kasalliklarining tarqalishi; moddiy-texnika bazasining eskirganligi, ASM
tashkilotlarining va ulgurji-oziq-ovqat infratuzilmasi tashkilotlarining moliyaviy-
iqtisodiy nobarqarorligi ham ta’sir qiladi.
Oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir o’tazuvchi omillarning butun xilma-xilligini
majmuaviy holda, ya’ni jahon hamjamiyatining
umuman davlatning va undagi
viloyatlarning, ASM (qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat sanoati va boshqalar) aholining
uy xo’jaliklarining omillari kesimida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash-ko’rib chiqilgan jihatlari ushbu jarayonga
yuhorida keltirilgan darajalarning har birida ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan
omillarni ajratib ko’rsatish imkonini beradi.
Shunday qilib oziq-ovqat xavfsizligini ishlab chiqarish va iste’molning teng
ahamiyatli ochiq quyi tizimlardan tashkil topgan tizim sifatida tasvirlash mumkin.
Chunki ular bir-birisiz yuqorida aytib o’tilgan muammolarning hal qilinishini
ta’minlay olmaydi.
Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash omillarini pirovard oziq-
ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy bo’g’in bo’lmish ASM ning
rivojlanishiga va aholining ushbu mahsulotlarni iste’mol qilish imkoniyatlariga
ko’rsatadigan ichki va tashqi omillarga tasniflangan holda ko’rib chiqish lozim.
Ichki omillar qishloq xo’jaligining, ASM ning oziq-ovqat va qayta ishlash
sanoatining, bevosita qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining va oziq-
ovqat tovarlarini ishlab chiqaruvchilarning rivojlanish darajasiga, uy xo’jaliklariga
va muayyan odamlarning hayot faoliyatiga ta’sir ko’rsatadiyu
Tashqi omillar tabiiy-iqlim sharoitining ta’sirini,
mamlakatda va jahon
hamjamiyatida aholiga har bir kishining hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan sifat
va miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish imkoniyatini ta’minlaydigan
davlat siyosatini; ekologik holat va iqlimning o’zgarishlarini; FTT ning yutuqlarini
hamda o’unga bog’liq holda texnika va txnologiyalarning o’zgarishlarini;
institusional o’zgarishlarni hamda alohida mamlakat qonunchiligi va xalqaro
qonunchilik bazasining o’zgarishlarini o’z ichiga oladi.
Ko’rsatib o’tilgan har bir quyi tizimning ichki va tashqi omillari orasida
asosiy natijaviy omil mavjud, u xo’jalik yurituvchi subyektlar va insonning
faoliyati bilan bog’liq bo’lgan barcha omillarning funksiyasi hisblanmish natijaviy
ko’rsatichlardan iborat. Qishloq xo’jaligi uchun natijaviy ko’rsatkich yalpi
mahsulotdir, oziq-ovqat sanoati uchun ishlab chiqarish hajmi, uy xo’jaliklari
uchun jon boshiga to’g’ri keladigan daromaddir.
Oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir
etuvchi omillar doimiy, shartli doimiy va
davriy tavsifga ega bo’ladi.
Doimiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
muayyan hududning tabiiyg’iqlim sharoiti;
mamlakat yoki hududlardagi agrar ishlab chiarishning tabiiy salohiyatining
seking’asta susayib borishi va buning oqibatida xo’jalik yurituvchi
subyektlar tomondan qo’shimcha ta’sir o’tkazilmagan holda oziq-ovqat
ta’minoti darajasining pasayib ketishi.
Ma’lum bir davr uchun shartli-doimiy omillarga quyidagilar misol bo’ladi:
kambag’allik chegarasidan pastda joylashgan va zarur oziq-ovqat
mahsulotlari to’plamini sotib olish uchun yetarli miqdordagi daromadga ega
bo’lmagan aholi guruhlari;
alohida aholi guruhlari ovqatlanishining muvozanatlashmaganligi, bu
ularning salomatligiga
tahdid solishi mumkin;
muayyan omillarning ta’siri tufayli faqat bozor mexanizmidan foydalangan
holda oziq-ovqat bilan ta’minlashning imkoni bo’lmagan hududlar aholisi;
oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish darajasining pastligi, bu holat kishilar
salomatligiga tahdilarni vujudga keltirishi mumkin;
jahon bozorlari kon’yunkturasining nobarqarorligi va importdan keladigan
valyuta tushumlari tufayli.
Mamlakatning oziq-ovqat bilan ta’minlovchi tashqi manbalarga ahamiyatli
darajada bog’lanib qolganligi.
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir ko’rsatuvchi davriy omilarga
quyidagilar kiritiladi:
ayrim davrlar (qurg’oqchilik, yong’in, chigirtka a boshqalar) da oziq-ovqat
xavfsizligini pasayiruvchi tabiiy ofatlarning yuz berishi ehtimoli;
mamlakatning nobarqaror tashqi iqtisodiy holati, bu embargo va boshqa
sanksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashni aholi
oziq-ovqat mahsulotlarini
olishidagi tegshli tahlikalarga sabab bo’luvchi tahdidlarning ta’siri bilan ham
bog’lash zarur.
Shunday qilib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga ko’pgina omil va
ahlikalar ta’sir ko’rsatadiki, mamlakat, viloyat, har bir kishi va umuman jahon
hamjamiyatining oziq-ovqat xavfsizligini oshirish ichki va tashqi tahdidlarni
pasaytirish muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: