9-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi. Reja: Jamiyat tushunchasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari. Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari



Yüklə 137,16 Kb.
səhifə4/49
tarix21.10.2023
ölçüsü137,16 Kb.
#158457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
9-mavzu

Taraqqiyotning o‘zbek modeli – jamiyatning tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi sifatida. Ijtimoiy rivojlanishning o‘zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg‘or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi. Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo‘ldan — inqilobiy va tadrijiy yo‘ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o‘zgarishlar yo‘li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (evolyusion) taraqqiyoti barqaror — tabiiy rivojlanish yo‘li ekanini ko‘rsatdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo‘li mohiyatini shunday izohlaydi: “Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, evolyusion yo‘l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o‘tish tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Bozor iqtisodi sari buyuk sakrashlar, inqilobiy o‘zgarishlar yo‘li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchilik bilan — bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom etishi xal qilishi lozim bo‘lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo‘lishiga, aholining mehnat faoliyatiga bog‘liqdir”.
O‘zbek modelning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
- iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;
- davlatning bosh isloxotchi ekanligi;
- qonun ustuvorligi;
- kuchli ijtimoiy himoyalash;
- bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo‘l bilan o‘tish.
O‘zbek modelining o‘ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, o‘zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarining tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi va inson xuquqlarining kafolatlanishi va boshqalarda o‘z ifodasini topmoqda. O‘zbek modelining hayotiyligi jahon jamoatchiligi tamonidan e’tirof qilindi. O‘zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqda va uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. O‘zbekona taraqqiyot yo‘li ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshirishda, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyatga bo‘lgan e’tiborning kuchayishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ma’naviy salohiyatning kuchayishi, inson intelektual va axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun puxta zamin yaratadi. Kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 137,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin