tomonidan yuqori va quyi chegaralari belgilanib, shu doirada o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx. Bunday narx yordamida davlat inflyasiyani jilovlaydi,
narx darajasini nazorat qiladi.
Dotatsiyalangan narx– davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx. Bunday narxdan kam daromadli oilalar, beva-
bechoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur ne’matlar bilan eng kam darajada
ta’minlab turishda foydalaniladi.
Demping narx – bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx. U «bozorga kirib olish narxi» deb ham ataladi.Demping narxda rasmiy
narxning bir qismidan kechib yuboriladi.
Nufuzli narx – sotish hajmini o‘zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx. Bu narxni qo‘llash
uchun bozorda raqobat cheklangan bo‘lib, monopol vaziyat mavjud bo‘lishi zarur.
Mazkur vaziyatda talab narxga bog‘liq bo‘lmaydi,
shu sababli narxning ko‘tarilishi tovar sotilishini
keskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining
yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan
nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda
sotiladi. Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad
oluvchi aholi qatlami uchun dala hovliga ega bo‘lish,
mashhur kurortlarda dam olish, so‘nggi nusxadagi
kiyimlar kiyish, yangi modeldagi avtomashinada
yurish – martabali yoki obro‘talab iste’mol
hisoblanadi. Martabali iste’mol nufuzli narxlarni yuzaga keltiradi. Ular odatdagi
narxlardan ancha yuqori bo‘ladi. Nufuzli narxlarni qo‘llashda tovarlarni ishlab
chiqarish xarajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi talab, uning o‘zgarishi va
bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab,
ma’lum davrgacha o‘zgarmaydigan qat’iy (standart) narx va o‘zgaruvchan narx qo‘llaniladi. Shunday tovarlar borki, iste’molchilar ularning narxi o‘zgarmasligini
afzal ko‘radi. Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati tariflari shunday
narxlar jumlasiga kiradi.