Удаленные – boshqa papkalardan olib tashlangan xatlar joylashadigan papka.
Xat yozish uchun « Написать письмо» tugmasini bosamiz. Ekranda 4.4.6- rasmda keltirilgan yangi oyna paydo bo‘ladi.
4.4.6-rasm. Elektron pochta orqali xat yozish sahifasi.
Bu yerda:
Кому - xat yozayotgan o‘rtogimizning elektron adresini aniq yozamiz. Agar xato yozsak, xat manzilga yetib bormaydi. Shuning uchun adresni aniq yozish talab qilinadi. Masalan, akbarov@rambler.ru
Тема – jo‘natayotgan xatimizning mavzusini yozamiz, masalan,
«Do‘stim, men yangi elektron adres ochdim».
Maxsus ajratilgan joyga esa, xat mazmunini to‘liq yozamiz, masalan:
«Assalomu alaykum, do‘stim Оbidjon.
Ahvollaringiz yaxshimi? Men yangi elektron adres ochdim, qaytguningizcha xat yozishib turaylik. Endi men ham uyga Internet ulatdim. Qachon qaytasiz? Sizni Aeroportda kutib olishga shay turgan do‘stingiz Odiljon.»
Shundan so‘ng, Oтправить (Jo’natish) tugmasini bosilsa, xat jo‘natilib, «Ваше письмо отправлено успешно» (Sizning xatingiz muvaffaqiyatli jo’natildi) yozuvi keltiriladi va yana 4.4.3-rasm ko‘rinishiga qaytiladi.
Elektron pochtani yopish va ishni tugatish uchun 4.4.1-rasmdagi oynadan
Выход (Chiqish) tugmasini bosamiz va www.rambler.ru bosh sahifaga qaytamiz.
Internetda ma’lumotlarni qidirish
Internet millionlab komp’yuterlarni va tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Har daqiqada bu komp’yuterlarda axborot hajmi ko‘payadi. Internetda ma’lumotlarni qidirish bilan
shug‘ullanadigan maxsus serverlar mavjud. Server katta hajmdagi xotiraga va katta tezlikka ega, shuning uchun u birdaniga bir necha savollarga javob bera oladi
Har bir qidiruv serveri tarmoqdagi Web-sahifalar bo‘yicha ma’lumotlar jildiga ega. Jildda ma’lumotlarning turgan joyi, qisqacha izohi(annotatsiya), tavsifi va boshqa ma’lumotlar joylashadi.
Internetda ma’lumotni qanday topish mumkin? Ma’lumot joylashgan Web- sahifa manzilini kiritsangiz, bu muammo bir zumda hal bo‘ladi. Sahifa to‘liq manzilini «Adres» maydonida kiritsangiz, qidirilayotgan ma’lumot ekranda namoyon bo‘ladi. Bir necha daqiqadan so‘ng so‘ralgan Web-sahifa paydo bo‘ladi. Ba’zi hollarda sahifa topilmaganligi va hozircha unga ulanish mumkin emasligi haqida ma’lumot paydo bo‘ladi.
Sahifa manzili noma’lum bo‘lgan holda nima qilish zarur? U holda Internetning maxsus qidiruv tizimlaridan foydalanish mumkin. WWWda bir necha qidirish tizimlari mavjud. Vositalar panelidagi Поиск buyrugini kiriting. Ekranda maxsus qidiruv sahifasi paydo bo‘ladi (4.5.1-rasm).
4.5.1-rasm. Yahoo.com qidiruv tizimining bosh sahifasi.
Ma’lumotni topish uchun mavzu nomini maxsus maydonga kiritish zarur. Natijada ma’lumot server omboridan qidiriladi. Qidirish natijasi ekranda hosil bo‘ladi. Ro‘yxatdan Siz zarur sahifani tanlashingiz mumkin. Masalan, agar
«Internet haqidagi» ma’lumotlar zarur bo‘lsa, «Ob Internete» so‘zini qidirish maydoniga yozasiz. Mavzu aniq bo‘lsa, javob aniq va tezda topiladi.
Yana bir usuli adreslar maydonida kerakli mavzuni kiritish mumkin. Bunda mavzuni topish uchun so‘z yoki atama kiritiladi. So‘zdan oldin «+» belgisi bo‘lsa, bu qidirilayotgan so‘z shu hujjatda borligini bildiradi. Тopilishi zarur bo‘lgan jumla qo‘shtirnoq ichiga olinishi shart. Agar so‘rov kichik harfda berilgan bo‘lsa, natija kichik va bosh harfli so‘zlarni o‘z ichiga oladi.
Kerakli ma’lumotni topish uchun qidiruv tizimlaridan foydalanishingiz mumkin. Masalan juda qulay va taniqli yahoo.com tizimidan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun adres maydoniga www.yahoo.com manzilini kiriting.
So‘rov natijalari ro‘yxat shaklidagi ilovalardan va ularning tavsifidan tashkil topadi. Unda ma’lumotlar bo‘limlarga, bo‘limlar esa bo‘linmalarga bo‘lingan bo‘ladi.
Sahifaning o‘rtasida maxsus joyda SEARCH tugmachasi joylashgan. Unda mavzu nomini kiritish va qidiruv natijasini olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |