9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


SHo‘rhok yerlarni o‘zlashtirish



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə83/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

SHo‘rhok yerlarni o‘zlashtirish. Irrigatsiya-melioratsiya va agrotexnika tadbirlari kompleksidan to‘g‘ri foydalanilganda sho‘r yerlarni muvaffaqiyat bilan o‘zlashtirish mumkin. Unda g‘o‘za, don ekish, yem-hashak yetishtirish shuningdek, bog‘ va poliz barpo qilish oson.
Yerlari o‘zlashtirilaѐtgan ayrim rayonlarning tuproq - meliorativ sharoiti har xil. Ba’zi joylarda bir rayonning o‘zida ham sharoit har xil bo‘ladi, buni Mirzacho‘l, Farg‘ona yerlari misolida ko‘rish mumkin.
Mirzacho‘lning janubiy tog‘ oldi hududlari juda oson o‘zlashtiriladi. Bu yerda sizot suv sathi juda chuqur joylashgan bo‘lib, yaxshi oqib ketadi. Ammo Sirdaryo yaqin sharqiy qismida sizot suvi qiyinchilik bilan oqib ketadi, shuning uchun meliorativ tadbirlar tuproqlarning namiqishi va o‘pirilishi natijasida Mirzacho‘ldagi quriq yerlarning ko‘p joylari cho‘kadi.
Soz tuproqli tekislikning ko‘p sho‘rlangan joylari asosan eski o‘zan va pastliklarga (Yettisoy, Karoy, Sardoba, SHo‘ro‘zak pastligi) to‘g‘ri keladi.
Sizot suv sathi turlicha, 3-5 m gacha va undan ham chuqurda joylashgan. Ular turli joyda turlicha minerallashgan bo‘lib, quruq qoldig‘i 10-20-40 g/l gacha yetadi. Bunday yerlarni yaxshi zovurlashtirilgan sharoitda va asosli tekislashdan keyingina o‘zlashtirish mumkin.
Tuproq gruntini sho‘rsizlantirish va zovurlashtirishning eng samarali uslublaridan foydalanish, tuproqni yuvishga tayѐrlash usullari, sho‘r yuvish me’yѐri va boshqa tadbirlarni amalga oshirish yuqorida ko‘rsatilgan shart-sharoitlarni aniqlaydi.
Amalda sho‘rhok tuproqlar ikki usuldan foydalanib o‘zlashtiriladi:
a) zovurlashtirilgan maydonlarda kuzgi - qishki sho‘r yuvish;
b) zovurlashtirilgan sharoitda - yozda sho‘r yuvish. SHo‘rhok yerlarni o‘zlashtirishda kuzgi - qishki sho‘r yuvish. SHo‘rhok yerlarni o‘zlashtirishda ham dalalarni tekislash, sho‘r sizot suvlarni chiqarib yuborish uchun zovur qazish, tuproqni tuzlardan yuvish asosiy meliorativ tadbirlardan hisoblanadi.
Tuproqning mexanik tarkibi va sho‘rlanganlik darajsiga, shuningdek sizot suv sathining joylashish chuqurligiga qarab, 4-5 mingdan, 8-12 ming m3 /ga gacha va ba’zan 15 ming m3 /ga gacha sho‘r yuvish normasi belgilanadi. Shunda tuproq - grunt 1,5-2,5 m chuqurlikgacha sho‘rsizlanadi. Qatlamdagi xlor tuzlari 0,20-0,35 dan 0,01-0,015 % gacha kamayadi. SHo‘r bosgan quruq yerlar ikki asosiy bosqichda o‘zlashtiriladi:
1) irrigatsiya - melioratsiya jihatdan o‘zlashtirish ─ sug‘orish va sho‘r yuvish tarmoqlarini yaratish, ularga suv bog‘lash inshoatlari, nov, ko‘priklar qurish, yerlarni asosli (kapital) tekislash va boshqalar;
2) xo‘jalik jihatdan o‘zlashtirish, sho‘rini yuvish, ekin ekib qishloq xo‘jalik oborotiga kiritish.
O‘zlashtirilaѐtgan yerlar tekislanaѐtganda qalin ustki unumdor qatlamdan 50-60 sm gacha qirib olish mumkin. Tuproq profili bo‘yicha organik moddalar tekis tarqalmagan bo‘lsa, unumdorligini saqlash maqsadida ustki unumdor qatlam ozroq 30-35 sm gacha olinadi. Kuchli sho‘rlangan tuproqlar va sho‘rhoklar 5-6 martadan yuviladi. Yaxshi natijalarga erishish uchun birinchi va ikkinchi, ikkinchi va uchinchi sho‘r yuvishlar oralig‘idagi vaqt 1-2 kun bo‘lishi kerak, keyingi sho‘r yuvishlar orlig‘idagi vaqt 3-7 kungacha cho‘zilishi mumkin. Beda yerlarni eng yaxshi o‘zlashtirgich hisoblanadi. Yolg‘iz ekiladi. Beda tuzga chidamsiz bo‘lganligi uchun uning ustki qatlamlari yetarlicha sho‘rsizlantirilgan tuproqlarga ekish mumkin. Yaxshi yuvilgan asosiy yerlarga esa chigit ekilishi kerak. Yetarli darajada sho‘rsizlantirilmagan uchastkalarga makkajo‘xori ekish yaramaydi. U tuzga chidamsiz bo‘ladi, bunday uchastkalarga faqat tuzga chidamli ekinlar (lavlagi, oq jo‘xori, kungaboqar) ekish mumkin. Kungaboqar va oq jo‘xori silos uchun ekiladi.
Turli turdagi material va resurslar ham karroziyalanish tezligi past bo‘lsada atmosfera havosini ifloslaydi. Uchta Amerika saytlarini ko‘rsatishicha, kislotali cho‘kmalarning 38-71% ruxlashtirilgan misning erishiga to‘g‘ri keladi.16
Tuproqlarning sho‘rlanishi va sho‘rtoblanish jaraѐnlari bo‘yicha ko‘p olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida qatqaloqning xavfliligi xaqida (jaraѐnning miqdoriy mexanizmisiz) ma’lumotlar keltirilgan tuproq qatqaloqlanishining kelib chiqishi , jaraѐnning o‘zini miqdoriy jixatdan ma’lumotlarga ega bo‘lmasdan turib, uning yo‘nalishining jadalligini samarali yo‘llar bilan boshqarish, salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqib bo‘lmaydi.
Olimlar tomonidan tuproqning ustki qismida tez qatqaloqlanish jaraѐninifizik modellashtirishning tajriba uskunasi ishlab chiqilgan bo‘lib , bu tezkor labaratoriya sharoitidagi usulda sizot suvlaridagi, tuproq eritmasidagi va tuproq qatqalog‘idaga tuzlarning miqdoriy balansiga asoslangan xolda tuproq qatqalog‘ining xosil bo‘lish jaraѐni bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borish mumkin. Bunda tuzlar miqdorini NaCl, MgCl2*6 H2O, CaCl2*6H2O, Na2So4*10H2O, Na2Co3 ва CaCo3 xosil bo‘lgan qatqaloqning qalinligiga va mustaxkamligiga ta’sirini imkon darajasida o‘rganishni ko‘rsatgan. Sizot suvlari tarkibidagi tuzlarining konsentratsiyasi quyidagi miqdorda bulganda qatqoqlanish namoѐn bo‘lishi aniqlangan NaCl,-30g/l, 58,5g/l, 70g/l CaCl2*6H2O- 30g/l, 54,8, 70 g/l, 09,5 g/l, MgCl2*6 H2O-30 g/l, 50,8 g/l,70 g/l,101,6 g/l Na2Co3-53 g/l ,70 g/l CaCо3-50g/l va 70g/l. Qatqaloqning qalinligi birlamchi eritmadagi, qatqaloqdagi, qatqaloq ostidagi xamda qatqaloq solishtirma yuzasidagi ionlar miqdori bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Kamroq miqdorda qatqaloqning mustaxkamligiga qatqaloq ostidagi ionlar miqdori ta’sir qilinishi aniqlangan.
Почвозащитное и ресурсосберагающее земледелие: Теория и методика исследований. FAO-CYMMIT, Анкара, 2015. –175 с. ISBN978-92- 5-408795-1
Hammamizga ma’lumki, mamlakatimizda suv ta’minoti qoniqarli emas. Bu esa paxta, g‘alla va boshqa ekinlar hrsildorligini kamaytirishga olib kelmoqda. Yangidan sug‘oriladigan yerlarda, ayniqsa Mirzacho‘lda, Qarshi cho‘lida, SHerobod cho‘lida, malik cho‘lida, Markaziy Farg‘ona cho‘lida, Orol bo‘yi hududlarida tuproqlarning ekologik va meliortiv holati keskin ѐmonlashib bormoqda. Bunday xodisalar suvdan foydalanishni samarali usullarni ishlab chiqishni va ularni ishlab chiqarishda joriy qilinishi talab qilinmoqda.
Respublikamiz Yer resurslari qo‘mitasini tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot Davlat institutining maxlumotlariga qaraganda keyingi 15-20 yil davomida mamlakatimizda sho‘r tuproqlarning maydoni 0.8 mln ga oshib, ularning maydoni hozirgi davrda 2.0 mln.ga tashkil qiladi. Shu jumladan o‘rta va kuchli sho‘rlangan tuproqlar maydoni 0.85 mln.ga yetgan. Qoraqolpog‘iston, Buxoro, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida sho‘rlangan yerlar 90-95 ga kamaygan. Hozirgi vaqtda gumussizlanish jarayonlari mamlakatimizning sug‘oriladigan yerlarining 40% maydonning tashkil qiladi. Bundan tashqari mamlakatimizning sug‘oriladigan yerlari 0.5 ming.ga maydoni gipslashgan, erogiyaga uchragan, toshloq va sho‘rxoq yerlar bo‘lib, ular kam hosili haydalma maydonlarga aylangan.
Orol dengining satxini pasayishi natijasida yerlarda cho‘llanish jaraѐnlari kuchaymoqda. Atmosferada esa changli tuzonlar soni 1.5 barovarga oshmoqda. Buning natijasida sug‘oriladigan yerlarda tuz to‘planish jaraѐnlari kuchayib bormoqda. Olimlarning ma’lumotlariga qaraganda Orol dengizi satxidan O‘zbekiston vohalariga har yili 170-200 mln.ga tuz zarrachalari tushib ularning miqdori 1 ga o‘rtacha 600-700 kg tashkil qiladi.
Mamlakatimizning yangidan sug‘oriladigan hududlarida suvdan obyektiv holda foydalanmaslik natijasida sizot suvlarning satxi 1-3 yer yuzasiga yaqinlashib, ularning minerallashgan darajasi 5-10 g/l qadar ko‘payib bormoqda. Bu omillar o‘z navbatida tuproqlarda ikkilamyai sho‘rlanish jaraѐnini kuchaytirmoqda. Bunday holatldar Mirzacho‘lda, Qarshi cho‘lida va boshqa hududlarida rivojlanmoqda.
O‘zbekiston respublikasining cho‘l zonasida 1.5 mln.ga sho‘r tuproqlar bo‘lib, 0.5 mln.ga sug‘oriladigan terlar suv va shamol eroziyasiga chalingan tuproqlar mavjad. Faqat Buxoro viloyati sug‘oriladigan yerlarini yilda 109 ming.ga kuchsiz, 39 ming.ga o‘rtacha va 6 ming.ga kuchli sho‘rlangan bo‘lsa, 1998 yildagi ma’lumotlarga ko‘ra 270 ming.ga sug‘oriladigan maydonining 159 ming.ga kuchsiz, 74 ming.ga o‘rtacha va 28 ming.ga kuchli sho‘rlanganligi aniqlangan. Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan 28 yil mobaynida yerlarni o‘rtacha sho‘rlanishi 1.9 marta, kuchli sho‘rlanish esa 4 martagacha oshganligi ekologik holatni murakkablashtirib boraѐtganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari Buxoro viloyatining 175.0 ming.ga maydonida turli darajada eroziyaga uchragan yerlar mavjud. Tuproqda sho‘rlanish jaraѐnining salbiy ta’sirida viloyatda har yili 65 ming t dan ko‘proq paxta hosili yetishtirilib olinmayapti. Mana shu sho‘r yerlarning zaharli tuzlarini yuvish uchun xar yili 5 dan 7 kub kmgacha suv sarflanmoqda. Agar biz hozirgi va kelgusi davrlarda sug‘oriladigan yerlardagi tuproqlarning meliorativ holatini noqulay bo‘lgan sabablarini olidini olmasak, zaharli tuzlardan va ifloslangan moddalardan o‘z vaqtida melioratsiya qilmasak, tuproqlarning unumdorligi kamayadi, qishloq xo‘jalik ekinlarning hosildorligi tobora pasayib boradi.
Qaytarish uchun savol va topshiriqlar 
1. SHo‘rlangan tuproqlar deb nimaga aytiladi?
2. Respublikamizda qancha sho‘rlangan tuproqlar mavjud?
3. Cho‘l zonasida tarqalgan tuproqlarning sho‘rlanishi?
4.SHo‘r yuvish muddati va usullarini ayting?
5.Sho‘rhok yerlarni o‘zlashtirish agrotexnikasi?
6. SHo‘rxok tuproqlarning xossalari?
7. SHo‘rtob tuproqlarning xossalari?
8. SHo‘rlangan tuproqlarningo‘zlashtirish?



Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin