9-mavzu: Chidamlilik va uni rivojlantirish metodikasi Chidamlilik, deb h



Yüklə 456,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix02.05.2023
ölçüsü456,86 Kb.
#106280
1   2   3   4   5   6
9-mavzu

Chidamlilikning ikki ko‘rinishi: umumiy va maxsus, deb nomlanadigan 
xillari mavjudligini yuqorida qayd qildik. Umumiy jismoniy tayyorgarlikka 
keyinroq to‘xtalamiz. 
Chidamlilikni tarbiyalash.
Jismoniy madaniyat mashg‘ulot lari amaliyotida 
chidamlilik harakat sifati yoki jismimiz imkoniyatlarini barcha xildagi jismoniy 
mashqlar bilan rivoj lantirish mumkin. Lekin eng yaxshisi sportning siklik 
turlaridan - yurish, yugurish, suzish, velosipedda yurish, eshkak eshish, so‘ng 
harakatli va sport o‘yinlari va boshqalardan ko‘proq foydalani ladi. Chidamlilik 
uchun mashqlarni oralatib, tanaffussiz bajarish bilan mashq qilinadi. Uni bajarish 
sur’ati o‘rtacha va sekin bo‘lishi kerak. YuQChsini minutiga 150 martadan 
ortmasligi shug‘ullanuvchi organizmining 10-15 minut davomida optimal 
ishlashiga yetarli bo‘ladi. 


Bu sifatni eng sodda gimnastika mashqlarini tanaffussiz bajarish orqali ham 
rivojlantirish mumkin. Chidamlilikni rivojlantirish uchun mashqlarni bunday 
bajarish usulini “ulab” - oraliqsiz, to‘xtatmay bajarish usuli deb nomlanadi. 
Chidamlilikni tarbiyalashga yo‘naltiriladigan barcha vositalardan maqsadga 
muvofiq foydalanilsa, organizmning barcha tizimlari va ularning funksiyalarni 
takomillashuviga erishiladi. Shuning uchun mashg‘ulotlarni yuqori motor 
zichligida, turli-tuman iqlimiy va geografik muhitning noqulay sharoitlaridan keng 
foydalanish bilan olib borishni samarasi yuqori bo‘lishi isbotlangan. Chidamlilikni 
tarbiyalash, rivojlantirish uchun zaruriy faktorlarni e’tiboringizga havola qildik. 
Ular: 
a) inson organizmida energetik zahiralar mavjudligi; 
v) organizmning turli tizimlarini funksional imkoniyatlarining darajasi 
(yurak-qon tomir, markaziy asab tizimi, asab-mushak va boshqalar); 
v) ushbu tizimlarning faollashuvi tezligi va muvofiqlashtirilganligining 
darajasi; 
g) fiziologik va ruhiy funksiyalarning organizm ichki muhitining noqulay 
sharoitlar turg‘unligi (kislorod yetishmasligi va boshqalar); 
d) organizmning energetik va funksional salohiyatining barobarligiga 
erishib, tenglab ishlatish; 
ye) tayanch- harakat apparatining tayyorlanganligi; 
j) shaxsiy-ruhiy xususiyatlar (ishga qiziqish, tirishqoqlik, chidamlilik, 
qat’iyatlilik va hokazolar). 
Chidamliligi pastlar boshlagan ishini oxiriga yetkaza olmaydilar. Bardoshlilik 
ham ruhiy, ham ishchanlik, ahloq lilik, mukammallikning mahsuli. Bardoshi 
yetarli bo‘lmagan shaxsga birorta mas’uliyatli bo‘lgan ishni topshirib bo‘lmaydi. 
Chidamliligining zahirasi katta bo‘lgan insonning salomatligi ham yaxshi bo‘lishi 
amaliyotda isbotlangan. 5-jadvalda charchashni aniqlash bayon qilingan. 
5-jadval 
Shug‘ullanuvchilarning charchashi (bardoshligi) ni 
aniqlash jadvali (V.A.Zotov)
6
Alomati yoki 
belgisi 
Charchaganlik darajasi 
Sust 
O‘rtacha 
Yuqori (charchashlik) 
Yuzining rangi 
Biroz qizargan 
Ancha qizargan 
Keskin qizargan(oqargan, 
ko‘kargan) 
6
Спекторов В.Б. Саломатлик ва тетиклик йўлкалари. – Т.: “Медицина”, 1987 й. 31 бет. 


Nutqi va 
mimikasi 
Nutqa ravon, 
mimikasi 
oddiy 
Qiynalibroq 
gapiradi, yuz 
ifodasi jiddiy 
Juda qiynalib gapiradi, ba’zan 
gapirmaydi, yuzida hastalik 
ifodasi bor 
Terlashi 
Biroz 
Tanasining yuqori 
qismi 
Badan qattiq terlashi
sho‘rlagan 
Nafas olishi 
Tezlashganroq
, birtekis 
Ancha tezlashgan 
Ancha tezlashgan, yuqoriroq, 
yiqilib ketmaslik uchun 
majburan suyanib turadi 
Harakati 
Aniq, yurishi 
tetik 
Aniq 
emas,yurganda 
chayqaladi 
Keskin 
chayqaladi,qaltiraydi,yiqilib 
ketmaslik uchun majburan 
suyanib turadi 
O‘zini sezish 
Shikoyati yo‘q 
Charchash, 
mushaklar 
og‘irligi, yurak 
urishi, nafas 
tutilishidan 
shikoyat qiladi 
Bosh aylanishi, o‘ng qovurg‘a 
osti og‘rishi, bosh og‘rig‘i,
ko‘ngil aynishidan (ba’zan qayt 
qiladi) shikoyat qiladi 
Jismning chidamliligini tarbiyalash bilim olish da(o‘qishda) ham bardosh-
lilikni namoyon qiladilar. Chunki bunday jihatlar inson umri davomida zarur 
bo‘lgan barcha harakat faolliklarida ko‘zga tashlanadi va uni tarbiyalash suzish, 
velosipedda yurish, tog‘li hududlarda sayr qilish, kunlik faoliyat davomida yurish, 
yugurish va boshqa vositalar yoki alohida maxsus tashkillangan mashg‘ulotlarda 
amalga oshiriladi. 
Aslida, har qanday bo‘sh vaqtimizni salomatlik uchun foyda beradigan, 
ishlayotgan, faoliyatda ishtirok etmayotgan (ular kam bo‘ladi), kam ishtirok 
etayotgan mushaklarni mashq qildirishga bag‘ishlash lozim. Chidamliligi 
yuqorilar hayotda tushkunlikka tushmaydilar, ishga, faoliyatga doimo tayyor 
bo‘ladilar.

Yüklə 456,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin