9-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi. Reja: Jamiyat tushunchasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari. Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari



Yüklə 137,16 Kb.
səhifə47/49
tarix21.10.2023
ölçüsü137,16 Kb.
#158457
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
9-mavzu

Onglilik va maqsadga muvofiqlik. Inson faoliyati oqilona, ongli va maqsadga muvofiq bo‘ladi. «Oqilonalik – inson faoliyatining barcha turlariga amalda xos bo‘lgan jihat» (Kassirer E. Opыt o cheloveke: vvedenie v filosofiyu chelovecheskoy kulturы //Problema cheloveka v zapadnoy filosofii.- M.:1988, 28-str. ), deb qayd etadi E.Kassirer. Oqilonalik insonning o‘z faoliyati maqsadlarini aqlga muvofiq tarzda belgilash va ularni erkin va ongli boshqarish qobiliyatini anglatadi. I.G.Fixte inson tabiat kabi zaruriyat taqozosiga ko‘ra emas, balki ongli niyat bilan ish ko‘rishini ta’kidlaydi. Ayni shu sababli tabiat va jamiyatni o‘zgartirish insoniyatning ma’naviy burchidir (Qarang: Fixte I.G. Izb. Soch. T.1 M.:1916. 402-str.).
Onglilik va maqsadga muvofiqlik – inson faoliyatini hayvonlar faolligidan farqlash imkonini beruvchi muhim xossalardir. Ammo ular «sof ko‘rinish»da mavjud bo‘lmaydi. Shu sababli onglilik va maqsadga muvofiqlikka zid bo‘lgan xossalarni inson faoliyatining talqini doirasidan chiqarish o‘rinli bo‘lmaydi. Xususan, insonning barcha faoliyati ham ongli bo‘ladimi, degan savol ustida mulohaza yuritib ko‘raylik. Amalda faoliyat ayrim ko‘nikmalar shakllanishini nazarda tutadi (kasbiy mahorat esa aksariyat ko‘nikmalarni avtomatizm darajasiga ko‘taradi); faoliyatda anglanmaydigan mayllar, mo‘ljallar, tajriba, o‘tmishda (aksariyat hollarda – bolalikda) olingan taassurotlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Faoliyat «onglilik – ongsizlik» qarama-qarshiligining birligidir, deb aytish uchun asoslar mavjud.
Moddiy va ma’naviy faoliyat. Moddiy faoliyatni soddalashtirib predmetlar bilan ish ko‘rish sifatida, ma’naviy faoliyatni esa – predmetlarning obrazlari bilan ish ko‘rish sifatida tasavvur qilish mumkin. Abstrakt mulohaza yuritish orqali moddiy va ma’naviy faoliyatni «sof ko‘rinish»da, muayyan qarama-qarshilik sifatida tasavvur qilish mumkin. Ammo ma’naviyatdan xoli bo‘lgan moddiy faoliyat behudadir. Ma’naviy faoliyat «sof ko‘rinishda» mavjudmi?
Moddiy va ma’naviy faoliyatning birligi shundaki, faoliyat jarayoni ham, uning natijasi ham moddiy-ashyoviy substrat va ma’naviy mazmunning muayyan sintezidan iborat ekanligini anglatadiki, bu uning natijalarini ob’ektiv tarzda, inson xohish-irodasidan qat’iy nazar, ramzlar, ya’ni insonning ma’naviy dunyosi haqidagi axborot manbalari tizimiga aylantiradi. O‘z xususiyatiga ko‘ra faoliyat muayyan ideal yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, chunki u moddiy ko‘rinishda predmetni yaratadi, ramziy ko‘rinishda esa ma’naviy mazmunni – shaxsning bilimlari, qobiliyatlari, axloqiy mo‘ljallarini, uning mahorati va o‘z kasbiga munosabatini, shuningdek o‘z-o‘ziga va boshqa odamlarga bo‘lgan munosabatini vujudga keltiradi.
Mehnat inson hayotining boqiy va tabiiy omilidir, chunki u faoliyatning odamzot o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun narsalar yaratadigan birdan-bir shakli hisoblanadi. Shu sababli insonning butun faoliyati ko‘pincha maqsadga muvofiqlik, moddiylik, unumdorlik, samaradorlik, amaliylik, tabiat va jamiyat kuchlarini o‘zlashtirishga qaratilganlik bilan tavsiflanadigan mehnatga tenglashtirilishi bejiz emas. Ammo inson faoliyatini faqat mehnat bilan bog‘lash ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Mehnat – muayyan natijaga erishishga qaratilgan faoliyat, ammo u majburlovdan xoli bo‘lishi va insonga natijadan qat’iy nazar, mehnat jarayonining o‘zi bilan quvonch baxsh etishi ham mumkin. Bunday mehnatda begonalashuvga chek qo‘yiladi.

Yüklə 137,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin