9-mavzu: Chidamlilik va uni rivojlantirish metodikasi Chidamlilik, deb h



Yüklə 456,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix02.05.2023
ölçüsü456,86 Kb.
#106280
  1   2   3   4   5   6
9-mavzu



9-mavzu: Chidamlilik va uni rivojlantirish metodikasi 
Chidamlilik, deb harakat faoliyatini yoki harakat aktini belgilangan 
suratda, 
intinsivlikda 
uzoq 
vaqt 
davomida 
samaradorligini 
pasaytirmasdan bajara olish qobiliyatiga aytiladi.
Bu harakat sifati “umumiy” hamda “maxsus”chidamlilik deb 
farqlanadi. Ayrim adabiyotlarning mualliflari* chidamlilik atamasini 
“bardoshlilik”atamasi bilan almashtirishni tavsiya qilmoqdalar.
1
Chidamlilik asosan shiddati past, uzoq vaqt davomida ko‘proq siklik 
harakatlar sifatida bajariladigan mashqlar bilan rivojlantiriladi
15-rasm. Chidamlilik harakat sifatining tavsifi 
1
Гончарова О.В., “Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилиятларини ривожлантириш”: Ўқув қўлланмаcb. 
Тошкент, 2005, 176-саҳифа. 


(K.D.Chermit bo‘yicha 2005)
2
2
Гончарова О.В. Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилитларни ривожлантириш. Ўқув қўлланма. Т.: 2005. 142 
- саҳифа. 


16-rasm. Chidamlilikni rivojlantirishning asosiy vositalari va 
uslubiyotlari (K.D.Chermit bo‘yicha 2005)
3
Ular: yurish, yugurish, velosipedda yurish, suzish, eshkak eshish va 
boshqalar. Ularni bajarishdagi jadallik, intensiv lik, bajarishni uzoq vaqt 
davom etishi dam olish intervali ning uzunligi, dam olishninig xarakteri 
(aktiv yoki passiv dam olish)dan foydalanish, mashqni takrorlashlar soni 
va boshqa komponentlarga e’tibor berish lozim bo‘ladi.
Chidamlilikni 
rivojlantirish 
uchun 
mashqlarni 
asosan 
shug‘ullanuvchining organizmi bir oz charchashni his qilgan paytda 
jismoniy yuklama berish orqaligina kutilgan sama raga erishish mumkin. 
Odatda, tolish sodir bo‘lgandan so‘ng bajariladigan harakatlarga 
organizmda moslashuvni sodir bo‘lishi tabiiy hol bo‘lib, uni tugashi 
(moslashuvni) chidamlilikning rivojlanganligi darajasini namoyon qiladi. 
Boshqachasiga aytganda bunday holat chidamlilik harakat sifatini 
ma’lum darajada ortganligidan dalolatdir. 
Chidamliligi yuqori deb hisoblanadiganlarni ishchanlik darajasi 
yuqori bo‘lgan shaxslar deb tan olinadi. Ular “aerob” – ya’ni 
organizmimiz ish bajarayotganda, uning a’zolariga yetarli darajadagi 
kislorodni yetkazib berilishi bilan jismoniy ish bajaradilar. 
Ular 
uzoq 
masofaga 
yuguruvchilar, 
eshkak 
eshuvchilar, 
velosipedchilar va boshqa sport turlarining vakillari bo‘lib, o‘z 
faoliyatlarida yuqori darajadagi chidamlilikni namoyon qilishlariga 
to‘g‘ri keladi. 
Uning aksi, “anaerob” holat, ya’ni ishlayotgan organla rimizga 
yetarli darajadagi kislorod yetkazib berilmay, jismoniy yoki kasbiy 
faoliyat namoyon qiluvchi, kislorod yetishmasligi holatida ish 
bajaruvchilar ham ma’lum daraja dagi chidamlilikni namoyon 
qiladilar(sprinterlar, nafasni ushlash bilan ish bajaruvchilar va boshqalar). 
Ularda jismoniy yuklama yurak qisqarish chastotasi (YuQCh) intensiv 
ligiga qarab chegaralanadi. 
Organizmni dam oldirish yoki sarflagan energiyasini tiklash maqsad 
qilib qo‘yilib mashq qilinsa, YuQCh 130 marta atrofida yoki undan 
ortmasligi (nolli zona deyiladi) lozim. Yetarli daraja kislorod bilan 
ta’minlanish orqali ish bajarilib, chidamlilikni rivojlantirish uchun mashq 
qilinsa (“aerob”), YuQCh 130 dan 150 marta qisqaradigan yuklama 
rejalashtirilish kerak (1-zona).
3
Гончарова О.В. Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилитларни ривожлантириш. Ўқув қўлланма. Т.: 2005. 143 
- саҳифа. 


Anaerob holatda chidamlilik takomillashtirilsa, maksi mal 
kislorodga muhtojlik (MKM) holatida YuQCh minutiga 150-180 gacha 
bo‘lishi lozim (2-zona). 
3-zona yoki chidamlilikni rivojlantirishning yuqori pog‘onasi 
(zonasi)da YuQCh minutiga 180 dan ortiq bo‘lsa kerakli natijani berishi 
tadqiqotlar orqali isbotlangan. Lekin 2-3 zonadagi yuklamalar jismoniy 
tayyorgarligi dara jasi yuqori sanalgan yoki maxsus tayyorgarlikka egalar 
uchungina qo‘llaniladi. 
YuQCh ga e’tiborsizlik ayniqsa, kollejlar, akademik litseylar va 
gimnaziyalarning o‘quvchi, talaba-yoshlari organi zmida salbiy 
oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. 
4-jadvalda chidamlilikni rivojlantirish jismoniy yuklamalarning 
me’yoriy zonalarini e’tiboringizga havola qildik. 

Yüklə 456,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin