13-Mavzu. O‘qituvchining kasbiy o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘qituvchining o‘zini rivojlantirishni loyihalash. R ye j a



Yüklə 30,53 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü30,53 Kb.
#123906
O‘qituvchining kasbiy o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘qituvchining o‘zini rivojlantirishni loyihalash. (1)


13-Mavzu. O‘qituvchining kasbiy o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘qituvchining o‘zini rivojlantirishni loyihalash.


R ye j a:

  1. Ta’lim jarayonida o‘z - o‘zini boshqarishning ahamiyati nimadan iborat?

  2. O‘z o‘ziga ta’lim - tarbiya berishda ilg‘or o‘qituvchilarning usul va uslublaridan foydalanish.

  3. O‘qituvchi kasbga oid mahoratini shakllantirishda psixologik pedagogik nazariyalarning ahamiyati.

  4. Pedagogik mahoratni takomillashtirishda shaxsiy pedagogik ilmiy izlanish.

  5. Umumiy o‘rta ta’limni standartlashtirish. Davlat ta’lim standartining mazmuni.

Buyuk kelajak taraqqiyoti tomon odim otayotgan mamlakatimizda kadrlar masalasi yosh avlod tarbiyasi birinchi o‘rindagi muhim masalalar qatorida turibdi. Zeroki O‘zbekiston ravnaqi kelajagi shu yoshlar, ya’ni kadrlar qo‘lida ekan, jamiki e’tibor ularni hur fikrli bo‘lishi, jahon ta’lim standartlariga mos kela oladigan ta’lim olishi buyuk kelajak uchun qo‘yilayotgan mustahkam poydevordir. Chunki zamonaviy ta’lim olishning o‘zi har bir yosh avlodga katta - katta ma’suliyatlar yuklaydi. Zeroki ta’lim tarbiya jarayoni shaxsini har tomonlama kamol toptirish, yuksak g‘oyali, milliy g‘ururli chuqur ma’lumotli, ma’naviy va jismoniy yetuk qilib yetishtirish maqsadini ko‘zda tutadi va o‘z ishlarini shu nuqtai nazardan yo‘lga qo‘yadi. Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakaimizda yosh avlodni tarbiyalash, hayotda o‘z o‘rnini topish, demokratik davlat qurish vazifalariga bo‘ysundirilishi lozim ekanligini uqtirib o‘tgandi. Bugungi kunda zamonaviy ta’limni turli usullarda amalga oshirish mumkin. Bularning barida butun ma’suliyat o‘qituvchiga yuklatilmasdan o‘quvchidan ham o‘z - o‘zini boshqarish talab etilmoqda.


O‘qitish tizimida o‘z - o‘zini boshqarishning zarurligi, eng avvalo, butun o‘quv yurtlari tizimining samarali, puxta ishlab chiqilganligidan dalolat beradi. Chunki o‘z - o‘zini boshqarish tufayli o‘qitishdagi o‘zaro munosabat o‘qitishning borishini jadal boshqarish va kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatish keyingi darsga zamin va imkon yaratadi. O‘z - o‘zini boshqarish biz mustaqil ish jarayonlarida turli xildagi tadbirlar uyushtirish va o‘tkazishda, tarbiyaviy soat darslarida ko‘rishimiz mumkin. O‘z - o‘zini boshqarish mohiyati o‘quvchilarda birinchi o‘rinda o‘zini mustaqil his qilishi va o‘zi ko‘proq darsni qabul qilishidan iborat. Agar o‘qituvchi o‘quvchilarga ma’lum bir mavzuni o‘zlashtirishga qiziqtirib borsa o‘qituvchi mavqei nima bilan o‘lchanishini bilamiz. Uning mavqei o‘z kasbiga muhabbati, o‘quvchilariga nisbatan talabchanligi, o‘kuv dasturi va darsliklardan to‘g‘ri foydalana bilishi, shuning bilan bir qatorda o‘z ustida tinmay izlanib, o‘z - o‘zini tarbiyalashi bilan ulchanadi. Kelajagimiz yoshlar qo‘lida ekan biz o‘qituvchilar ana shu yoshlarni chin inson bo‘lib yetishishlari uchvn qo‘limizdan kelgan barcha mahoratimizni ishga solmog‘imiz kerak.
O‘qituvchilik nihoyatda ma’suliyatli kasb, Bu esa ko‘proq o‘z ustida ishlash, tajriba almashish, darsga tayyorgarlikni takomillashtirishga da’vat etadi. O‘qituvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashlarida matbuot sahifalari bilan tanishishi ilg‘or o‘qituvchilarning tajribalariga suyangan holda dars tahlillarida qatnashishi, kollektivdagi kasbdoshlari bilan uslub almashish yuqori samara beradi.
O‘qituvchi mehnatda, xulq - atvorda tirishqoqlik qilib, o‘z imkoniyatlarini ishga solishi, o‘ziga majburiyat olishi, o‘zini nazorat qilishi, o‘ziga - o‘zi hisob berishi, o‘ziga o‘zi baho berishi singari o‘z - o‘zini tarbiyalashning elementlarini shakllantirib borishi lozim.
O‘qituvchilarning toifalari ham har xil, ilmiy dunyoqarashlari, tajribasi ham turlicha bo‘ladi. Demak, yosh o‘kituvchilar mana shu har xil toifa o‘qituvchlarning tajribalaridan, uslublaridan unumli foydalanishlari mumkin. O‘qituvchilarni esa quyidagicha toifalashtirish maqsadga muvofiq:
Ijodkor o‘qituvchi o‘z kasbini sevadi, qobiliyatli, mahorati yetarli, bilimdon, pedagogik psixologiya fanlarining rivojiga hissa qo‘shuvchi o‘quv dasturi, darsliklardan, ko‘rgazmali qurollardan unumli foydalanish bilan larni takomillashtirish uchun yangi fikrlar bilan boyitadi. O‘z tajribasi asosida maqolalar, metodik qo‘llanmalar, darsliklar yozadi, ijod qiladi, o‘ylanadi. Bunday o‘qituvchilarning darsi namunali, o‘quvchilari bilimli bo‘ladi. Ularning darslarini kuzatuvchilar esa juda katta ma’naviy ozuqa oladilar hamda o‘tilgan darslarni yuqori baholaydilar.
Tashabbuskor o‘qituvchi - o‘quv dasturi, darslik va metodik qo‘llanmalarni talab darajasida amalga oshiradi. Ko‘rgazmali qurollar yasaydi, texnik vositalaridan, ilg‘or tajribalardan foydalanib, ularni hayotga tatbiq etishda tashabbus ko‘rsatadi. Maktabdagi ta’lim tarbiya ishlarida o‘z tashabbusi bilan maktab rahbarligiga yordam beradi. U doimo izlanuvchan, yangiliklar yaratuvchi hisoblanadi.
Ilg‘or o‘qituvchi - o‘qitish va tarbiyalash usullarini mukammal egallagan, dars jarayonida o‘quv dasturi. darslik va metodik qullanmalarni to‘liq amalga oshiradi. Darsga qo‘yilgan talablar, uning maqsad va vazifasini namunali bajaradigan o‘quvchilarga puxta bilim va tarbiya bera oladigan, bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirib, eng yaxshi natijalarga erishuvchidir. Dars vaqtni to‘g‘ri taqsimlovchi, bir daqiqa vaqtning qadriga yetuvchi, dars jarayonida o‘quv dasturi qodalarini bajara oladigan qobiliyatga ega bo‘ladi. Maktabning hamma ishlarida ilg‘orlikka intiluvchan hisoblanadi.
Fidoyi o‘qituvchi - kasbini sevgan, irodali, qiyinchiliklarga brdosh beradi, o‘quvchilar bilan ishlash qobiliyatini mukammal egallagan. U hech qachon nolimaydi, hech kimni yomon demaydi, tinch osoyishtalik bilan o‘tgan mazmunli kunllariga shukronalar aytadi. Bunday o‘qituvchi o‘quvchilarga namuna bo‘ladi.
Oddiy o‘qituvchi madaniyati, ko‘rinishi ham, o‘kuvchi va odamlar bilan muomalasi ham oddiy dars jarayonida o‘quv dasturi, darslik mazmunini oddiy va sodda holda tushuntirishga harakat qiluvchidir. Har qaysi o‘quvchi mavzuni yaxshi tushunayapti deb ishonuvchan, darsda vaqti - vaqti bilan "Tushundingizmi?", "Yaxshi" so‘zlarini ishlatuvchi, ishonuvchan shaxs. Ta’lim - tarbiya ishida kim nimani taklif etsa unga ishonib, bajarishga harakat qiluvchi, o‘zicha biror bir yangilik haqid o‘ylamaydi, yangicha takliflar aytmaydi, izlanmaydi, eshitgan o‘zi ko‘rgan tajribalar asosida dars o‘tkazaveradi.
Mutaxassisligi boshqa o‘qituvilarimiz ham bor. O‘zi fizika, matematikadan dars beradi, tarixchi geografiyadan, tarixchi adabiyotdan, adabiyotchi boshqa bir fandan dars utmoqda. Yaxshi qobiliyatli, mahorati bor umumiy pedagogikada bilimi bo‘lsa-yu, sharoitini hisobga olib boshqa fanlarni o‘qitishga ruxsat berilgan. Lekin xalq ta’limi bo‘limi xodimlari, maktab rahbarlari bunday o‘qituvchilarningish faoliyatini nazorat qilishlari, ularga metodik jihatdan maslahat va yo‘l yo‘riqlar ko‘rsatishlari shart.
Insonning sog‘lom va baquvvat bo‘lib tarbiya topishida buyuk mutafakkirlarimizning ugitlari muhim o‘rin kasb etadi. Jumladan, A.Navoiy o‘qituvchining talabchan, xushmuomala bo‘lishiga undagani, amma har ikkalasida ham ma’lum me'yorni bilish zarurligini uqtiradi. tarbiya haqida gapirar ekan, "Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir va qobiliyatsizga tarbiya xayf. Uni tarbiya qilmaslik bilan nobud qilma, shunga tarbiyangni nobud qilma" deydi.
A.Navoiy tarbiyada insonning o‘z - o‘zini tarbiyalshga xato va kamchiliklarining anglab tuzatishga e’tibor beradi. Yangilish va yangilishni anglab ogohlangan kishi baxtli kishidir deydi. Navoiy ta’lim tarbiya masalalariga alohida e’tibor berar ekan, tarbiyaviy jarayonlarni, vositalarni, talablarni ko‘rsatadi. U ta’limda ilmiylikka asoslangan, tarixiylik kabi talablarni asos qilib oladi. O‘z davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. U o‘qituvchi haqida gapirar ekan, muallim o‘z shogirdlarini ham o‘zi ta’lim berayotgan fanni ham sevgan bo‘lishi zarur deydi. O‘ziga nisbatan ham, o‘quvchiga nisbatan ham talabchan bo‘lishni uqtiradi.
Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib borishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ruyobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.
Respublikamiz hukumati xalq ta’lim sohasida o‘rtaga qo‘yayotgan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. Ya’ni iqtisodiy siyosatga o‘tish sharoitida ta’lim tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish o‘qituvchilarning xilma - xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli va e'tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan.
Islohotlar davrida o‘zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan ijodkor o‘qituvchilar soni ortib bormoqda.
Uzluksiz pedagogik ta’lim g‘oyasi o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarining amalga oshirishi pedagogik mahoratni takomillashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Zamonaviy o‘qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi, shuningdek maxsus bilimlar va malakalar, bolalarni kuzatish, ularning o‘sishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijtimoiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ularni rivojlantirish yo‘llari va usullarini aniqlash, turli vositalar tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish usullarining o‘zaro bir - biriga o‘tishini tahlil qilish pedagogik izlanishlar va yutuqlarini ilmiy jihatdan bir sistemaga solish malakalari zarur bo‘ladi.
O‘qituvchi talabchan bo‘lishi yaxshi va mehribon bo‘lishi, sabrli, bosiq bo‘lishi va o‘z kasbiga nisbatan e'tiqodli bo‘lishi lozim. Bolani butun qalbi bilan sevadigan o‘qituvchi ko‘proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi, shu tariqa professional pedagog bolalarni bilim berish bilan birgalikda ayni vaqtda ularga o‘z xarakterini bera oladi. Ularga odmiylik namunasi bo‘lib ko‘rinadi.
O‘qituvchining kasbga oid mahoratlarini shakllantirishda pedagogik - psixologik nazariyalarning ahamiyati kattadir. Chunki ma’naviyatimiz shakllanishida o‘z - o‘ziga ega bo‘lgan ulug‘ insonlar ya’ni o‘qituvchilar faoliyati to‘g‘risida ularga qo‘yilayotgan talablar ham zamonaviy pedagogik texnologiyalar to‘g‘risidagi nazariyalar sharoitida asosiy mahorat manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Bizga ma’lumki, hayotimizning barcha sohalarida islohotlarni o‘tkazish o‘zbek modeli deb nom olgan islohotlar siyosatining asoslari bo‘lmish besh tamoyilning birida islohotlarni bosqichma - bosqich o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan. O‘n yillik mustaqil hayotimiz bo‘ muhim tamoyil bizning sharoitimizda naqadar to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi.
Ushbu muassasalar faoliyatidan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim sohasida yangiliklarni targ‘ib etish, ommalashtirish va shu asosda ta’lim tarbiya sohasida ijobiy natijalarga erishishdan iborat.
Pedagogik mahoratni takomillashtirishda shaxsiy pedagogik ilmiy izlanishni ahamiyati kattadir. Ijtimoiy faollik va fuqarolik burchini aniqlash o‘qituvchi shaxsiga xos sifat, zero haqiqiy peagog to‘la ma’nodagi jamoatchi bo‘lib, bolalarga hayotda ijtimoiy faol holatda turmushining amaliy namunasini ko‘rsatadi. O‘qituvchi ishidagi muvaffaqiyatni kunlik faoliyatida kattalar va bolalar, ayrim guruh va yakka shaxslar bilan aloqaga kirisha olish qobiliyati ta’minlaydi.
Aloqalarda faoliyatda duch kelinadigan turli xil voqealarga pedagogik qoidalar nuqtai nazaridan emas, balki sharoitni hisobga olgan holda ijobiy hal etish talab etiladi.
Keng ilmiy saviya, ma’naviy ehtiyoj va qiziqish, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish, pedagogik ma’lumotni oshirishga intilish o‘qituvchiga xos xususiyatlardan biridir.
Ilmiy pedagogik izlanishlarni baholash mezonlari to‘g‘risida fikr yuritilganda, avvalo, tadqiqotning zamonaviyligi, dolzarbligi undan ko‘zlangan maqsad hamda natijalar nazarda tutiladi.
O‘qituvchi shaxsining kasb sohasidagi xususiyatlari quyidagilardan iboratdir, ya’ni bolalarni sevish, ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevishi, ruhiy pedagogik ziyokorlik va kuzatuvchanlik: dilkashlik, talabchanlik, qat'iylik va maqsadga intilish, vazminlik, o‘zini tuta bilish kasbiy layokatlilik va boshqalar.
Samarali pedagogik o‘zaro ta’sir ko‘rsatishni to‘g‘ri tashkil etish o‘qituvchiga bolalar bilan muomala qilishda tarbiyalanuvchilarning aql idrokigagina emas, balki ularning his tuyg‘ulariga ham ta’sir ko‘rsatish, samimiy munosabatda bo‘lishga yordam beradi.
Amaliy pedagogik faoliyatda ilmiy g‘oyalar va pedagogik tarbiyani qo‘llash. O‘qituvchi mehnatining o‘ziga xosligi shundan iboratki bu mehnat natijalari darhol ko‘rinmaydi. U o‘zining ijod mahsulini ko‘rish uchun yillab mehnat qilishi kerak. O‘qituvchi faoliyatini o‘rganish shuni kursatadiki, bu faoliyat o‘zining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham turlicha bo‘ladi. Haqiqiy fidoyi o‘qituvchilar o‘z faoliyatida eng yaxshi natijalarga erishadilar.
Pedagogik mehnatni tajribali o‘qituvchilarning faoliyatini o‘rganish, ular faoliyatidagi quyidagi xarakterli xususiyatlarni aniqlashga imkon beradi.
O‘qituvchining siyosiy qarashlari va e'tiqodining aniqligi hamda barqarorligi uning o‘quvchilar oldida chinakam obru e’tibor qozonishining muhim shartidir.
Ular mamlakatning butun ijtimoiy hayotida aktiv ishtirok etadilar va ijtimoiy faoliyatni o‘z ishlaridan ajratmaydilar. Shuningdek ijtimoiy faoliyat davomida egallagan tajribalarni maktabga olib keladilar. Bu faoliyatga o‘z o‘quvchilarini jalb qiladilar, ulardan ijtimoiy hayotda aktiv ishtirok etadigan kishilarni tarbiyalab yetishtiradilar.
Har bir o‘quvchi shaxsiga katta qiziqish bilan qarab, barcha ishlarni o‘qituvchilar jamoasi o‘zlari tashkil etadilar.
Novator o‘qituvchilar uz ishlarida yaqin kelajakdagi vazifalarnigina emas balki kelajakni o‘ylab ish yuritadilar, o‘qituvchilarni rivojlanishini loyihalashtiradilar.
Mohir o‘qituvchilarning bolalarga bo‘lgan munosabatlarning taqdiri haqida g‘amxo‘rliq qilish, o‘z tarbiyalanuvchilarining kelajagi bilan qiziqish orqali xarakterlanadi.
O‘qituvchi shaxsigahar tomonlama ta’sir ko‘rsatish tufayli odatda mohir o‘qituvchida orqaga qoluvchi o‘quvchi bo‘lmaydi.
Mohir o‘qituvchilar ilg‘or pedagogik tajribani hamma ta’lim va tarbiyaning nazariyasini datlab o‘rganadilar. Hamma yangiliklarni tushunib olishga o‘z tajribalari bilan solishtirib kurishda ba’zilari o‘z ishida tadbiq qilishga biror narsalarni qayta qurishga harakat qiladilar.
O‘qituvchining ijodkorligi o‘quvchining ijodkorligini o‘yg‘otadi.
Dar haqiqat birinchi Prezidentimiz I.Karimov aytganlaridek: Farzandlarimizni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalayotgan, ularning qlbida oliyjanob fazilatlarni qaror toptirayotgan insonlar hamisha e'zozga loyiqdir.
Hayot kashfiyotlar olami. Tajriba, uslub, fikrlar uyg‘unligi tuganmasdir. u samarali mehnat natijasida isbot va dalillar orqali o‘quvchilar qalbida kuchayadi, tuyg‘ularga ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar muallimning faxri, kelajagidir. Shu bois ular niyati o‘kuvchilarni mustaqil yurt quruvchilari, muxandislari, ilmu - ma’rifat fidoyilari safida ko‘rishdir. O‘qituvchilarning eng birinchi maqsadi o‘quvchsini tezroq savodli qilishdan iboratdir. Lekin uni amalga oshirish nihoyatda mashaqqatlidir.
Har bir o‘qituvchining o‘z faoliyat tizimini ishlab chiqishi va unga qat'iy amal qilishi uning ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatlarining muhim omillaridan biridir.
O‘qituvchi shaxsiy faoliyati tizimini pishlab chiqishda quyidagilarga e’tibor berishlari lozim. Bizga ma’lumki o‘quvchilarning xarakteri xususiyati, ruhiy holati jihatdan uch toifaga bo‘linadi.
Ota - onalar tomonidan barcha injiqlariga quloq solib, erka va tantiq qilib o‘stirilgan, bularning aksariyatida tillari chuchukroq yoki nutqlarida kamchiliklar seziladi. Bu o‘kuvchilar hech narsaga sidqidildan yondoshmadilar. Bunday o‘quvchilarga jiddiy munosabatda bo‘linadi. Ba’zi yaxshiroq harakatlarini rag‘batlantirib boriladi.
Qattiqqullik, kaltak va dakki tufayli haqoratlarga suyanib qolgan bolalar. Bu toifadagi o‘quvchilarga mehr muhabbat bilan yondoshib samarali natijaga erishmoq mumkin.
Ota - onalar bolasiga jiddiy va talabchan bo‘lishgan. Bunay o‘quvchilar hozirjavob va tirishqoqlik bilan ajralib turadi. Ularga sinfdagi jamoa ishlarini ishonib topshiriladi, rag‘batlantirib boriladi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomalasi tarbiya natijalariga katta ta’sir ko‘rstadi. Bolaga muhabbat hech qachon javobsiz qolmaydi.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o‘kuvchilar umumta’lim tayyorgarligiga saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajasini belgilab beradi.
Davlat ta’lim standarti ta’lim mazmuni shakllari, vazifalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. ta’lim mazumnining uzagi hisoblangan standart vositasida mamlakat xududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshirildi. Davlat ta’lim standarti o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘kuv dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va boshqa me'yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o‘zining tuzilishi va mazmuniga ko‘ra davlat, xudud, maktab manfaatlari va vazifalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng asosiy o‘kuvchi shaxsi. uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustivorligidan kelib chiqadi.
Davlat ta’lim standarttini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat'iy nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti quyidagi printsiplarga tayangan holda ishlab chiqildi:

  • davlat ta’lim standartining davlat va jamiyat talablariga shaxs ehtiyojiga mosligi;

  • o‘quv dasturlari mazumnining jamiyat ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi;

  • umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligining va ta’lim mazmunining uzviyligi;

  • umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;

  • ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;

  • umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vazifalari va usullarini tanlashda innovatsiyalarga tayanish;

  • pedagogik tafakkurda qaror topgan an'anaviy qarashlar bilan "Ta’lim to‘g‘risida"gi va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qonunlarida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;

  • ilg‘or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasidagi me'yorlarni belgilash tajribalarni milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydlanish.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim sohalarini me'yorlashda hamda maktabning moliyaviy faoliyatini belgilashda asos bo‘ladigan davlat hujjatidir.
Tayanch o‘kuv rejasi o‘quv predmeti bo‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkzish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini ifodalaydi. U har bir sinfda muayyan o‘quv predmeti bo‘yicha davlat standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashda asos bo‘ladi.
Yüklə 30,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin