9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə80/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

15.2.3-jadval
Tuproqlardagi tuzlar miqdori

Hududlar

Tuzlarning me’yoriy miqdori, %

Quruq qoldiq

Su’lfat ioni

Xlor ioni

Mirzacho’l

0.25-0.30

0.10-0.15

0.008-0.01

Farg’ona vodiysi,
Buxoro viloyati

0.75-1.00

0.30-0.40

0.01-0.0015

Qoraqalpog’iston Respublikasi,
Xorazm viloyati

0.30-0.50

0.20-0.25

0.03-0.04

Farg‘ona vodiysi va Buxoro viloyatlari tuproqlarida tuzlarning yuqori meyoriy miqdori (0,75-1,0 % gacha) bu viloyatlar tuproqlardagi tuzlar tarkibida sulfat tuzlarining o‘simliklar uchun kam zararli tuzlarning ko‘p bo‘lishi bilan, xlorning yuqori me’ѐriy miqdorining Xorazm va Qoraqalpog‘iston tumanlarida ko‘p bo‘lishi esa (0,03-0,04 % gacha) bu rayonlarlar tuproqlari va grunt suvlarida tuzlarning toksik (zaharli) ta’sirini susaytiruvchi kalsiy kationining ko‘p miqdorda bo‘lishi bilan bog‘liq.




15.3. SHo‘rlangan tuproqlarni, sho‘rhoklarni va sho‘rtoblarni melioratsiya qilish.
Tayanch so‘z va iboralar: meliorativ tadbirlar suv, tuproq, sug‘oriladigan yerlar, sizot suv, zovur sho‘r yuvish, gidrogeologiya, tuproqning sho‘rsizlanishi.

Qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, ekinlarning hosildorligini oshirish bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun tuproqning sho‘rlanishiga va botqoqlanishiga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirishning ahamiyati kattadir. SHo‘rlanish va sho‘rhoklanish jaraѐnlarning oldini olishda avvalo shu hodisalarni keltirib chiqaruvchi quyidagi asosiy sabablarni bartaraf qilish kerak:


 suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik (chunki bu suvlar sizot suvlariga qo‘shilib ularning sathini ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi);
 tuproq namligining bug‘lanishini har taraflama kamaytirish;
 yuza joylashgan sho‘r ѐki chuchuk sizot suvlari sathini pasaytirish.
Tuproq yumshoq va mayda donador holatda bo‘lsa, undan namlik kamroq bug‘lanadi, ekinlarning tezroq rivojlanishi uchun sharoit yaratib beriladi. Bunday natijalarga erishish uchun ixota o‘rmon polosalarini o‘tkazish, g‘o‘zabedani almashlab ekish, ekin ekishning ratsional agrotexnikasidan foydalanish zarur. Shunday qilib, tuproq holatini yaxshilash uchun odatda bitta tadbirdan emas, balki kompleks meliorativ tadbirlar tizimidan foydalanish lozim. Har bir hudud uchun qo‘llaniladigan tadbirlar tizimi shu yerning tabiiy va xo‘jalik sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim. Ko‘riladigan barcha tadbirlar ma’lum tartibda, o‘z vaqtida va yuqori sifatli qilib amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir (Kamilov, 1985).
Zarur meliorativ tadbirlarni aniqlashda yerdan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. Sug‘oriladigan hududda yerdan foydalanish koeffitsenti (ЕФК) sug‘oriladigan maydonning shu xo‘jalik umumiy maydoniga bo‘lgan nisbatini bildiradi. Masalan, xo‘jalikning umumiy yer maydoni 3500 ga, sug‘oriladigan maydoni 2600 ga desak,

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin