9-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Sharq Uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji. Reja



Yüklə 187,49 Kb.
səhifə5/14
tarix25.12.2023
ölçüsü187,49 Kb.
#195893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
9-mavzu Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlani-fayllar.org

«Donishu xosta ast nargisu gul, 
Ki ba yak joy nashkufand bo ham 
Har kiro donish ast, xosta ... 
V-on kiro xosta ast, donish kam».
(Olimlik bilan boylik nargis guli bilan atir gulidir, ular hech qachon birgalikda



ochilmaydi. Kim olim bo’lsa, unda boylik yo’q, kim boy bo’lsa, unda bilim yo’q).


Lekin moddiy muhtojlik ham, ma’naviy to’sqinliklar ham olimlarning ilmiy
faoliyatini tamomila bo’kib qo’ya olmadi, ular har qanday sharoitda ham yangi
asarlar yaratib, ixtirolar qildilar. Shunga ko’ra ham, yuqorida zikr etilgan Shahid
Balxiy: «Ey bilim, men sendan qanday voz kechaman, hamma qimmat sen
tufaylidir, sensiz menga xazina kerak emas, shunday faqir hayot kechirsam ham,
faqat sen bilan bo’lsam mayli. Ma’lumotli kishi uchun etarli mulozim uning
ma’lumotidir, ilmsizga ming kishi mulozim bo’lsa ham, u yolg’izdir», degan edi.
1.Ta’limiy-axloqiy qarashlaming paydo bo‘lishi.
2.Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari
3.Unsurul Maoliy Kaykovus “Qobusnoma” asari
4. Ahmad Yugnakiy “Hibat ul-haqoyiq”, Muslihiddin Sa’diy.
“Guliston”asarlari
Yusuf Xos Hojibning pedagogik fikrlari.
Yusuf Xos Hojib XI asrning atoqli shoiri, donishmandi va davlat arbobidir.
Undan bizga qadar etib kelgan yagona ilmiy didaktik meros «Qutadg’u bilig»
dostonidir. Bu doston XI asr adabiyoti va adabiy tilining nodir yodgorligi bo’lib,
zamonasining taraqqiyparvar, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy qarashlarini
badiiy mujassamlashtiradi. Tarix, ilm-fan, etnografiya va boshqa sohalarga oid
qimmatli ma’lumotlar beradi. Yusuf Xos Hojibning hayoti va faoliyati haqida
ma’lumot beruvchi yagona manba, uning «Qutadg’u bilig» (Saodatga yo’llovchi
bilim) dostonidir. Bu doston hijriy yil hisobi bilan 462 (milodiy 1069-70) yilda
yozilgan. Avtor dostonining muqaddimasida yoshi 50 dan oshganini ta’kidlaydi.
Shunga qarab, Yusuf Xos Hojib XI asrning 20-yillari arafasida tug’ilgan, deb ayta
olamiz. Yusuf Xos Hojibning vatani Bolasog’un (Kuz urda) XI-XII asrlarning yirik
savdo-sotiq hamda madaniy markazlardan biri edi. Bu shahar ikki Qoraxoniylarning
poytaxti ham bo’lgan edi. Atroflicha bilim olgan Yusuf Xos Hojib o’z davrining
peshqadam donishmandlaridan biri bo’lib etishdi. U fors-tojik va arab tillarini,
badiiy adabiyotni, tarix, astronomiya, geometriya, matematika, tibbiyot, geografiya
va boshqa fanlarni o’rgandi. U buyuk olimlarning ayrim axloqiy va falsafiy
qarashlarini, meditsinaga doir mulohazalarni targ’ib qildi, zamondoshlarining
geometriya kabi fanlarini o’rganishga chaqirdi va hokazo. Shu bilan birga Yusuf
Xos Hojib o’z vatandoshi, ulug’ olim Mahmud Qoshg’ariy singari, turkiy qabila va
xalqlarning tilini o’rgandi, adabiy til uchun turkiy tilning madaniy hayotda yanada
kengroq o’rin olishi uchun kurashdi, xalq og’zaki adabiyoti va yozma adabiyotning
boy tajriba va traditsiyalaridan ta’lim olib, mashhur «Qutadg’u bilig» (Saodatga
yo’llovchi bilim) dostonini yaratdi. Bu doston turkiy tildagi yozma adabiyotning ilk
yirik asarlaridan biri edi. Shunga ko’ra Yusuf Xos Hojibning o’zi dostonning
muqaddimasida: arabcha, tojikcha kitoblar o’qish, bizning tilimizga buyumg’i
o’qish (arabcha, tojikcha kitoblar ko’p bo’lib, bizning tilimizda bu
donishmandlikning birinchi to’plamidir)-degan edi. Yusuf Xos Hojibning
«Qutadg’u bilig» dostonini Balosog’unda yoza boshladi: uni Qashqarda yozib
tugatdi va Qoraxoniy hukmdorlaridan bo’lgan Tavg’ach xonga sovg’a qiladi.
Balosog’unning vayronalari Qirg’iziston SSR To’qmoq shahri yaqiniga bo’lgan



qadimgi Oqpishin shahri o’rnida hozir ham bor.


Tavg’ach Bug’raxonga (Tavg’och ulug’ Bug’ro Qoraxon abo Ali Hasan binni
Arslonxon) taqdim qildi. Bug’roxon doston avtorini taqdirlab, unga «Xos Hojib»
(Muqarram eshik og’asi) unvonini berdi. Shundan keyin u Yusuf Xos Hojib nomi
bilan shuhrat qozondi.
«Qutadg’u bilig» ning muqaddimasida ko’rsatilishicha, doston o’z davrida
shuhrat qozongan, turkiy tildagi eng yaxshi asar deb baholangan va turli joylarda
turli nom bilan yuritilgan. «... bu kitob yavlaq aziz turur. Chin hakimlarning
amsonlari birla yaralmish, arasta qilmish ... Mochin olimlari va hakimlari qamog’
ittifoq bo’ldilar, kim Mashriq viloyatinda, Turkiston ellarinda Bug’roxon tilincha bu
kitobdan yaxshiroq xargis kim ersa, g’oyat uzluqindan, nihoyatidan kacha
ko’rklutlo’kdin ul ellarning xukamolari, olimlari qabul qilib takma biri-bir turlut ot
laqab berdilar: chinlitlar «Adabul mulk» ot berdilar. Mochin malikining madimlari
«Oyinul-mamlakat» atadilar. Mashriqlig’lar «Ziynatul-ummaro» deb aytdilar.
Eronlig’lar «Shoxinomai turk» dedilar, bazilar «Pandnomai muluk» demishlar.
Turonlig’lar «Qutadg’u bilig» deb aytmishlar».
«Qutadg’u bilig» ning 3 qo’l yozma nusxasi ma’lum. Bu nusxalar «Vena» (yoki
«Xirot»), «Qohira» va «Namangan» nusxalari deb yuritiladi.
«Qutadg’u bilig» jami Namangan nusxasida 6500 ta baytga 13000 misraga
yaqin bo’lib, u 73 fasl bobga bo’lingan. 11 bobi dostonning muqaddimasi bo’lib,
muqaddima Xudoga, payg’ambarga va to’rt halifaga bag’ishlangan traditsion
boblardan tashqari, yoz tavsifi va Bug’roxon madhi, etti sayyora va o’n ikki burj, til
odobi va bilimning foydasi kabi masalalarga bag’ishlangan boblarni o’z ichiga oladi.
Dostonning asosiy qismi 12 bobdan, Kuntug’di degan hukmdorning ta’rifi bilan
boshlanadi. Dostonda quyidagi voqea hikoya qilinadi.
«Qutadg’u bilig» axloqiy-ta’limiy asardir. Uning axloq va odob masalalariga
bag’ishlangan maxsus boblardagina emas, balki ijtimoiy-siyosiy masalalarga
bag’ishlangan boblarda ham Yusuf Xos Hojib o’z axloqiy-ta’limiy qarashlarini
ifodalaydi. Xalqning turli tabaqalariga o’git beradi, ularga pand-nasihat qiladi.
Yusuf Xos Hojibning axloqiy-ta’limiy fikrlari progressiv ahamiyatga ega bo’lib,
madaniyat va ma’rifatni ravnaq toptirishga, olijanob insoniy xislatlarni targ’ib
qilishga qaratilgan.
Yusuf Xos Hojib XI asrning donishmandi, ilm-ma’rifatning jarchisi hamda
homiysidir. U ilm-ma’rifatga saodatning kaliti deb qaraydi. Shuning uchun ham o’z
dostonini «Qutadg’u bilig» deb ataydi, hamda unda ilm-ma’rifatni targ’ib qiladi.
Olimlarni ulug’laydi, davlat boshliqlarini, ilm-fan ahillarini saroyga jalb etishga,
ulardan ta’lim olishga va ularning maslahatlari bilan ish ko’rishga chaqiradi. Yusuf
Xos Hojibning fikricha, hukmdor mamlakatni o’z qilichi va siyosati bilan boshqarsa,
olimlar el-yurtni aqil va donish bilan boshqaradilar, unga yo’l ko’rsatadilar. Shunga
ko’ra shoir kishilarni podaga, olimlarni yo’l boshlovchiga o’xshatadi:

Yüklə 187,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin