SSSR harbiy g'alabasining bahosi Ikkinchi jahon urushi tugadi. Tarixda eng uzoq va eng og`ir davom etgan urushda sovet xalqi nafaqat o`z ozodligi va mustaqilligini himoya qila oldi, balki Yevropa va jahon sivilizatsiyasini fashistlar tutqunligidan saqlab qolish ishiga hal qiluvchi hissa ham qo`shdi.
Ma'muriyatchilik va majbur qilishga asoslangan davlat tuzumi favqulodda sharoitlarda samarali bo`lib chiqdi. Mamlakatda qat'iy intizom o`rnatildi. Transport uzluksiz ishladi. Qo`shinlar oziq-ovqat bilan doimiy ta'minlandi. Xomashyo zavodlarga grafik bo`yicha yetkazib berildi. Biroq g`alabaning boshqa, achchiq tomoni ham bor edi. SSSRning harbiy talafoti 27 million kishini tashkil etdi, Germaniya 10 million kishisini yo`qotdi. G`olib va mag`lub yo`qotishlarining bunday nomuvofiqligi qo`mondonlikning xatolari, shuningdek sovet rahbariyatining millionlab kishilar hayotiga nopisandlik bilan qarashi, talafotlarga qaramay g`alabaga intilish bilan izohlanadi.
Okkupatsiya qilingan hududlardagi kishilarning ko`pchiligi Germaniyaga majburiy ishlarga olib kelindi, front ortida va nemislar bosib olgan hududlarda ochlik va kasalliklardan millionlab kishilar halok bo`ldi. Aniqlangan ma'lumotlarga ko`ra, Sovet Ittifoqi Ikkinchi jahon urushi paytida 40 million kishisini yo`qotdi. Ularning ko`pchiligi 18 dan 55 yoshgacha bo`lgan kishilar, ya'ni aholining eng asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlari edi. Mamlakatdagi demografik inqiroz urushdan keyingi butun davr mobaynida chuqur sezildi.
Mamlakatning urushdan keyingi davr iqtisodiyoti Mamlakatnmg xalq xo jaligiga ulkan zarar yetkazildi. Fashistlar vaqtincha bosib olingan viloyatlarni varvarlarcha talashdi. Ular sovet qo`shinlari zarbasi ostida chekinayotib, "yondirilgan zamin" taktikasini qo`llashdi. Bosqinchilar 1710 shahar va qasaba, 70 dan ziyod qishloqni to`liq vayron etdi va yoqib yubordi. 32 ming yirik va o`rta sanoat korxonalari, 65 ming km temir yo'l vayron etildi. Qishloq xo`jaligiga ulkan zarar yetkazildi. Urush yillari SSSR o`z milliy boyligining 70 foizini yo`qotdi.
Rossiyaning g`arbiy rayonlari, Ukraina, Belorussiya va Kavkazda urush yillarida yer yaroqsiz holga keldi. Ishchi kuchi yetishmas, texnika, o`g`itlar yo`q edi. 1947yilda Rossiyaning qariyb barcha Yevropa qismida hosil bo`lmadi. Qishloq aholisi shaharlarga ish qidirib ketdi.
Sovet xalqi o`zgarishlar, davlat tuzumining yumshashini kutardi. Biroq Stalin tomonidan yaratilgan tuzum yanada qattiqlashib bordi, uning shaxsiga sig`inish turmush tarziga aylandi, markaziy byurokratik apparat siyosat, iqtisodiyot va madaniyatning barcha tomonlarini nazorat ostiga oldi. Stalinning shaxsiy hokimiyati barqarorligicha qoldi. Tashqi siyosatda stalincha tuzum sovet qo`shinlari tomonidan ozod etilgan Sharqiy Yevropa mamlakatlarida to`liq nazorat o`rnatishga inj;ildi.