9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari



Yüklə 101,5 Kb.
səhifə12/20
tarix13.05.2022
ölçüsü101,5 Kb.
#57839
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

Prognozlashtirishning metodlari:

1. Ekstrapolyatsiya metodlari.

2. Tarixiy analogiya.

3. Modellashtirish.

4. Ekspertiza usulida baholash.

5. Kelajak stsenariylari.



Ko’rsatilgan kelajakni bashorat qilish metodlarining har biri o’z afzalliklari va kamchiliklariga ega.

Ekstrapolyatsiya metodlari - qonuniyatlari o’tmishda va hozirgi davrda yaxshi ma’lum bo’lgan tendentsiyalarni kelajakka tatbiq yetishga asoslanadi.Masalan, biron-bir tizimga o’tmishda muayyan o’zgarmas tezlik yoki tezlanish bilan rivojlanish xos bo’lgan bo’lsa, bizda bu tezlik yoki tezlanish kelajakda ham muayyan zamon oralig’ida o’zgarishsiz qoladi deb hisoblash uchun asoslar bor. Tarixiy analogiya – bu taqqoslash yo’li bilan kelajakni bilish. Taqqoslanayotgan ijtimoiy hodisalar o’rtasida farq ham, o’xshashlik ham mavjud bo’lishi kerak. Taqqoslash uchun asos bo’luvchi omillar taqqoslanishi lozim bo’lgan hodisalarga qaraganda tanishroq bo’lishi lozim. Tarixiy analogiyaning ijtimoiy bashoratga moslashuvchanlik darajasi cheklangan. Bu tabiiy bir holdir, zero kelajakka boshqa tarixiy sharoitlar yo’ldosh. Tarixiy analogiya ko’proq tarixiy faktni faol tanqidiy tahlil qilishga ko’maklashadi.

Modellashtirish metodi bilish ob’ektlarining o’zini emas, balki ularning modellarini o’rganishga asoslanadi. Tadqiqot ob’ektini modellashtirish – uni prognostik xususiyatga ega bo’lgan xulosalar chiqarish uchun qulay bo’lgan sodda, sxematik ko’rinishda gavdalantirishdir. Tadqiqot natijalari modeldan ob’ektga ko’chiriladi. Prognoz qilishning modelli metodlari shakllarining rang-barangligi bilan tavsiflanadi. Modellashtirishning moddiy, fizik, belgili (matematik), imitatsion, kompyuterda modellashtirish kabi turlarini farqlash mumkin.

Ekspertiza usulida baholash- bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan va texnikaning turli sohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil qilish va so’ngra natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat. Ekspertlarning umumiy xulosasi muammoning mumkin bo’lgan eng maqbul echimi sifatida qabul qilinadi. Bu metodlar guruhiga, odatda, quyidagilar kiritiladi: konsensus (kelajakka doir muayyan masala bo’yicha ekspertlar umumiy bir to’xtamga kelishi); «aqliy hujum» (muammolarni yechish vositasi va prognoz qilish usuli, ayniqsa kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan bir nechta vaziyatni ko’rib chiqishga ehtiyoj tug’ilgan holda). Metodning mohiyati shundan iboratki, muammoga doir har qanday, hatto «g’alati» g’oyalar ilgari suriladi; bu g’oyalar rivojlantiriladi, o’z g’oyalarini taklif qilish mumkin, lekin ularni tanqid qilishga ruxsat etilmaydi; «Delfi» metodi (qadimgi Yunonistonning mashhur orakuli ismi bilan atalgan). U ekspertlar o’rtasida so’rov o’tkazishga asoslangan. Bunda oldinma-ketin so’rov jarayonida har bir ekspert boshqa ekspertlarning fikrlari bilan tanishtiriladi; bir nechta sikllar natijasi o’laroq ustuvor fikr aniqlanadi. Ekspertiza usulida baholashning yana bir o’ziga xos metodi – sotsiologik so’rov mavjud bo’lib, u so’nggi yillarda bizda ham, chet elda ham tobora keng qo’llanilmoqda.

Kelajak stsenariylari – bu kuzatilayotgan tendentsiyaning ehtimol tutilgan kelajagi haqidagi u yoki bu taxminni asoslovchi dastlabki farazlarning tartibga solingan yig’indisi. Stsenariylar: a) u yoki bu nazariy vaziyatni qay yo’l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirish mumkinligini; b) voqealarning muayyan rivojiga yo’l qo’ymaslik, ularni engillashtirish yoki chetlab o’tish uchun voqealarning ishtirokchisi uchun har bir bosqichda qanday variantlar mavjudligini aniqlaydi.

Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish imkoniyatlarini prognoz qilish natijasi prognoz hisoblanadi. U kelajak u yoki bu muammolarining rivojlanishi va ularni yechishning mumkin bo’lgan barcha variantlarini, ularning bir-birini istisno etuvchi variantlarini, stixiyali va ongli jarayonlarni, ularning vaqt va ko’lam parametrlarini aniqlash imkonini beradi. Kelajakning ijtimoiy prognozlar taklif qilayotgan tavsifining mazmuniga qarab, ular insonni yo unga faol intilishga, yo uning yuz berishiga qarshi harakat qilishga, yo uni passiv kutishga da’vat etadi. SHu sababli har qanday ijtimoiy prognoz ilmiy-bilishga doir mazmunni ham, muayyan mafkuraviy vazifani ham o’zida birlashtiradi. Bunda bilishga doir funksiya ustunlik qilishi ham, mafkuraviy funksiya ustunlik qilishi ham mumkin.




Yüklə 101,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin