘la boshlaydi.
Tayga-o‘rmon zonasida atmosfera yog‘inlarining miqdori bug‘lanishga nisbatan ko‘p bo‘lganidan, quruqlikning botqoqlanishi uchun yaxshi sharoit yaratiladi. Suv o‘tkazuvchanligi yomon og‘ir mexanik tarkibli ona jinslari bo‘lgan pastqam relyefli joylarda atmosfera yog‘inlari to‘planib, yerlar botqoqlanadi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin