9-Mavzu: Kreativ va evristik ta’lim. Reja


Ijodkorlik va yaratuvchanlik metodlarini yaratishni, o’rganishni kreativ pedagogika



Yüklə 330,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix13.07.2023
ölçüsü330,3 Kb.
#136511
1   2   3   4   5   6   7
Lecture - 9

Ijodkorlik va yaratuvchanlik metodlarini yaratishni, o’rganishni kreativ pedagogika 
deyiladi.
Agar ta’lim jarayoni o’quvchi faolligiga asoslangan muammoli, dasturlangan loyihalar 
asosida jadallashtirilgan holda kechsa, u holda kreativ yo’nalishga ega, o’quvchilarning faolligi 
tufayli u yangilik, ijodkorlik sari yetaklaydi. 
Ijodkorlik va madaniyatlilik o’quv faoliyatida doimiy tizimli kechsa, u ijodkorlik sari 
boradi. Shuning uchun ham o’quv jarayonidan tashqari vaqtda “texnik ijodkorlik asoslari” ilmiy 


izlanish yo’nalishidagi to’garaklar tashkil etilsa, o’quvchining loyihalash ijodkorligi oshadi. 
Shuning uchun ham bolalarning bo’sh vaqtini mazmunli va maqsadli yo’naltirish, ularning 
kelgusida kasbiy mahoratli, ijodkor bo’lib yetishishiga sabab bo’ladi. 2009 – 2010 o’quv yilini 
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Ma’naviyat va ma’rifat ishlari samaradorligi yili” deb e’lon 
qilinishi bunga yorqin misol bo’ladi.
Tarixan ta’lim ikki madaniyat chegarasida rivojlangan, taraqqiy etgan.
Birinchisi – 
gumanitar, badiiy yo’nalishda bo’lsa, ikkinchisi – ilmiy va texnik yo’nalishdadir

Shu sababli texnik ijodiy rivojlanish kontseptsiyasida texnika fanini insonparvarlashtirish 
va nazariy muhitda rivojlanishining asosi qilib olingan. Aniq fanlarning rivojlanishini texnika 
taraqqiyoti va axborot informatsion texnologiyalar bilan chambarchas bog’lash yaxshi natijalar 
bermoqda. 
Ta’lim bilan bog’liq har qanday faoliyat loyihalashtirish asosida kechsa: Dizayn bilan 
bog’lashda yaxshi natijalarga olib keladi. Shuning uchun kreativ pedagogika shu 
loyihalashtirishga asoslangan bo’ladi. 
Hozir texnik jixatdan katta o’sish va o’zgarishlar davri. O’z navbatida ta’lim jarayoni 
oldiga yangi vazifalar qo’ymoqda, ta’lim oluvchi olgan bilimlarini o’zlashtirib, ko’paytirib 
borishdan tashqari, o’quv – biluv jarayonida qo’shimcha bilimlar olish orqali ijodiy yondashuvga 
moyilliklari ortib boradi. 
-
Ta’limni olib boruvchi – o’quv jarayonini olib boruvchi – o’quvchi o’quv 
jarayonining faol ishtirokchisi o’quv – biluv mas’uliyatini o’z bo’yniga oluvchi hamdir. 
-
Ta’lim 
jarayonini 
texnologiyalashtirish, 
innovatsiyalar, 
ilg’or 
texnologiyalar, yangi o’quv ob’ektlari o’quvchining tafakkurini, abstrakt fikrlash, ijodiy 
fikrlashiga olib keladi. 
-
O’quv jarayonini algoritmlash, loyihalash, modullashtirish o’quvchining 
o’quv jarayoniga bo’lgan shaxsiy mas’uliyatini oshiradi. Ularda motivatsiyaning 
kuchayishi orqali qo’shimcha ma’lumotlar olish asosida o’z bilimini boyitib borish 
extiyojini tug’diradi. 
-
O’quv jarayonini kreativ yo’naltirish uchun: o’quv jarayonida o’quv 
materialini berib borish, boshqa qo’shimcha materiallarni taklif etish va o’quvchini 
izlanishga, ijodkorlikka yo’naltiruvchi material asosida uni o’z extiyoji, xoxishi orqali 
yangilik sari yetaklash. 
-
O’quv jarayonini ham shunday o’zgartirish kerakki, unda o’quvchi o’quv 
materiallarining yaratuvchisiga aylanib, berilgan o’quv materiali o’sha yaratuvchilikka 
xizmat qilsin. 
-
O’quv materiallariga yangi qo’shimchalar kiritish orqali evristik strategiya
taktika, metod va usullar taklifi orqali o’quvchini ijodiy fikrlashga qiziqishini oshirish 
kerak. 
Umuman inson faoliyatida yaratuvchanlik, ijodiy fikrlash, har qanday muammoli vaziyatni 
o’z vaqtida hal etsa, o’quvchi uchun asta – sekin ko’nikma va malakaga aylana boradi. 

Yüklə 330,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin