9-mavzu. Raqobat va narxning shakllanishi


Erkin bozor narxi – bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#168425
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Erkin bozor narxi – bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor 
narxidir. 
Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narx
jamiyat va bozor munosabatlari barcha sub’ektlari manfaatlarini eng maqbul tarzda 
uyg‘unlashtirishga imkon beradi. 
Narx diapazoni narxlar oralig‘ining puldagi ifodasidir.
Narx diapazoni quyi, 
o‘rta va yuqori narxlarni o‘z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik keng bo‘lsa, 
tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, chunki talab bilan narx o‘zaro 
bog‘lanadi. 


Raqobat va narxning shakllanishi 
 
 
164 
Bozor ko‘lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro 
narxlar mavjud bo‘ladi. 
Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos 
bo‘lib, u shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo‘ladi. Milliy bozor 
narxibir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks 
ettiruvchi narxdir.
Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlarni, 
milliy bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini 
hisobga oladi.
Jahon bozori narxi muayyan tovarni ishlab chiqarishga 
sarflangan baynalminal xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos 
kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Narxning xilma-xil turlari mavjud bo‘lsada, ular bir-biri bilan o‘zaro 
bog‘langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi 
o‘z ifodasini topadi. 
Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati degan tushuncha 
bor, u narx pariteti deb ham yuritiladi.
Iqtisodiyotva undagi jarayonlar bir-
biriga bog‘liq bo‘lganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi 
metall narxiga, metall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxi tarkibiga 
kiradi, chunki bu narxlarning har biri o‘zidan keyingi mahsulot xarajatlarini 
shakllantiradi. Bozorga shunday o‘ziga xos tovarlar chiqadiki, ular ko‘pchilik 
sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurslar hisoblanadi. Bular metall, 
neft, ko‘mir, gaz, yog‘och, bug‘doy, paxta kabi tovarlar bo‘lib, ular narxining 
o‘zgarishi butun narxlar nisbatini o‘zgartiradi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin