9-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi. Reja: Jamiyat tushunchasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari. Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari


-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI



Yüklə 137,16 Kb.
səhifə5/49
tarix21.10.2023
ölçüsü137,16 Kb.
#158457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
9-mavzu

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha
HARAKATLAR STRATEGIYASI 07.02.2017 y

  1. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari

  2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari

  3. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari

  4. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari

  5. Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoniga binoan “ 2022 — 2026 YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI” yettita ustuvor yo’nalishlari ishlab chiqilib hayotga tatbiq qilinmoqda.

  1. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish

  2. mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish

  3. Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash

  4. adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish

  5. Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish

  6. Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish

  7. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish

Davlatning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati.
Davlat – jamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug‘idir. Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va usullari ham takomillashib boradi. O‘zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zarurati vujudga keladi.
Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an’analarining tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o‘zbek modeli konsepsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o‘rin tutadi. Mamlakatimizning siyosiy, xuquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub isloxotlar siyosiy boshqaruvni yanada takomillashtirishga, yurtimizda xuquqiy demokratik jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tishga qaratilgandir. Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko‘rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy xarakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli jamg‘armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, maxalla qo‘mitalari va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha isloxotlar inson saloxiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgandir.
Fuqarolik jamiyatini barpo etish — O‘zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Fuqarolik jamiyati kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko‘pqirrali aloqasi bo‘lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o‘zaro kelishuv, sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o‘ziga xos turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O‘zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.

Yüklə 137,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin