9-mavzu. Jamiyat va inson falsafasi. Reja: Jamiyat tushunchasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari. Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari



Yüklə 137,16 Kb.
səhifə44/49
tarix21.10.2023
ölçüsü137,16 Kb.
#158457
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
9-mavzu

Insonning vazifasi. Muayyan inson o‘z hayoti so‘nishining yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlarini anglamasligi ham mumkin (aksariyat hollarda shunday bo‘ladi), ammo u o‘z hayot yo‘lidan ilgarilar ekan, bu dunyoda nima uchun yashayapman, degan savolga o‘z harakatlari, qilmishlari bilan javob beradi. Agar inson ularni hali to‘la anglab yetmagan bo‘lsa, mazkur vazifani yechish o‘z hayot yo‘lini endigina tanlayotgan odam uchun ham, umrining shomida ortga nazar tashlab, o‘z hayotini sarhisob qilayotgan odam uchun ham teng darajada mushkul ish bo‘lib qoladi. To‘g‘ri, inson o‘z tabiatiga ko‘ra o‘limga mahkum, ammo, buni tushungan holda, u o‘zi bilan bog‘liq hamma narsa o‘zining tug‘ilish va o‘lish sanalari bilan chegaralangan qisqa vaqt oralig‘ida jamlanganini tan olishni istamaydi. U o‘z taqdirini ijtimoiy muhim maqsadlar, ma’naviy uyg‘onish bilan bog‘lashga harakat qilishi ayni shu hol bilan izohlanadi.
Yana bir yo‘lni din taklif qiladi. Bu yerda u yoki bu e’tiqodlarga qarab, hayotning mazmuni va shaxsiy umrboqiylikka erishish haqidagi savolga shaklan har xil, lekin mazmunan juda o‘xshash javoblar beriladi. Ularda asosan u dunyo chin dunyo ekanligi, bu dunyoda bajarilgan ishlarga haqiqiy baho u dunyoda berilishi va shu kabilar to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Yana bir imkoniyat – bu dunyoda o‘z hayotini odamlarga, ezgulik, haqiqat va adolatga xizmat qilishga bag‘ishlashdan iborat. Shu tariqa inson o‘z ishlari, g‘oyalari va qilmishlari bilan kelgusi avlodlar xotirasida qolish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Inson bu yo‘llarning qaysi birini tanlashi faqat uning o‘ziga bog‘liq. U o‘z hayotida bu yerda ko‘rsatilganidan butunlay boshqa yo‘lni tanlashi ham mumkin. Lekin ertami-kechmi har bir inson hayotda o‘zi tanlagan yo‘lning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida mulohaza yuritishi muqarrardir.
Erkinlik va zaruriyat falsafiy kategoriyalar sifatida kishilarning faoliyati bilan tabiat va jamiyatning ob’ektiv qonunlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni ifodalaydi. Bu kategoriyalarning ilmiy izohi birinchi marta gollandiyalik mutafakkir B.Spinoza tomonidan tahlil qilingan. Spinoza fikricha, erkinlik – anglab olingan zaruriyatdir. Zaruriyat esa tabiat va jamiyatdagi ob’ektiv qonuniyatlardir. Shunga ko‘ra, tarixiy zaruriyat tushunchasi tarixiy jarayonning ichki ob’ektiv qonuniyatini, jamiyatga xos ob’ektiv real tabiiy shart-sharoitlarni, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarni, moddiy-texnikaviy vositalarni anglatadi. Erkinlik esa ana shu tarixiy zaruriyatning kishilar, shaxs tomonidan anglab olinishi va o‘z faoliyatlarining maqsad va yo‘nalishini belgilab olish jarayonini anglatadi.

Yüklə 137,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin