9-mavzu. Mashina detallari va ularga qoʻyiladigan talablar



Yüklə 58,26 Kb.
səhifə5/7
tarix09.07.2023
ölçüsü58,26 Kb.
#136182
1   2   3   4   5   6   7
9-мавзу машина деталларига талаблар

Issiqbardoshlik - belgilangan tartibda qism va detallarning ishlash qobiliyati. Qizishning oshib ketishi quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:

1. Mustahkamlikni kamaytiradi va oquvchanlik paydo boʻladi. Tajriba asosida quyidagi qizish chegaralari belgilangan:


- konstruksion poʻlatlar uchun (300 ... 400)°S;
- alyuminiy qoplamalari uchun (150... 200)°S;
- metall qotishmalar uchun (450 ... 500)°S;
- issiqbardosh poʻlatlar uchun 1000)°S.
2. Moylanish tartibining buzilishi natijasida yeyilish darajasi tezlashadi. Moyning zichlik darajasi kamayib, oʻzaro ishqalanuvchi yuzalarda kontakt kuchlanishlar hosil boʻladi, natijada detallar ishlash qobiliyatini yoʻqota boshlaydi.
3. Kinematik juftlardagi tirqishning kattalashib yoki kichrayib ketishi zarblar yoki ishqalanishning koʻpayishigi olib keladi.
4. Issiqlikdan hosil boʻlgan kuchlanish ruxsat etilgan qiymatdan oshib ketishi mumkin.
Titrashga chidamlilik - mashinalar belgilangan burchak tezlik va burchak tezlanish orasida ishlashi uchun qism va detallarning ishlash qobiliyati.
Mashina va mexanizmlar nazariyasidan maʼlumki, har qanday mashina tebranishni jadallashtirish manbai hisoblanadi, yaʼni har qanday mashinaning harakati tebranish holatini keltirib chiqaradi. Bunday holat detallar va ularning birikmalarini loyihalashda hisobga olinadi. Bunga uchuvchi apparatlar yaqqol misol boʻla oladi, alyuminiydan tayyorlangan korpusni va uni qoplovchi detallar ajralmas birikmalar yordamida bajarilib, payvand usulida emas, balki, parchin mix birikmasi ishlatiladi.
Tebranish vaqtida hosil boʻlgan mayda yoriqchalar payvand alyuminiyli chokda tez rivojlanib, butun chok uzunligi boʻyicha tarqalishi mumkin, Parchin mixli birikma ishonchli ishlaydi, chunki chokda hosil boʻlgan mayda yoriqchalar faqat parchin mix atrofidagi chokda boʻladi, yaʼni chokning butun uzunligiga taʼsir qilmaydi, natijada konstruksiyaning ishlash qobiliyati saqlab qolinadi.
Mashinaning ishlash jarayonida titrashi natijasida detallarda qoʻshimcha dinamik kuchlar hosil boʻladi bu esa ularning toliqishiga sabab boʻladi va ishdan chiqishini tezlashtiradi. Masalan, metall kesadigan stanoklar ish jarayonida titrasa, qayta ishlanayotgan detallarning oʻlchamlari aniq chiqmaydi. Detallarning titrashga chidamliligini taʼminlash uchun rezonans hodisasini keltirib chiqaradigan sabablarni yoʻqotish kerak.
Maʼlumki, rezonans hodisasi detalning oʻzida hosil boʻladigan xususiy tebranish chastotasi bilan tashqi kuch taʼsirida boʻladigan tebranish chastotasi bir xil boʻlib qolganda roʻy beradi. Shuning uchun ushbu ikki chastotani hisoblab, bir-biriga teng boʻlib qolmasligini taʼminlash kerak. Mashinalarda titrash hodisasini kamaytirish uchun titrashni soʻndirgichlardan, yaʼni maxsus elastik elementlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Mashinalarning ishonchli ishlashi ularni toʻxtab qolmay, ishlash darajasiga qarab belgilanadi. Mashina va mexanizmlarning ishonchli ishlashini taʼminlashni quyidagi bosqichlarga boʻlish mumkin: loyihalash, mashina va mexanizmlar detallarini tayyorlash, yigʻish hamda shu mashina va mexanizmlarni ishlatish davri. Loyihalash davrida mashinalarning ishonchli ishlashiga asos solinadi. Konstruktor chizmalarda, hisoblashlarda, texnik hujjatlarda shu mashina ishonchli ishlashi uchun zarur barcha shartlarni koʻrsatgan boʻlishi kerak. Mashina va mexanizm detallarini tayyorlash jarayonida ularning ishonchli ishlashi uchun konstruktor tomonidan qoʻyilgan barcha shartlar bajarilishi kerak. Mashinalarning ishonchli ishlashi, undan foydalanish jarayonida toʻxtab qolmay ishlash darajasiga qarab belgilanadi. Masalan, dvigatelni ishga tushirish uchun 100-marta harakat qilinganda, 99-martasiga ishlab ketsa, bu mashinaning ishonchlilik koeffitsiyenti 0,99 boʻladi, yaʼni P(t)=99/100=0,99 Ishonchlilik koeffitsiyentining qiymati, detal qancha vaqt davomida tekshirilganiga hamda shu detalning yangi yoki eskiligiga bogʻliq. Eski detallarda P(t) ning qiymati kam boʻladi. Mashinalarning ishonchlilik koeffitsiyenti undagi har bir detalning ishonchlilik koeffitsiyenti qiymatlarining koʻpaytmasiga teng, yaʼni: P(t)=P1(t)*P2(t), Pn(t) Demak, bu formuladan:
1. Mashinaning ishonchlilik koeffitsiyenti, uning eng kam ishonchlilik koeffitsiyentiga ega boʻlgan detalining qiymatidan ham kam boʻladi.
2. Mashinada detallar qancha koʻp boʻlsa uning ishonchlilik koeffitsiyentini qiymati ham shuncha kam boʻladi.
Masalan, mashinada 100ta element boʻlib, barcha detallarning ishonchlilik koeffitsiyentining qiymati P(t)=0,99 boʻlsa, butun mashinaning ishonchlilik koeffitsiyenti P(t)=0,99100=0,37 boʻladi. Demak, bunday mashina ishga yaroqsiz hisoblanadi. Umuman aytganda, barcha detallar uchun zarur boʻlgan eng asosiy omil mustahkamlikdir, chunki mustahkam boʻlmagan detallar butunlay ishlay olmaydi. Detallarning ishlash layoqati, yaʼni mustahkamlik hamda bikrligining taʼminlanganligi hisobiy kuchlanish qiymati orqali belgilanadi.
Hisobiy kuchlanish qiymati joiz kuchlanish qiymati bilan taqqoslanadi, yaʼni σmax< |σ|; yoki τmax< |τ|; yoki ehtiyotlik koeffitsiyentining qiymati S≥|S| boʻlishi kerak.



Yüklə 58,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin