1-ilova
Tezkor savollar.
1.Jamoani shakllantirish usullari aniqlang?
2.Jamoada shaxsni tarbiyalash usullari nimadan iborat?
3.O’quvchilarni tarbiyalashda faollarni aniqlash va talablar qoyish
nimadan iborat?
4.Sinf raxbarining vazifalarini nimalardan iborat?
5.Sinf raxbarining jamoada shaxsni tarbiyalashdagi usullari qanday ta’sir
ko’rsatadi?
Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo ma’naviy psixologik munosabatlarining umumiy tizimi va mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim a’zolar o‘rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. Tarbiyalanuvchi shaxsning jamoadagi o‘rni uning shakllanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‘lganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo‘la oladi. Shuningdek, norasmiy guruhlar umumjamoa ijtimoiy manfaatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lgandagina jamoa o‘z-o‘zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin.
Yashash joylarida o‘zaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik ahil va inoq munosabat zaminidan tashkil topgan bo‘lmasin haqiqiy jamoa bo‘la olmaydi. Chinakam jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a’zolari o‘rtasida ijtimoiy ahamiyat ifaoliyat, maqsad, ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabatlarni o‘rnata olishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga pedagogik rarbarlikning bo‘lishidir.
Shunday qilib, jamoa-kishilarning shunday muayyan guruhi bo‘lib, u ijtimoiy axamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yunaltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari o‘zaro birlik, a’zolarning munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga raxbarlik qilishi va bir-biriga bo‘ysunishi, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni olib boradilar.
Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatining maqsadi hisoblanadi. Ayni ko‘rsatgich, uni shakllantirish vositasi bulib, uning yordamida jamoaning barcha yoki har bir a’zosini tarbiyalash yaxshi samaralar beradi.
Jamoaning yetakchi tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni hosil qilish. Mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |