Zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə1/9
tarix04.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#107425
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
KURS ISH


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Elektronika va avtomatika» fakulteti

Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi

Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fanidan


“.TARMOQ TEXNALOGIYALARI VA ULARDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI.” mavzuda
KURS ISHI


Bajardi:
.Xamidov Sadulloh........

Qabul qildi: kat. o‘qt. Isxakova F.F.
Toshkent – 2022
Komp’yuter tarmoqlari.

Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini komp’yuter tarmoqlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.


Komp’yuter tarmog‘i – aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog‘langan komp’yuter va terminallar majmuasidir.
Тarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’ektlar tarmoq ob’ektlari deyiladi. Тarmoq ob’ektlari alohida komp’yuter, komp’yuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. Axborotlarning territorial joylashuviga ko‘ra komp’yuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo‘lish mumkin: global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar.
Global komp’yuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarida, radioaloqa va kosmik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy komp’yuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog‘langan bo‘ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash mumkin.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko‘p tarmoqli iyerarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet komp’yuter tarmog‘i keng tarqalgan, ommaviylashgan global komp’yuter tarmog‘idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o‘zi «tarmoqlar orasida» ma’nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O‘zining shaxsiy komp’yuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, uzoq masofada joylashgan biror kutubxonadagi adabiyotlar katalogini ko‘rib chiqishi, tarmoqqa ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o‘yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy komp’yuter tarmoqlari tashkil etadi.
Komp’yuterlarni mahalliy tarmoqqa ulashning uch asosiy strukturasi mavjud:

  • halqasimon;

  • shinali;

  • yulduzsimon.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin