9-мавзу: Хрушев даври: сталинизмлаштиришнинг нособитлиги (1953-1964 йй.) Sssr harbiy g'alabasining bahosi


Qatag'onlar siyosatining davomi. Stalinning o`limi



Yüklə 19,36 Kb.
səhifə2/4
tarix17.05.2023
ölçüsü19,36 Kb.
#115385
1   2   3   4
11-банд 9-дарс

Qatag'onlar siyosatining davomi. Stalinning o`limi
1952-1953-yillarda Stalin tuzumi yangi qatag`onlar kompaniyasini boshladi. Barcha milliy respublikalarda taniqli madaniyat arboblarini qamoqqa olish boshlandi. Moskvada 1953-yilning yanvarida Stalinga qarshi suiqasdda ayblangan bir guruh shifokorlar qamoqqa olindi. Bularning hammasi 30-yillar senariysi bo`yicha amalga oshirildi. Biroq ommaviy terrorga tayyorgarlikning eng qizg`in paytida 1953-yilning 5-martida to`satdan Stalin vafot etdi.
Stalin (Jugashvili) losif Vissarionovich (1878-1953) — 1922-yilda bolsheviklar partiyasiga boshchilik qildi va mamlakatda ommaviy terrorga asoslangan totalitar tuzumni o`rnatdi. 1941—1945-yillarda — urush yillarida — Oliy bosh qo`mondon. Urush tugaganidan so`ng "sovuq urush" tamoyillarining qaror topishiga hissa qo`shgan.
Stalin yaratgan tizim bir kishining avtoritetiga asoslangani uchun birmuncha vaqt partiyada "jamoaviy rahbariyat" yuzaga keldi. Biroq tez orada partiyada hokimiyat uchun shafqatsiz kurash boshlanib ketdi. Stalinning eng yaqin safdoshlaridan biri Lavrentiy Beriya (1899—1953) uning dastlabki qurboni bo`ldi. U 1953-yilning iyunida qamoqqa olindi, dekabrda otib tashlandi. Georgiy Malenkov (1902—1988) Ministrlar Sovetining raisi bo`lib ikki yil ishladi.
N.S.Xrushev. Shaxsga sig`inishning fosh etilishi. "lliqlik" davri
Hokimiyat sekin-asta 1953yilda KPSS MK birinchi kotibi etib tayinlangan N.S.Xrushevga o`ta boshladi. 1955-yilda u Malenkovni ishdan chetlatdi, uning o`rnini Stalin davrida mas'ul lavozimlarda ishlagan Nikolay Bulganin (1895-1975) egalladi. Uch yil o`tgach N.Bulganin o`z navbatida bu lavozimdan olindi va Ministrlar Sovetining raisi etib N.Xrushevning o`zi tayinlandi. Shu bilan partiyadagi jamoaviy rahbarlik davri tugab, 1964-yilning kuzigacha davom etgan Xrushev davri boshlandi.
1956-yilda partiyaning XX syezdida Xrushev Stalin shaxsiga sig`inishni fosh etish bo`yicha maxfiy ma'ruza qildi. Unda Stalinni ommaviy qatag`onlarda va qonunchilikdan chekinishda aybladi. Bu hol partiya va sovet organlarining stalincha rahbariyat tarafdorlari Molotov, Kogonovich, Malenkov, Voroshilovlardan ozod bo`lishga olib keldi. Ular "antipartiyaviy" guruh deb e'lon qilindi.
Xrushev davrida mamlakatning madaniy hayotida ayrim erkinliklarga yo'1 qo`yildi, u "iliqlik" deb ataldi. Partiya senzurasi zanjirlaridan ozod bo`lgan adabiyot, teatr, kinoda yangilik kurtaklari tez o`sa boshladi. Bu davrda jahon madaniyatiga hissa bo`lib qo`shilgan muhim badiiy asarlar yaratildi. Biroq erkinlik (liberalizatsiya) muayyan chek-chegaraga ega bo`lib, ijodkor undan tashqariga chiqsa qattiq jazolanardi. B.Pasternakning "Doktor Jivago" romanining taqdiri ham shunday bo`ldi. Uning muallifi bu roman uchun
1958-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo`ldi. Bu hol partiya targ`ibotida keskin norozilik uyg`otdi. B.Pasternakni chiqishtirmaslik umrining oxirigacha davom etdi. 1962yilda avangardchi rassomlar o`z asarlari ko`rgazmasini Moskvadagi Izmaylovsk bog`ida o`tkazishga ruxsat olishdi, biroq ko`rgazma endi ochilishi bilan buldozerlar olib kelinib, butun ekspozitsiya vayron qilindi. J?hu yilning o`zidayoq N.Xrushevning ijodiy ziyolilar bilan keskin to`qnashuvi yuz berdi, o`shanda ijod erkinligini talab qilib chiqqan bir guruh shoirlar qoralandi, uzoq vaqt qatag`onga duchor etildi (E.Yevtushenko, R.Rojdestvenskiy, A.Voznesenskiy va boshqalar). Fikr va ijod erkinligi partiya aqidalariga zid kelmaydigan doiradagina ruxsat etildi.

Yüklə 19,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin