Raqobat va narxning shakllanishi
158
boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bo‘lishi
mumkin. Jumladan, o‘zgarib turuvchi talab va taklif ta’siri ostida biror tovarning
bozor
narxi tebranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin.
Raqobat ham qiymat – narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta’sir ko‘rsatadi. Bu
erda shuni ta’kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning
qancha turishini, balki mazkur tovarning iste’mol xususiyatlari o‘zining ehtiyoji va
didi gaqanchalik mos kelishini, ya’ni uning nafliligini ham hisobga oladi.
Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki
jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy
qiymatini ham tan olishni
bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o‘zi biror tovar (xizmat)
ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qimmatga egaligini ko‘rsatadi. Shu
mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki,
narx o‘zida faqatgina qiymat yoki
naflilikning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va
ularning ma’lum miqdorini pul ko‘rinishida ifoda etadi.
Tovardagi ikki
xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo‘lmaydi.
CHunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol
qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi tovar ishlab
chiqarish
sarflarini qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko‘proq foyda olishni
ta’minlashi mumkin bo‘lgan qiymatni pul shaklida o‘zlashtirishga intilsa, xaridor
iloji boricha sarflayotgan pulining har bir birligiga ko‘proq naflilik (iste’mol
qiymati) olishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to‘g‘ri
kelgan nuqtada,
darajada narx o‘rnatilib, tovar-pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo‘ladi. Bu holatni
yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyidagi 9.2-chizmaga e’tiborni jalb etamiz.
Dostları ilə paylaş: