yillar bilan taqqoslanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shu kabi ko‘rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy narxlar inflyasiya tufayli o‘zgarishi va real iqtisodiy natijani ko‘rsatmasligi mumkin. 7 3.
Tartibga solish vazifasi. Bozor holati (kon’yunkturasi) talab va taklif hamda
ularning nisbatiga bog‘liq. Talabning ortishi muayyan tovarni ishlab chiqarishni
kengaytirishni, askincha holatda esa tovar ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni
qisqartirish zarurligini bildiradi. Narx tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga
ularning daromadlari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Muayyan ishlab chiqarish xarajatlari
saqlangan holda narx yuqori bo‘lsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa, foyda
kamayadi va hatto ishlab chiqaruvchilar zarar ko‘rishi ham mumkin. Bu ishlab
chiqaruvchilar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Narx oshsa, ishlab chiqarish kengayadi.
Boshqa kapitallar ham foyda yuqori bo‘lgan soha va tarmoqlarga oqib kela
boshlaydi. Xullas, narx ishlab chiqarishni tartibga solib, uni o‘zgartirib turadi va
rivojini ta’minlaydi.
4.
Raqobat vositasi vazifasi. Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi
hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z raqiblarini engish uchun narxni pasaytirish
usulidan foydalanishlari mumkin. Demak, narxni o‘zgartirib turish usuli raqobatda
keng qo‘llaniladi.
5.
Ijtimoiy himoya vazifasi. Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim
qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Narxning bu vazifasi
tovar (xizmat)lar ijtimoiy dotatsiyalangan narxlar bo‘yicha sotilganda bajariladi.
Bunda ular davlat byudjeti va turli xayriya mablag‘lari hisobiga moliyaviy
ta’minlanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi
narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur iste’molchilik tovarlari bilan
minimal darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Masalan, bizning
respublikamizda 1991 yildan 1995 yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar,
go‘sht, o‘simlik moyi, choy, sovun kabi mahsulotlar dotatsiyalangan narxlarda,
cheklangan miqdorda sotildi. Ularning dotatsiyalangan va haqiqiy narxlari
o‘rtasidagi farq byudjet mablag‘lari hisobiga qoplab borildi. SHunday qilib, narx
7
Campbell R. McConnell, Stanley L. BrueEconomics
Raqobat va narxning shakllanishi 162
bozor munosabatlarining vositasi sifatida bir-biri bilan uzviy bog‘langan muhim
vazifalarni bajaradi.