Raqobat va narxning shakllanishi
155
Halol raqobat –raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy
usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umum
jamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi qoidalarga
asoslanadi.
Shu o‘rinda halol raqobatning quyidagi belgilarini ham ko‘rsatib o‘tish
maqsadga muvofiq hisoblanadi:
-
qalbaki bellashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi;
-
boqimandalik, befarqlik, yuzakichilik, ko‘zbo‘yamachilik
kabi salbiy
holatlarga barham beradi;
-
qarindosh-urug‘chilikni,
oshna-og‘aynigarchilikni,
tanish-bilishlikni,
ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi
4
.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi
raqobat va narxsiz
raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda
kurashning asosiy usuli bo‘lib
ishlab
chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday
mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Uning asosiy va eng ko‘p
qo‘llaniladigan ko‘rinishi – «narxlar jangi» deb ataladiki,
bunda yirik ishlab
chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan
yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi
boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq
texnologiyani kiritishi, malakaliroq
ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo‘ladi.
Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati
bozor qiymatidan past
bo‘lib, mazkur tovar narxini pasaytirish imkonini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri –
Dostları ilə paylaş: