9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Eroziya jarayonining rivojlanishida o‘simlik qoplamining roli



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə88/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Eroziya jarayonining rivojlanishida o‘simlik qoplamining roli. Ma’lumki, tuproq paydo bo‘lishida, shuningdek, oziqa-kul elementlarining biologik aylanishida, tuproqni organik moddalar bilan ta’minlanishida o‘simliklar asosiy va yo‘naltiruvchi omil hisoblanadi.
Ayniqsa tuproq paydo bo‘lishida oliy o‘simliklarning roli kattaligi, ya’ni tuproqning rivojlanishi o‘simliklar formatsiyasi bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bu borada akademik V.R.Vilyams ta’limotiga murojaat qilsak, o‘simliklar, jonivorlar dunyosining tuproqqa ta’sirini asosan to‘rtta o‘simliklar formatsiyasiga bo‘lganini aniqlaymiz:
1.O‘rmon-daraxt formatsiyasi. Bu formatsiyada asosiy organik modda yaratuvchi daraxt o‘simliklari bo‘lib, ularning chirigan ildizlari va qoldiqlarini zamburug‘lar va aktinomitsetlar parchalaydi.
2.Pichan o‘t o‘simliklari formatsiyasi. Bu formatsiyada asosiy organik modda yaratuvchi pichan o‘tlari bo‘lib, ularning qoldiqlarini anaerob bakteriyalar va qisman aerob bakteriyalar parchalaydi.
3.Dasht o‘tlari formatsiyasi. Bu formatsiyada asosiy organik modda yaratuvchi dasht o‘tlari bo‘lib, uning qoldiqlarini aerob bakteriyalar va qisman anaerob bakteriyalar parchalaydi.
4.Cho‘l sho‘ra o‘tlari va buta o‘simliklari formatsiyasi. Bu formatsiyada asosiy organik modda yaratuvchi cho‘l buta o‘simliklari bo‘lib, uning qoldiqlarini aktinomitsetlar, aerob bakteriyalar va zamburug‘lar parchalaydi.
O‘zbekiston tuproqlarida akademik V.R.Vilyams ko‘rsatgan mana shu to‘rt o‘simliklar formatsiyasining hammasi uchraydi va bularning ta’sirida turli xil tuproq tiplari va tipchalari hosil bo‘ladi.
O‘simliklarning hamma xillari eroziyaga qarshi tura oladigan eng kuchli omil hisoblanadi. O‘simliklarning ta’sir ko‘rsatish darajasi ularning xillariga va o‘simliklarning o‘sish sharoitiga bog‘liq: ya’ni o‘simlik qancha yaxshi rivojlansa va tuproqning qoplama darajasi yuqori bo‘lsa, shunchalik o‘simliklarning tuproqni eroziyadan himoyalash va suvlarni taqsimlash roli oshadi, chunki kuchli yomg‘ir tomchilari o‘simlik ustiga tushadi va so‘ngra yerga tushadi tuproq qa’riga singib, tuproq donachalarini yemirilishdan saqlaydi. Bunda birmuncha miqdordagi yog‘in o‘simliklarning yer ustidagi qismida saqlanadi, natijada tuproq yuzasida oqim paydo bo‘lmaydi. Olimlarning kuzatishlariga qaraganda, havodan yoqqan yog‘insochinlarni madaniylashgan o‘simliklar 11 foizgacha, daraxtli o‘simliklar 30 foizgacha ushlab qolishi aniqlangan.
O‘simliklar o‘z ildizlari bilan tuproq zarrachalarini mustahkamlab va yog‘in suvlarini oqib ketmasdan tuproq qariga singishiga sharoit yaratadi.
Shuningdek, o‘simliklarning eroziya jarayonlariga qarshi tura olish qobiliyati ular ildizlarining tarmoq yoyib rivojlanganligiga, qalinligiga va o‘sishiga bog‘liq. O‘simlik ildizlarining chirishi natijasida ularning yo‘llari ochilib, tuproqda g‘ovaklik kuchayadi va shu sababli tuproqning suv o‘tkazuvchanligi oshadi, o‘simlik ildizlarining qoldiqlari ta’sirida tuproq organik moddalarga boyiydi, tuproq tuzilmasi donadorligi yaxshilanadi, unumdorlik oshadi. Ma’lumki, yer usti o‘simliklar bilan yaxshi qoplansa, namlikni parlanishdan va tuproqni qurg‘oqchilikdan saqlaydi.
Tuproqni shamol eroziyasidan saqlashda o‘simliklar qoplami nihoyatda katta ahamiyatga ega. Tuproq yuzasida o‘simliklar qancha yaxshi rivojlansa, yer yuzasidagi shamol tezligini kamaytiradi, tuproq zarrachalarini ushlab qolib, shamolni kuchli yo‘li pasayadi. Natijada shamol eroziyasining rivojlanishi yo‘li to‘siladi, tuproq unumdorligi saqlanadi.
Har xil o‘simliklar qoplami eroziyadan saqlash xususiyati bo‘yicha quyidagicha joylashadi:
O‘rmon-daraxt o‘simliklari
Pichan o‘t o‘simliklari
Mevali ko‘chatzorlar (ularning qator oralari o‘simlik qoplamida bo‘lsa)
Qishloq xo‘jalik ekinlari: a) boshoqli, dukkakli o‘simliklar aralashmasi; b) boshoqli don ekinlari; v) dukkakli ekinlar; g) chopiqli ekinlar.
Olimlarning kuzatishlaricha eng kuchli deflyatsiya va suv eroziyasi o‘simliksiz qiyalik yerlarda va yozda haydalgan ang‘izlarda bo‘ladi. Olimlarning ta’kidlashicha, ko‘p yillik o‘tlar, dukakli o‘simliklar tuproqni eroziyadan eng yaxshi ximoya qiladi, ikkinchi o‘rinda yoppasiga ekiladigan bir yillik kuzgi ekinlar, uchinchi o‘rinda bahorgi boshoqli ekinlar tuproqni ancha bo‘sh himoyalaydi, chopiq qilinadiganlari – tuproqni eroziyadan eng yomon himoyalaydi. O‘simliklarning tuproqni himoyalashdagi roli rivojlanishning turli bosqichlarida turlicha bo‘ladi. Bu o‘simliklarning yer ustki massasi va ildiz tizimining holatiga bog‘liq bo‘ladi. Muayyan davrda barg yuzasining proyektiv qoplami qanchalik to‘liq bo‘lsa, o‘simliklarning yashil massasi qanchalik ko‘p bo‘lsa, ular tuproqni eroziyadan shunchalik yaxshi himoya qiladi.
Shu boisdan ekinlarni parvarishlash agrotexnikasi: ekishning maqbul meyorlarini qo‘llash, qatorlar orasi kengligi, ekishning to‘g‘ri yo‘nalishi, o‘g‘itlar solish va o‘simliklarning rivojlanishiga ko‘maklashadigan boshqa usullar katta ahamiyatga ega.
Respublikamizning ko‘pgina cho‘l va tekislik-tog‘ etaklari, adirli va tog‘ mintaqalaridan iborat mo‘tadil iqlim poyasida joylashgan. Mintaqalar doirasida iqlim va tuproq sharoitlaridagi katta farq o‘simliklar qoplamining xususiyati va yerlarning o‘zlashtirilishi darajasi bilan bog‘liq.
Eroziyaga moyil yerlarga bahorikor donli va chopiqtalab ekinlar ekilganda tuproq agregatlari parchalanadi, tuproq haydalma osti esa zichlashadi. Natijada ularning suv o‘tkazuvchanligi yomonlashadi. Bu yuza oqimning ko‘payishiga va yuvilishining keskin oshib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu ekinlar o‘stirilganda tuproq o‘simlik qoplamisiz yumshoq g‘ovak holatda bo‘ladigan payt bahorgi kuchli jala yomg‘irlar davriga to‘g‘ri keladi. Shu sababli proyektiv qoplam o‘simliklarning tuproqni himoyalash xossalarini belgilovchi asosiy ko‘rsatgich hisoblanadi. Ko‘p yillik o‘tlar va kuzgi ekinlar tuproqni juda yaxshi himoya qiladi. Shunday qilib, o‘simlik qoplami qanchalik qalin bo‘lsa eroziya va deflyatsiya jaraѐnlarining rivojini kamaytiradi, tuproq unumdorligi yaxshilanadi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin