9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari



Yüklə 101,5 Kb.
səhifə8/20
tarix13.05.2022
ölçüsü101,5 Kb.
#57839
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

Uchinchidan, falsafa ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tarixiy kontekstda tushuntirish imkonini beradi. U jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlarini ta’riflaydi va shu sababli global muammolarni o’rganishda ularni ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy bog’liq bo’lgan qonuniy hodisa sifatida tushunishga yo’l ko’rsatadi. SHunday qilib, global muammolarning paydo bo’lishi tasodif yoki insoniyatni halokatga oldindan mahkum etuvchi taqdirning hukmi sifatida emas, balki qarama-qarshiliklarga to’la insoniyat tarixi ob’ektiv rivojlanish jarayonining mahsuli sifatida qaraladi.

To’rtinchidan, falsafa global muammolar rivojlanishining umumiy tendentsiyasini, ularning o’zaro aloqasi va bir-birini taqozo yetish darajasini falsafiy nuqtayi nazardan anglab yetish imkonini beradi.

Beshinchidan, falsafa nazariy fikrlash madaniyatini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish orqali ma’naviy - madaniy funksiyani bajaradi. Turli xalqlarning falsafa tarixini o’rganish, ularning madaniyati bilan ham tanishish imkonini beradi. Muayyan xalqlar oldida turgan muammolarning birortasini ham ularning madaniyatiga bog’lamasdan yechish mumkin emas.

Oltinchidan, global muammolarga oid ilmiy axborotning shiddat bilan o’sib borayotgan oqimida yanada aniqroq mo’ljal olish imkoniyati tabiiy-tarixiy jarayonni yaxlit ko’rish va uni talqin qilishga nisbatan dialektik yondashuv mahsuli hisoblanadi.

Yettinchidan, falsafa inson hayotining mazmuni, o’lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo’yadiki, bu insoniyatga global muammolar tahdid solayotgan sharoitda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.

Nihoyat, falsafaning yana bir muhim metodologik funksiyasi shundan iboratki, u insoniyatning hozirgi muhim muammolari bilan bevosita bog’liq bo’lgan va bashariyat rivojlanishining ob’ektiv tendentsiyalarini tushunish va anglab yetishda ulkan rol o’ynaydigan «tabiat», «jamiyat», «sivilizatsiya», «ijtimoiy taraqqiyot», «fan-texnika inqilobi» kabi boshqa kategoriyalarni ishlab chiqadi.

Hozirgi davrning global muammolarini o’rganishga nisbatan falsafiy yondashuv haqida muayyan tasavvur hosil qilgach, endi globallashuv jarayonlari kuchayishiga qarab ahamiyati oshib borayotgan muammolarning o’zini shu nuqtayi nazardan ko’rib chiqamiz.

«Hozirgi davrning global muammolari» tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy muomala(leksikon) hamda ommaviy ongdan mustahkam o’rin oldi. Aksariyat hollarda u global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan qo’llaniladigan atama sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik voqealar tenglashtirilganida, masalan, muayyan bir mamlakatning ijtimoiy muammolarini nazarda tutib, ular «global» deb nomlangan holda duch kelish mumkin.

Falsafada bu vazifani yechish uchun tegishli mezonlar belgilangan bo’lib, ularga muvofiq u yoki bu muammo global deb belgilanadi va shu tariqa bunday xususiyatga ega bo’lmagan boshqa ko’p sonli muammolardan farqlanadi.

Etimologik jihatdan «global» atamasi, «globallashuv» atamasi kabi, er kurrasi bilan bog’liq. Ayni shu sababli butun insoniyat manfaatlariga daxldor muammolarni ham, dunyoning turli nuqtalaridagi har bir ayrim insonga tegishli bo’lgan, ya’ni umuminsoniy xususiyat kasb etadigan muammolarni ham «global» deb nomlash odat tusini olgan. Ular jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining muhim ob’ektiv omili sifatida ayrim mamlakatlar va mintaqalarning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Ularni yechish aksariyat davlatlar va tashkilotlarning kuch-g’ayratini xalqaro darajada birlashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda global muammolarning echilmay qolishi butun insoniyat kelajagi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.


Yüklə 101,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin