Закрыть (Yopish) tugmasini bosish yetarli.
URL (Uniform Resource Locator) – Internetga murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo‘lib, u manzilni ifodalaydi. URL ni batafsilroq tushuntirish uchun real misoldan foydalanamiz:
http://www.yahoo.com/index.html Bu yerda
http – resursdan foydalanishda gipertekst (HyperText Transfer Protocol) protokoli ishlatilyapti.
www.yahoo.com- ushbu ma’lumot joylashgan veb-sahifa nomi.
index.html – faylning komp’yuterdagi to‘la nomi.
O‘zbekistonda 1997 yildan boshlab Internet provayderlari xizmat ko‘rsata boshladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda juda ko‘plab Internet provayderlar ishlamoqda. Ba’zi provayderlarning nomi va sahifa manzilini quyida keltiramiz:
Internet provayder nomi
|
Internet sahifa manzili
|
UzPak
Sarkor-telekom Uzbekistan Freenet Naytov
Uznet Buzton BCC
CCC (Nuron) DosTLink EastLink
Eurasia Netways (CCC) Globalnet
Ishonch Simus
TV Inform PERDCA
Gimli
|
www.uzpak.uz www.sarkor.uz www.freenet.uz www.naytov.com www.uznet.uz www.buzton.com www.bcc.com.uz www.ccc.uz www.dostlink.net www.eastlink.uz www.eanetways.uz www.glb.net www.ishonch.uz www.simus.uz www.eanetways.com www.silg.org
www.gimli.com
|
Internetda ishlash tezligi va sifati provayderga bog‘liq. Shuning uchun ham provayderlarni tanlashda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq:
Provayder qanday tarmoqdan foydalanadi.
Qaysi tarmoqlar bilan ma’lumot almashadi, tarmoqning ma’lumotni o‘tkaza olish qobiliyati.
Domen ochish imkoniyati.
FTP imkoniyatining berilishi.
Elektron pochta xizmati ko‘rsatilishi.
Aloqa tezligi va sifati, modemga telefon qila olish imkoniyati, provayder modemi turi (bir xil firma modemlari muntazam aloqani o‘rnatadi.).
Bog‘lanish va ma’lumotlarni uzatish tezligi.
Тexnik xizmat ko‘rsatilishi.
Qo‘shimcha xizmatlar ro‘yxati va ularning bahosi.
Dostları ilə paylaş: |