9-mavzu. Raqobat va narxning shakllanishi


Narxning mazmuni va uning vazifalari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#168425
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
 
Narxning mazmuni va uning vazifalari
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda 
topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa 
iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal 
qiladi. 
Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, lekin doimo bir-birini taqozo 
etadigan, birisiz ikkinchisi bo‘lmaydigan ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir 
naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu 
ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o‘quvchiga oldingi boblardan ma’lum. 
Oldingi o‘rinlarda biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud 
sharoitda shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish, ya’ni 
ijtimoiy-zaruriy naflilikni yaratish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni 
ifoda etishini aytib o‘tgan edik. Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu 
ikki xil xususiyatning, ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda 
iste’mol qiymati (naflilik) qiymatni o‘zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini 
to‘g‘ri hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar 
tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif berilmoqda. Buning ustiga 
narxning darajasiga (yuqori yoki past bo‘lishiga), uning o‘zgarishiga turli xil 
omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tushunishni biroz chigallashtiradi. 
Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g‘oyalarida hamda oldingi 
siyosiy iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo‘lsa, 
marjinalizm yo‘nalishidagi va hozirgi davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnell va 
S.Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida, shuningdek, yaqinda chop etilgan ayrim 
iqtisodiyot nazariyasi darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarida tovar narxining asosini 
uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi 
deyiladi. Bunda so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e’tibor beriladi. 
Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. 
Ularning har biri o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat 
qiladilar
6

Rosiyada chop etilgan bir qator «Iqtisodiyot 
nazariyasi» darsliklarida tovarning ikki xil xususiyati 
va binobarin, har ikki nazariyaning mohiyati
mazmuni va ularning narxni to‘g‘ri aniqlashdagi roli 
beriladi, lekin narxning asosida nima yotishi haqida 
aniq fikr berilmaydi. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, bozordagi mavjud 
narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan o‘zi 
deb qarash noto‘g‘ridir. Chunki unga mehnat sarfidan 
6
Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue Economics p. 436-437 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin