9-Mavzu: Kreativ va evristik ta’lim. Reja


Evristikaning fan sifatidagi vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 330,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix13.07.2023
ölçüsü330,3 Kb.
#136511
1   2   3   4   5   6   7
Lecture - 9

Evristikaning fan sifatidagi vazifalari quyidagilardan iborat: 

Hosila beruvchi jarayonlarni o’rganish. Unda kechadigan o’ziga xos 
psixologik kechinmalarni o’rganish va bilish insonning evristik faoliyati yoki elementlari 
orqali real vaziyatni ajrata olish va uni xotirada saqlash. 

Evristik faoliyatni yuritish uchun (model) sharoitni yaratish printsiplarini 
o’rganish. 

Evristik faoliyatni yuritish, tashkil etish uchun vaziyatni modellashtirish. 

Evristik faoliyatni yuritish uchun aniq maqsadga yo’nalgan evristik sistema 
qonuniyatlarini shakllantirish va yaratish. 

Evristik faoliyatni joriy etish qonuniyatlarini amalga oshirish uchun texnik 
jixozlar konstruktsiyasini yaratish. 
Evristika fan sifatida o’z kategoriyasi:
evristik faoliyat, evristik elementlar apparati, 
evristik tizim, evristik strategiya, evristik metod, evristik qoida, evristik yo’l kabilarni oladi.
Endi evristik metodlar va ulardan foydalanish yo’nalishlari haqida fikr yuritamiz. 
 
4.Evristik savollar metodi. 
Ma’lum qonuniyatlar va printsiplarga suyanadi. 

G’oyani muammoligi va optimalligi (masala yechimida bosh optimal 
g’oya); 

Axborotni bo’lim, bloklarga taqsimlash (maqsad vazifalar yechimidagi 
ketma-ket kichik yo’nalishlarni yechishga qaratilganligi). 
Bunday metodlarda tashkil etilgan mashg’ulotlar shu bilan ajralib turadiki, u istalgan 
muammoni yechishda shaxsni ijodiy yondashuvga, intuitiv fikrlashga olib keladi. 
Lekin bu metod har doim ham g’oyalar yechimining absalyut yutuqlariga olib 
kelavermaydi. 
Ko’p o’lchamli – matritsa metodi. 
Bu metod ilmiy izlanuvchi va yaratuvchining morfologik – taktik muammolariga suyanadi: 

Echilayotgan g’oyaning ayrim elementlari ma’lum darajada ilgaritdan 
ma’lum; 

G’oyaning yechimida uning ayrim qirralari va elementlari noma’lum; 

Muammo yechimi ma’lum emas. 
Ko’p o’lchamli – matritsa metodi sistemali yangicha tahlilga suyanadi, muammoni hal 
etishda ma’lum printsiplarni o’z ichiga olganligi uchun ko’pgina xatoliklarning oldini olishga 
imkon beradi.


Bu metod ko’pincha murakkab bo’lgan ijodiy muammolarni hal etib qolmay, yangi – yangi 
g’oyalarni tug’ilishiga sabab bo’ladi. Ko’p o’lchamli – matritsa metodining o’ziga xos kamchiligi 
ham mavjud. U shundan iboratki, o’rtacha qiyinchilikdagi vazifalar yechimida, juda ko’plab 
variantlarni keltirib chiqaradi. Bu o’z o’rnida ular ichidagi eng optimalini tanlashga qiyinchilik 
tug’diradi. 
Bu metod izlanayotgan muammoning hamma parametrlarini ochib berish kafolatini bera 
olmaydi. Ko’p o’lchamli – matritsa metodi asosida ishlash juda yuqori ko’nikma va mahorat talab 
etadi. 

Yüklə 330,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin