9 Mavzu: hayvonlarini parvarish qilish gigiyenasi. Reja



Yüklə 26,85 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü26,85 Kb.
#199912
  1   2   3
9 mavzu


9 Mavzu: HAYVONLARINI PARVARISH QILISH GIGIYENASI.
Reja:

  1. Teri va elinni parvarish qilishning gigiyenik ahamiyati.

  2. Tuyoq va shoxlarni parvarish qilish igienasi.

  3. Motsion turlari va uning ahamiyati

Adabiyotlar

  1. Suvonqulov Y.A. "Qishloq xo‘jaligi hayvonlari gigiyenasi" Toshkent, 1994 y.

Qo‘shimcha adabiyotlar.
1. Ko‘znetsov A.F., Demchuk M.V. – «Gigiyena selskoxozyaystvennыx
jivotnыx» Moskva, 1991

  1. Medvedskiy V.I. «Sodyerjanie, kormlenie i uxod za jivotnыmi». Minsk, 2007



Tayanch iboralar:
Hayvonlarni cho‘miltirish, vannalar, dezinfeksiyalovchi yeritmalar, stress, sanitariya davolash punkti, dezinfeksiya, tozalash, teri, shox, motsion.

Qishloq xo‘jalik hayvonlari oziqlantirish, sug‘orish, saqlashdan tashqari hayvonlarga qarash va parvarish qilishga muhtojdir. Parvarish qilish, asrashni to‘g‘ri tashkil qilish organizmni chiniqishiga, fiziologik jarayonlarni me’yorda kechishiga, modda almashinuvini Yaxshilanishiga, organizmni Yaxshi rivojlanishiga, mahsuldorligini oshirishga, sog‘lom o‘sishiga sababchi bo‘ladi. Hayvonlarni uzoq muddat binolarda saqlash, yaylovlarga haydalmaslik, yayratishni to‘g‘ri tashkil etmaslik organizmni kuchsizlanishiga va turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. Hayvonlarni terisini parvarish qilish uning fiziologik rolidan kelib chiqadi. Hayvonlar terisining holati uning umumiy holati bilan bog‘liq bo‘lib, terini o‘z me’yorida ishlashini ta’minlaydi. Shuning uchun teri va junning holati salomatlik oynasi deyiladi.


Organizm uchun terining ahamiyati katta bo‘lib organizmda muhim vazifalarni bajaradi: himoya, suyuqliklar ajratish, issiqlik almashinuvini boshqarish va h.k. Teri orqali organizm tashqi muhit bilan reflektor bog‘langan bo‘ladi. Teri hayvonlar tanasini himoya qiluvchi qoplam hisoblanib turli ta’sirotlarni qabul qilib markaziy nyerv tugunlari orqali ta’sirotlarni organ va to‘qimalarga etkazadi. Jarohatlanmagan teri organimzga mikroblar, parazitlarni o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bundan tashqari terida kislotali jarayon pH- 3,0-0,6 bo‘lib mikroblarni ko‘payishga, rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ma’lumki mikroblar ishqorli muhitda Yaxshi o‘sib rivojlanadi. Terida fiziologik jarayonlarni kechishi natijasida maxsus immun tanachalar paydo bo‘lib bakteriyalarni nobud qiladigan lizotsim paydo bo‘ladi.
Hayvonlar terisi - ajratish organi bo‘lib suv va tuz almashinuvida aktiv qatnashadi. Teri bezlari yordamida teri orqali suv, osh tuzi, xlorli kaliy, fosforli va organik birikmalar ajraladi. Yog‘ bezlari orqali ajratilgan suyuqliklar tarkibida oqsil va yog‘ bo‘lib terini ustini qoplab yumshoqlik, egiluvchanlik xususiyatini oshirib terini qo‘rib qolish, yorilishdan, junni sinishdan saqlaydi. Yog‘ bilan tyerni aralashmasi (jiropot) qo‘ychilikda junni sifatini oshiradi.
Teri qoplami hayvonlarni tashqi muhit ta’sirotlariga chidamliligini, salomatligini va mahsuldorligini oshiradi. Shuning uchun hayvonlarning teri qoplamini parvarish qilishni ta’minlash kerak. Teri qoplami doimo o‘lgan hujayralar va turli xil changlar mikroblar bilan ifloslangan bo‘ladi. Bu terida turli xil mikroblar, kanalar, bitlar va boshqalarni ko‘payishiga sababchi bo‘ladi. Demak hayvonlarning salomatligi, mahsuldorligini oshirish uchun terini tozalab turish kerak.
Terini parvarish qilish usullari - Hayvonlar terisini parvarish qilash uni tozalash, yuvish, cho‘miltirish, junini olishdan iborat. Mexanik va fizik usullardan foydalanib teridagi nyerv retseptorini qitiqlashdan iboratdir. Teri qoplamini tozalanishi qon bilan ta’minlanishining Yaxshilanishiga sababchi bo‘lib terini sifatini Yaxshilaydi. Natijada organizmda modda almashinuvi me’yoriga tushib, ozuqani iste’mol qilish va hazmlanishi kuchayib sigirlarning sut mahsuloti 8 - 12 % ga, sutning yog‘liligi 0,1 - 0,22 % ga oshadi. Cho‘chqalarda esa kunlik tirik vazni esa 27% ga oshib, 1 kg o‘sishiga ozuqa 25,5 % ga kam sarflanishi aniqlangan.
Hayvonlarning terisi doimo qattiq tozalagichlar yordamida tozalab turilishi kerak. Tozalash vaqtida sanitariya talablariga rioya qilib terini jarohatlanishini oldini olish kerak. Yuqori mahsuldor va naslli hayvonlar uchun alohida tozalash qurollari bo‘lishi kerak. Bu esa bir hayvondan ikkinchi hayvonga kasallik tarqatuvchi mikroblarni o‘tishini oldini oladi. Binoni toza saqlash uchun hayvonlarni binodan tashqarida maxsus ajratilgan joyda tozalash kerak.
Agar havoning harorati +15 oC dan past shamolli va yomg‘ir bo‘lsa molxonada tozalash kerak. Sigirlar terisini sog‘ishdan kamida 1 soat oldin tozalash kerak. Otlarni chap tomonidan boshlab oldin bosh tomoni, bo‘yni, ko‘krak, sagri, tos bug‘ini so‘ngra o‘ng tomoni xuddi Shu tartibda tozalanadi. Har 4 marta qul siltashdan so‘ng qashlagichni taxtaga urib tozalash kerak. So‘ng teri hul mato bilan artiladi. Otlarning yoli, dumi oldin kul bilan yoyilib, taralib qashlagich bilan tozalanib mato bilan artiladi. Quriqchi va uy itlarini terisi ham tozalanadi. Qo‘ylarni juni Yozgi vaqtlarda qirqiladi.
Terini tozalash hayvonlarni sut mahsuldorligiga reflektor ta’sir qilib sigirlarda sut mahsulotini oshiradi. Shuning uchun elinni sog‘ishdan oldin uqalab, issiq suv bilan yuvish, quruq qilib artish tavsiya etiladi va bu sut ajratishni kuchaytiradi. Hayvonlar terisini tozalash uchun TSXA tavsiya etgan pnevmatik chang surg‘ich vakuum nasoslardan foydalaniladi. Hayvonlar issiq Yoz paytlarida cho‘miltirib yuviladi. Bundan maqsad tanasini sovutish va har xil iflosliklardan tozalash. Amaliyotda cho‘miltirish uchun vannalar, dushlar qullaniladi. Hayvonlarni cho‘miltirganda suvni harorati +18 oC dan kam bo‘lmasligi kerak. Tyerlagan, qizigan, ozuqaga tuygan otlarni cho‘miltirish mumkin emas. CHo‘miltirish yertalab va kechqurun o‘tkazilsa Yaxshi natija byeradi. Yuqori haroratli va kasal hayvonlarni cho‘miltirish mumkin emas. Cho‘miltirish uchun DUK, LSD-2, LSD-3 kabi ko‘chma qurilmalardan foydalanish mumkin.
Elinni parvarish qilish – Sut bezi qalin nyerv uchlari, qon tomirlardan, ko‘plab sut alveolalari va sut yo‘llaridan tashkil topib bir - biri bilan bog‘lanib umumiy sut sistyernasini hosil qiladi. Yelinni parvarish qilishning asosiy maqsadi uning jarohatlanishining oldini olish hisoblanadi. Buning uchun birinchi navbatda sut sog‘uvchining qo‘li toza bo‘lishi zarur. Sigirlarni qo‘l bilan sog‘ishda sigir yelini +40 – 45 oC li iliq suv yordamida rezina shlang orqali tozalab yuviladi va toza sochiq bilan quruq qilib artiladi. Yelinni yuvish vaqtida sigi dumi maxsus qisqich yordamida dum asosiga qistirib mahkamlanadi. Sigir yelinini yuvishdan oldin sut sog‘uvchining tirnoqlari kalta qilib olinib qo‘l sovunlab yuviladi hamda quruq qilib artiladi. Sut sog‘uvchilar sog‘ishdan oldin maxsus xalat kiyishi va boshiga ro‘mol o‘rashlari kerak. Sutning birinchi tomchilari iflos bo‘lganligi sababli alohida idishga sog‘ib olinadi. Sigirlarni qo‘l bilan sog‘ishda massajdan foydalaniladi. Massaj tayyorlovchi va yakuniy turlarga bo‘linadi. Massaj sut bezlarining Yaxshi rivojlanishi, sutni to‘liq sog‘ilishi va yelin kasalliklarini oldiniolshga yordam byeradi. Sog‘ishdan oldin har bir elin bo‘lagi asta-sekinlik bilan silab-siypalab Yuqori dan pastga qarab qisiladi. Shundan so‘ng har bir elin bo‘lagi aylanma harakat usulida yengil massaj qilinadi. Elin surg‘ichlari kaft yordamida qisiladi ammo sog‘ilmaydi. Keyin sog‘ish tugagandan so‘ng yakuniy massaj utkaziladi.

Yüklə 26,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin