9-mavzu: din madaniyat fenomeni


-§. Xalqaro diniy tashkilotlar va diniy uyushmalar faoliyatining tasnifi



Yüklə 101,87 Kb.
səhifə11/13
tarix26.12.2023
ölçüsü101,87 Kb.
#198582
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
11-Din madaniyat fenomeni

6-§. Xalqaro diniy tashkilotlar va diniy uyushmalar faoliyatining tasnifi

Bugungi kunda islom dini xalqaro maydonda ham muhim ahamiyat kasb etib, bir qator islom tashkilotlari faoliyat olib bormoqda.


1. Islom olamida eng yirik va nufuzli, rasmiy, 57 ta davlat a’zo bo‘lgan xalqaro islom tashkiloti Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)dir. IHT 1969 yilning 25 sentabrida Marokashning poytaxti Robotda o‘tkazilgan islom davlatlari birinchi yig‘ilishida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalarda islom hamkorligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Bu tashkilotning asosiy maqsadi musulmon birdamligini mustahkamlashga ko‘maklashish, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ilmiy sohalarda hamkorlik qilish, barcha musulmonlarni o‘z qadriyatlari, mustaqilligi va milliy huquqlarini ta’minlash uchun qo‘llab-quvvatlash, muqaddas joylarni muxofaza qilish, adolatlik asosida xalqaro tinchlik va barqarorlikka ko‘maklashish, tashkilotga a’zo mamlakatlar va o‘zga mamlakatlar o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro anglashuvni rag‘batlantirishdan iboratdir.
2. Xalqaro islom tashkilotlaridan biri Islom olami uyushmasidir. Islom olami uyushmasi – dunyoning turli mamlakatlarining yirik musulmon arboblarini birlashtirgan halqaro islom tashkilotidir. U 1962 yilda tashkil etilgan, qarorgohi Makkada bo‘lib, Riyoz, Jidda va Madina shaharlarida ham bo‘limlari mavjud. Tashkilotning maqsadi Islom ta’limotini butun dunyoga tarqatishdir. Tashkilot keng miqyosdagi xayriya, insonparvarlik faoliyatini olib boradi. Saudiya Arabistoni hukumati IOUdan islom dinining muqaddasligi va sofligini dunyoga tanitish hamda obro‘sini oshirishda foydalanishga harakat qiladi.
3. Diniy ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan ilm-fan muassasalaridan biri “al-Azhar” majmuasi bo‘lib, Misrning poytaxti Qohirada joylashgan “al-Azhar” majmuasi dunyodagi eng qadimiy ta’lim va ilm-fan muassasalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda “al-Azhar” majmuasi islom qonunchiligi va arab tili bo‘yicha turli arab va islom mamlakatlari uchun mutaxassislar tayyorlab kelmoqda. “Al-Azhar” ko‘proq universitet sifatida butun jahonga tanilgan bo‘lsada, uning tarkibiga universitetdan tashqari, o‘rta va maxsus maktablar, ilmiy markazlar, masjidlar ham kiradi. Bugungi kunda “al-Azhar” majmuasi islom dini masalalari bo‘yicha dunyodagi yetakchi markaz hisoblanadi. Hozirda “al-Azhar” majmuasining faoliyati nafaqat arab dunyosi, balki butun musulmon olamida madaniy, ilmiy va ma’naviy uyg‘onish manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.“Al-Azhar” majmuasi tinchlik va sahovat dini bo‘lgan islomni mustahkamlash, uning insoniylik g‘oyalarini targ‘ib qilishda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
4. Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan diniy tashkilotlardan biri Xalqaro islom fiqhi akademiyasidir. Xalqaro islom fiqhi akademiyasi Islom hamkorlik tashkiloti qoshidagi muassasa bo‘lib, ushbu akademiya 1981 yilda Makka shahrida bo‘lib o‘tgan musulmon mamlakatlari rahbarlari oliy kengashida tuzilgan. Ushbu akademiyaning tashkil etilishidan maqsad zamonaviy hayot muammolarini o‘rganish, ular haqida faol va asl ijtihod qilib islomiy ilmiy merosga asoslangan va islomiy fikr taraqqiyotidan kelib chiqqan yechimlarni taqdim qilishdir.

Yüklə 101,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin