Raqobat va narxning shakllanishi
154
Sof raqobat
sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko‘p
sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko‘plab
sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Ayni paytda, ushbu mahsulot
xaridor va iste’molchilarining soni ham juda ko‘p bo‘ladi. Sof raqobatli bozorda
alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan nazorat o‘rnata olmaydi yoki nazorat
sezilarsiz darajada bo‘ladi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish
hajmi uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning
ko‘payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatmaydi. Sof raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi,
tarmoqda mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin.
Xususan, yangi korxonalarning paydo bo‘lishi va ularning raqobatli bozorda
mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy
to‘siqlar bo‘lmaydi.
3
Iqtisodiyot sohalarini batafsil o‘rganish, cheksiz ko‘p har xil raqobatli vaziyatlar
mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni topish qiyinligini ko‘rsatadi. Hozirda
turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular o‘rtasidagi
raqobatning shakllari ham turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib bormoqda.
Jumladan,
turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o‘rtasida mavjud
bo‘lishiga ko‘ra
quyidagi raqobat turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1)
monopollashmagan korxonalar o‘rtasidagi raqobat;
2)
monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat;
3)
turli monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat;
4)
monopolistik birlashmalar ichidagi raqobat.
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g‘irrom va halol raqobatlashuv
usullari ham
ajratib ko‘rsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof
etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni,
jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur etkazish va h.k.)
usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat deb yuritiladi.
G‘irrom raqobat orqali
firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz
bartaraf qilishi mumkin. Banklarni, moddiy resurs ta’minotchilarini kredit va
materiallar etkazib berishdan voz kechishga majburlash, etakchi mutaxassislarni
og‘dirib olish, narxni keskin pasaytirish g‘irrom raqobatning oddiy usullaridir.
3
Campbell R. McConnell, Stanley L. BrueEconomics
Dostları ilə paylaş: