Global muammolar butun er kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er osti bo’shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilan izohlanadi.
Hozirgi zamondaglobal muammolarni tasniflashga nisbatan har xil yondashuvlar orasida ayniqsa keng e’tirof etilgan tasnifga muvofiq global muammolarning barchasi ularning keskinlik darajasi va echimining ahamiyatiga, shuningdek real hayotda ularning o’rtasida qanday sababiy bog’lanishlar mavjudligiga qarab uch katta guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan tavsiflanadigan muammolar. Ular turli davlatlar o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi. Bu erda jamiyat hayotidan urushni bartaraf yetish va adolatli dunyoni ta’minlash; Yangi xalqaro iqtisodiy tartib o’rnatish kabi ikki o’ta muhim muammo farqlanadi:
Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan muammolar bo’lib, ular odamlarni energiya, yonilg’i, chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar, shuningdek Jahon okeani va kosmik fazoni o’zlashtirish ham kiradi.