9-mavzu: Chidamlilik va uni rivojlantirish metodikasi Chidamlilik, deb h



Yüklə 456,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix02.05.2023
ölçüsü456,86 Kb.
#106280
1   2   3   4   5   6
9-mavzu

Muskul ishi faoliyatida yoki jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish 
davomida, charchoqqa qarshilik ko‘rsata olish darajasiga qarab, chidamlilik 
sifatiga baho beramiz. 
4- jadval
Mashg‘ulotlardagi chidamlilikni rivojlantirish uchun jismoniy 
yuklama intensivligining YuQCh bo‘yicha zonalari 
YuQChning zonalari 
“nol”ga teng zona 
1- zona 
2- zona 
3- zona 
YuQChsi 130 
tagacha 
YuQChsi 131- 150 
tagacha 
YuQChsi 151- 180 
tagacha 
YuQChni 180 dan 
ortiqligi 
Aktiv dam olish
kun davomida 
sarflagan 
energiyani 
tiklashni maqsad 
qilib mashq 
qilinganda tavsiya 
qilinadi 
Organizm 
“aerob”rejimda, 
kislorod bilan to‘la 
ta’minlangan holda 
bajaradigan ishlar, 
mashqlarni 
bajarishni 
rejalashtirsa 
Kislorodga 
maksimal muhtojlik 
bilan bajariladigan 
mashqlar, ishlar 
rejalashtirilsa 
Chidamlilikni 
rivojlantirishni yuqori 
pog‘onasi rejalashtirilsa 
Jismoniy mehnat, sport faoliyati trenirovkasining mashqlarni bajarayotgan 
shaxs sekin asta o‘z faoliyatni davom ettirishi qiyinlashayotganligini sezadi. 
Uning tashqi alomatlari quyidagicha namoyon bo‘ladi: ter yirik tomchilar tarzida 
quyuilib oqa boshlaydi, avvaliga yuzida qizillik kuchayadi, so‘ng rangi o‘zgaradi, 
muskullarida noxushlik, horg‘inilik sezadi, harakat koordinatsiyasi, harakat 
texnikasi va uning tarkibidagi elementlarning bajarish ketma-ketligi buziladi, 
nafas olishi ritmi va uning chuqurligi o‘zgaradi. Bajarayotgan harakati tarkibida 
qo‘shimcha keraksiz harakatlar paydo bo‘ladi, kerak bo‘lmagan ortiqcha 


harakatlar qo‘shilib qoladi. Asosan, bunga organizmda kechayotgan fiziologik, 
bioximiyaviy va biomexanik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Faoliyatni davom 
ettirish esa ruhiy, irodaviy va boshqa sifatlar evaziga bajariladi. Bunday holatni 
konpensatsiyali (tiklash imkoni bor) charchoq fazasi deyiladi.
Agarda iroda namoyon qilish darajasining ortganligiga qaramay, ish 
intensivligi pasaya borsa, konpensatsiyasiz charchoq (tiklanishi uchun uzoqroq 
vaqt ketadigin tiklanish) fazasi boshlanganligini kuzatamiz.
Charchoq o‘zi nima? Mehnat (mashq qilish) davomida ish qobiliyatining 
vaqtinchalik susayishi charchoq deyiladi. 
 Bir xil ish faoliyati davomida charchoq turli kishilarda turlicha bo‘lishi 
amaliyotda isbotlangan. Chunki, har bir individ chidamliligining rivojlanganligi 
turlichadir. 
Bobkalonimiz Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida charchash mavzusiga 
katta e’tibor berilgan. Bir minginchi yili yozishni boshlab, bir ming yigirma 
to‘rtinchi yili mukammal tarixiy ilmiy asarga aylangan «Kitob ul qonun fit 
Tib”
4
da surunkali jismoniy mashq bajarish charchoqni vujudga kelti-rishiga 
to‘xtalib, uni to‘rt xilga ajratib izoh bergan:
1. Yarali charchash – unda terini yuzida yoki tagida yara kabi narsa seziladi.
2. Qotib charchash – unda kishi go‘yo gavdasini ezilgan yoki majag‘langan 
gumon qilib, tanasida issiqlik va bo‘shashishni sezadi.
3. Shishli charchash – bunda tana odatdagidan qizarganroq bo‘lib, 
g‘ovlaganga o‘xshash hissiyot sezadi.
4. Ozib charchash – unga uchragan kishi gavdasini qurigan va 
kovjiraganroq sezadi.
X asrgacha O‘rta Osiyo xalqlari jismoniy tarbiyasi tarixida tan tarbiyasining 
ilmiy-amaliy fikrlari birinchi bo‘lib yuqorida qayd qilingan asarda 
ifodalanganligiga e’tibor bersak, bu asar charchoqning ichki mexanizmini 
mukammal bayon etish bilan cheklanmay, uni organizmda tez tiklanishiga 
erishishning usullari haqida ham tibbiy maslahatlar berilgan.
Jismoniy tarbiya amaliyotida charchoqning aqliy, jismoniy, emotsional, 
sensor deb nomlanadigan xillarining mavjudligi e’tirof etiladi (sport fiziologiyasi 
fanida to‘liq ma’lumotlar olasiz). 
Chidamlilik vositali va vositalarsiz o‘lchanadi. 
Chidamlilikni vositali o‘lchash uchun ma’lum tezlik bilan yugurish tavsiya 
qilinib, masofada shu tezlikni o‘zgartirmay ushlay olish (tezlikni susayishi 
boshlangungacha bo‘lgan) vaqti o‘lchanadi. Bu chidamlilikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
o‘lchashning qulay bo‘lmagan usulidir. 
4
Абу Али ибн Сина “Канон врачебной науки” Изд., “Фан” УзССР, Ташкент, 1985 г. Стр 323


Amaliyotda chidamlilikni ko‘proq vositasiz o‘lchashdan foydalaniladi. 
Sportda - uzoq masofaga (10.000 m; 20.000 m) yugurish uchun sarflangan 
vaqtiga qarab chidamlilikka baho beriladi. 
Insonning harakat faoliyatini turli-tumanligi turlicha charchashga sabab 
bo‘ladi. Charchoqning xarakteri va mexanizmiga qarab, maxsus va umumiy 
chidamlilik, deb farqlanadi. 

Yüklə 456,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin